12.4. Gidrotexnika qurilishida bajariladigan
ishlarning asosiy turlari
Ish turlarini ajratuvchi asosiy belgilardan biri ishlatiladigan materialdir. Gidrotexnika qurilishi uchun tavsifli ish turlariga yer ishlari; beton va temirbeton ishlari; montaj ishlari; gidroizolyatsiya ishlari; tosh ishlari; yog’och ishlari; tashish ishlari; ustun qoziq ishlari; portlatish ishlari, tayyorgarlik ishlari va sh.o’ kiradi.
Montaj ishlari qurilish konstruktsiyalari elementlarini loyihaviy xolatda urnatish va biriktirish uchun bajariladigan ishlar majmuidir.
Yer, beton, temirbeton, pardozlash va h, hamda montaj ishlari umumqurilish ishlari deb ataladi.
Texnologik, sanitar-texnik, elektrotexnik, gidrohimoyalash ishlari va shunga o’xshashlar maxsus ishlar turkumiga mansubdir.
Inshoot va binolarni barpo etish bir - biri bilan o’zaro bog’langan qurilish va montaj jarayonlarini amalga oshirish natijasida yaratiladi.
Qurilish va montaj jarayonlari asosiy, yordamchi va transport kabi turlarga bo’linadi.
Asosiy va yordamchi jarayonlar turli vaqtlarda, transport jarayoni esa ko’pincha asosiy va yordamchi jarayonlar bilan bir vaqtda olib boriladi.
Qurilish va montaj jarayonlari ketma - ket, parallel va uzluksiz (potok) usullarda amalga oshiriladi.
Gidrotexnika qurilishining asosini yer va beton ishlari tashkil etadi. Gidromeliorativ inshootlar qurilishi qiymatining 60-90% ini yer ishlari tashkil etadi. Daryolarda quriladigan gidrotexnika inshootlari va GES lar umumiy qiymatining 60-80% qismini beton va temirbeton ishlari tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |