Turbina (suv energiyasini ishchi g’ildirakning mexanik energiyasiga aylantiruvi gidravlik mashina) va generator har qanday GES ning eng asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Turbina va generator birgalikda gidroagregat deb ataladi. Bundan tashqari GESlar tarkibida suv qabul qiluvchi qism, suv haydovchi quvur, suvni turbina bo’yicha taqsimlab beruvchi spiral kamera, so’rib chiqarish quvuri, turbinaga kirishdagi suv sarfini va yo’nalishini rostlovchi yo’naltiruvchi apparatlar, zatvorlar va boshqa bir qancha qurilma va jihozlar mavjud bo’ladi.
GES ning quvvati eng avvalo yuqori va pastki b‘eflardagi suv sathlari farqi (statik napor) va turbina orqali o’tkaziladigan suv sarfi Q ga bog’liqdir. 9.1-rasmga ko’ra statik (geometrik) napor:
Н0 = Yu.B – P.B .
Turbinaning ishchi napori (Н) statik naporga, napor yo’qotilishi va GES ning kirish hamda chiqish qismlaridagi oqim tezliklariga bog’liq bo’lib, uni aniqlash usullari GES larni o’rganuvchi fanlarda ko’rib chiqiladi.
9.1-rasm. GES ning tuzilishi: 1-suv qabul qiluvchi; 2-zatvor; 3-suv haydash quvuri;
4-turbina g’ildiragi; 5-generator; 6-so’rib chiqarish quvuri, 7-avariya-ta‘mirlash zatvori,
8-spiral kamera
Fizikadan ma‘lumki, quvvat deganda vaqt birligida bajariladigan ish bajarish qobiliyati tushuniladi. Suv oqimining og’irlik kuchi mg= ga teng. Suv oqimining quvvati:
N0 = , kVt;
bu ifodada - suvning solishtirma og’irligi = 10 kN/m3 , V – suv oqimining hajmi, Q – suv sarfi, H – turbinaning ishchi napori.
Gidroagregatning generatordan chiqishdagi elektrik quvvati:
Nа = N0 , kVt;
bu yerda - turbinaning foydali ish koeffitsienti, - genera-torning foydali ish koeffitsienti.
Dostları ilə paylaş: |