Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə41/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#37597
növüСборник
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

9. GIDROENЕRGЕTIKA HAQIDA

UMUMIY MA‘LUMOTLAR
9.1. Gidroelektrostantsiyalar va ularning quvvati

haqida boshlang’ich ma‘lumotlar
Suvning gidravlik(mexanik) energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilmalar va jihozlar majmuiga gidroelektrostantsiya (GES) deyiladi. Elektrik quvvati bo’yicha ular katta o’rta va kichik GES lar guruhiga bo’linadi. Kichik GES larning o’z navbatida quyidagi turlari bir-biridan farqlanadi: 1. Mikro GES (quvvati 0,1 MVt gacha); 2. Mini GES (quvvati 0,1-0,2 MVt oralig’ida; 3. Kichik GES (quvvati 0,2 MVt dan 10 MVt gacha). GES larning quvvat va napor ko’rsatkichlari bo’yicha turlari ularni o’rganishga doir fanlarda batafsil ko’rib chiqiladi.

Suvning gidravlik(mexanik) energiyasi, ma‘lumki, potentsial va kinetik tashkil etuvchilardan iboratdir. Gidravlika va gidroenergetikada solishtirma energiya deb ataluvchi tushunchadan foydalanadilar. Suv to’la energiyasining og’irlik kuchi mg ga nisbati solishtirma energiya (napor)ni tavsiflaydi.

GES faoliyat ko’rsatishi uchun suvning kerakli miqdordagi gidravlik energiyasini hosil qilish lozim. Buning uchun birmuncha tekis rel‘efli joylardagi daryolarda quriladigan GES lar sharoitida suv oqimi maxsus to’g’onlar yordamida to’silib, zarur napor hosil qilinadi. Napor va tabiiy sharoitlarga qarab GES binosi bevosita tug’on tarkibida (o’zan stantsiyasi), tug’ondagi napor frontidan keyin va derivatsiyadan keyin joylashuvi mumkin. 9.1-rasmda GES tuzilish sxemalaridan biri ko’rsatilgan.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin