12.2. Gidrotexnika qurilishini tashkil qilish asoslari
Gidrotexnika qurilishiga sarflanadigan xarajatlarning samaradorligi ko’p jihatdan ishlab chiqarishning qay darajada tashkillashtirilganligiga va qanday boshqarilishiga bog’liq.
Tashkil qilish – bu barcha mehnat elementlarining biror bir jarayonni asoslash, tayyorlash, ishga tushirish, tartibga solish bo’yicha samarali birlashtirish bo’yicha tadbirlar tizimidir. Оdamlar mehnati, ish qurollari, mehnat predmetlari va bazalari mehnat elementlari deyiladi.
Ijrochilar (ishchilar, xizmat ko’rsatuvchi va yordamchi xodimlar, injener –texnik xodimlar) mehnatini tashkil qilish quyidagi masalalarni hal etishni taqoza etadi: amaldagi qoidalar va qonunlarga asosan ishga qabul qilish; barcha toifadagi ishchi – xizmatchilarni o’qitish, malakasini oshirish, zveno, brigada, bo’limlarni tuzish; mehnatni ilmiy tashkil qilish talablariga mos keluvchi ishchi o’rinlarini tashkil qilishni ta‘minlash va xizmat ko’rsatish; ishlarni me‘yorlash; topshiriq berish va ishlarni qabul qilish; rag’batlantirish va taqdirlash; mehnatni muhofaza qilish; mehnatga haq to’lash.
Ishlarni tashkil qilish tadbirlariga quyidagilar kiradi: ishni texnik xujjatlar va texnik qo’llanmalar bilan ta‘minlash, ishlarni bajarish texnologiyasini ishlab chiqish, o’zlashtirish, joriy etish va takomillashtirish; ishlarni barcha zaruriy resurslar (materiallar, qurilmalar, mashinalar, energiya, suv va b.) bilan ta‘minlash; ishlarni kompleks mexanizatsiyalash va uni uzluksiz usulda olib borish; ishlarni loyihaga mos ravishda, yagona va soha me‘yorlari talablariga amal qilgan holda bajarish; ish sifatini nazorat qilish va ishni qabul qilish; joylarda ish va ishchilarga xizmat ko’rsatish; ishlarni xavfsiz usullarda olib borishni ta‘minlash.
Dostları ilə paylaş: |