Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


“Ilmiy menejment” maktabi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə8/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90
маъруза матни Менежмент

“Ilmiy menejment” maktabi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan, ya`ni “boshqaruvshning mumtoz maktabi” deb ham yuritilgan. Bu maktab ibtidosida amerikalik muhandis va ixtirochi F.Teylor (1856-1915) turgan edi. Uning nazariyasi keyinchalik “Teylorizm” degan nom olgan.U yaratgan tizim esa ishchilarning “siqib suvini olish” ning tizimi deb atalgan.
F.Teylor ta`limotining asosiy mazmuni - yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda g`oyatda va maqbul usullarni izlashdir.
Uning prinsiplariga binoan:

  • mehnatning har bir jarayoni, uning ko`lami va ketma-ketligi aniq puxta ixtisoslashtirilishi shart;

  • har bir mehnat turi qat`iy vaqt oralig`ida taqsimlanishi lozim;

  • har bir mehnar jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo`ysundirilgan bo`lishi kerak;

  • yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim;

  • ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo`yilishi shart;

  • boshqaruvchi bilan boshqariluvchi ma`suliyatini aniq belgilish va vazifalarini to`g`ri taqsimlash shart.

F.Teylorning mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasidagi takliflari ishlab chiqarishga tadbiq etilganda mehnat unumdorligi ikki baravar (100%) ga o`sishiga olib kelgan. Ayniqsa , qo`llagan haronometraj usuli diqqatga sazovordir. F Teylor nazariyasiga ko`ra rahbar va mutaxassilarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga xos bo`lmagan vazifalardan ozod qilish, ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini hech qanday mulohaza yuritmasdan, biror-bir shaxsiy tashabbus ko`rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni talab qilish kerak edi. F. Teylor boshqarishni “aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm, shuningdek , nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta hamda arzon usulda bajarish san`ati” deb baholagan.
Shunday qilib F. Teylor “boshqaruvning mumtoz maktabi” ni yaratishga asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham turli nazariya va oqimlar ko`rinishida rivojlanib bordi.
F.Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G.Emerson mehnatni ilmiy tashkil qilish bo`yicha yirik mutaxassislardan bo`lib , u boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning “Mehnat unumdorligining 12 prinsipi” nomli asarida yoritilgan.
G.Emerson ilmiy boshqaruv prinsipini mohiyatiga ko`ra quyidagi ketma-ketlikda bayon qilgan.
1. Aniq qo`yilgan maqsad va g`oyalar.
2. Oqil, sog`lom fikr.
3.Jozibali, e`tiborli mahsulot
4.Intizom.
5. Xodimga nisbatan adolatli bo`lish.
6.Tezkor , ishonchli, to`liq, aniq va muntazam xisob-kitob.
7.Despetcherlash
8.Me`yorlar va jadvallar
9.Sharoit bilan ta`minlash.
10.Operattsiyalarni me`yorlash
11. Standart yo`riqnomalarni tayyorlash.
12. Unumdorlikni rag`batlantirish.
Ko`rinib turibdiki, G.Emersonning diqqat-e`tiborida, eng avvalo ikki, ya`ni aniq qo`yilgan maqsad va g`oya shuningdek oqilona fikr turibdi. G.Emerson ishchining ish vaqtida bajaradigan harakatlarini o`rganib, ishchiga beriladigan ish xajmi normalarini, ishni bajarishning ortiqcha, unumsiz harakatlarini bartaraf etuvchi eng muvofiq usullarini ishlab chiqdi.
Bunda masalan, nisbiy ish haqining maxsus tizimi oqilona fikr asosida qo`llanilib, unga ko`ra berilgan normani bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffisentlar oshirilar (8-band), uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalari 20-30 % pasaytirilib, jarima solingan. Shu bilan birga berilgan vazifani yuqori darajada bajarilishi uchun sharoit ham yaratilgan.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin