Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Suv energiyasidan foydalanish sxemalari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə45/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#37597
növüСборник
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

9.3. Suv energiyasidan foydalanish sxemalari
GESlarda naporni hosil qilish uchun 1) to’g’onli, 2) derivatsion va 3) to’g’onli-derivatsion sxemalardan biridan foydalanish mumkin.

To’g’onli sxema daryoning suv sarfi katta, nishabligi esa ancha kichik bo’lgan sharoitlarda qo’llaniladi.

Napor nisbatan kichik bo’lganda GES binosi bevosita to’g’on tarkibida qurilishi va suv bosimini o’ziga qabul qilishi mumkin.

O’rtacha va katta naporlarda (agar napor 5 Dturb dan katta bo’lsa), GES binosini to’g’ondan keyin joylashtirish mumkin. Bunda bino tug’on oldidagi bosimni bevosita o’ziga qabul qilmaydi. Suv oqimi turbinalarga to’g’on tanasida joylashadigan quvurlar yoki to’g’on tashqarisidan o’tuvchi tunnellar yordamida olib beriladi.

Tog’li hududlar daryolarining energiyasidan derivatsion sxema bo’yicha foydalanish mumkin. Bunda daryo suvining sathi kichikroq to’g’on yordamida rostlanadi, so’ngra to’g’ondan boshlanadigan derivatsion kanal, tunnel yoki quvur yordamida bu suv kunlik rostlash basseyniga olib kelinadi va undan quvurlar orqali GES turbinalariga uzatiladi. To’g’onli-derivatsion sxema yuqoridagi sxemalarning kombinatsiyasidan iborat bo’ladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin