10.2. Zatvorlar haqida umumiy ma‘lumotlar
Gidrotexnika inshooti darvoza qismidan o’tadigan suvni to’sish, suv sarfi yoki tezligini rostlash uchun xizmat qiladigan konstruktsiyalar – zatvorlar hozirgi davrda asosan po’latdan tayyorlanadi.
Foydalanishdagi vazifasiga ko’ra, inshootni ekspluatatsiya qilish jarayonida muntazam ishlatiladigan – asosiy (ishchi), ta‘mirlash va avariya holatlarida qo’llaniladigan – avariya ta‘mirlash va inshootni qurish davrida vaqtincha ishlatiladigan – qurilish zatvorlari bir – biridan farqlanadi.
Konstruktsiyasiga ko’ra zatvorlar sigmentli, yassi, sektorli, konusli va boshqa turlarga bo’linadi. Meliorativ tizimlar inshootlarida asosan yassi va sigmentli zatvorlar qo’llaniladi. Yirik inshootlarda sektorli va konusli zatvorlar ham qo’llanilishi mumkin. Masalan, Pachkamar suv omboridan suv chiqazuvchi inshoot konusli zatvor bilan ta‘minlangan.
Darvoza oralig’i 0,5...6 m bo’lgan irrigatsiya inshootlari ko’pincha yassi po’lat zatvorlar bilan jihozlanadi. Ular suv sathigacha bo’lgan chuqurlikni to’la to’sa oladigan (yuzasi zatvor) bo’lishlari yoki suvga ko’milgan holda (chuqur joylashgan zatvor) ishlashlari mumkin. Darvoza oldidagi suvning chuqurligi 3 m gacha bo’lganda yuzaki zatvorlar, suv chuqurligi birmuncha katta bo’lgan holatlarda chuqur joylashgan zatvorlar qo’llaniladi.
b)
10.1-rasm. Yassi zatvorlarning sxemalari: a) – yuzaki joylashgan;
b) – chuqur joylashgan; 1 – qoplama; 2- yuqori belbog’; 3- oraliq to’sinlar:
4- quyi belbog’; 5 – ko’taruvchi vint; 6 – diafragma devorchasi
Dostları ilə paylaş: |