Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Gidrotexnika qurilishini iqtisodiy asoslash



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə60/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#37597
növüСборник
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

12.5. Gidrotexnika qurilishini iqtisodiy asoslash
Gidrotexnika qurilishini iqtisodiy asoslashda quyidagi ikki usuldan biri qo’llaniladi: 1) mahsulotdan olinadigan sof foyda bo’yicha asoslash; 2) keltirilgan xarajatlarning minimalligi bo’yicha asoslash.

Meliorativ inshootlarning qurilishi ma‘lumki, sug’oriladigan yer maydonlaridagi ekinlardan daromad olishga qaratilan. Bu daromadni olish uchun inshoot qurilishi uchun sarflanadigan kapital mablag’lardan tashqari mahsulotning tannarxini tavsiflovchi (aniqlovchi) ma‘lum yillik xarajatlar ham talab etiladi. Daromad va xarajatlarning farqi sof foyda deyiladi, ya‘ni S.F. = D – X. Meliorativ inshootlar qurilishining iqtisodiy samaradorligi quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi:



Esam = ,

bu yerda Esam – iqtisodiy samaradorlik koeffitsienti; K – inshoot qurilishi uchun sarflangan kapital mablag’lar. Esam ning teskari qiymati kapital mablag’larni qoplash muddatini beradi, ya‘ni:


T = 1/Esam .
Agar inshoot qurilishidan keladigan foydani aniqlash imkoniyatlari bo’lmasa yoki inshoot loyihasining variantlarini o’zaro taqqoslashda iqtisodiy samaradorlikni quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadigan keltirilgan xarajatlarni minimallashtirish sharti asosida baholash mumkin:

С + ЕmК = min.,
bu yerda С – berilgan variant bo’yicha inshootdan foydalanish uchun sarflanadigan jami yillik xarajatlar; Еm – iqtisodiy samaradorlik koeffitsientining me‘yoriy qiymati; K- ko’rilayotgan variantda inshoot qurilishi uchun sarflanishi rejalashtirilgan kapital mablag’lar.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin