9.3 – rasm. Reaktiv turbinalar va ularning qismlari: a – buraluvchi kurakli o’qiy; в – radial – o’qiy; с – diagonal; d – buraluvchi qo’sh kurakli o’qiy; e – kapsulali agregat; j – spiral kamera; 1 – yo’naltiruvchi apparat; 2 – ishchi g’ildtrak; 3 – so’rib chiqarish quvuri; 4 – generator; 5 – kapsula; 6 – turbina statori (yuk ko’taruvchi qo’zgalmas qism)
Ishchi g’ildirakning tuzilishi bo’yicha turbinalar parrakli yoki buraluvchi kurakli bo’lishi mumkin Parrakli turbinalarda parraklar ishchi g’ildirak korpusiga harakatlanmaydigan qilib biriktiriladi. Buraluvchi kurakli turbinalarda kuraklarning korpus va oqimga nisbatan holati ma‘lum burchaklar ostida uzgartirilishi mumkin. Buraluvchi qo’sh kurakli turbinalarda maxsus moslama bir vaqtning o’zida ikkita kurakni harakatga keltiradi. Gorizontal holatda ishlaydigan kapsulali turbinalar ham buraluvchi kurakli konstruktsiyada ishlab chiqariladi.
Turbina turini GESning naporiga qarab tanlaydilar. Past naporlarda (napor 90 m dan kam bo’lganda) buraluvchi kurakli o’qiy turbinalarni, ancha kichik naporlarda (napor 20 m dan kam bo’lganda) kapsulali turbinalarni, napor 50 m dan 650 m gacha bo’lgan holatlarda radial-o’qiy turbinalarni ko’llash maqsadga muvofiqdir. Naporning 70 m dan 150 m gacha bo’lgan oralig’ida shuningdek diagonal turbinalardan ham foydalanish mumkin. 350 m va undan katta naporlarda kovshli aktiv turbinalar ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |