3-modda. Kodeksinnng amal qilish doirasi Ushbu Kodeksi institutning barcha xodim, talaba va doktorantlariga nisbatan tatbiq etiladi.
II-BOB. KODEKSNNNG PRINSIPLARI
4-modda. Institut xodimi, talaba va doktorantlari xulq- atvorining asosiy prinsiplari Mazkur Qoida qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, vatanparvarlik, xizmat va ta’lim olish burchiga sodiqlik, adolat, halollik va xolislik, samaradorlik va tejamkorlik prinsiplariga asoslanadi.
5-modda. Qonuniylik prinsipi Institutning xodim, talaba va doktorantlari О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga sо‘zsiz rioya qiladilar hamda о‘z xizmat va о‘qish majburiyatlarini lavozim yо‘riknomalari, mehnat shartnomalari, ushbu Kodeks qoidalari, institut Ichki tartib qoidalari hamda ta’limga oid boshqa meyoriy hujjatlariga muvofiq bajaradilar.
6-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi prinsipi Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari institutning oliy qadriyati bо‘lib hisoblanadi. Institutning xodim, talaba va doktorantlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yо‘l qо‘ymaydilar va bunday buzilishlar ruy bergan hollarda ularni tiklashga kо‘maklashadilar.
7-modda. Vatanparvarlik, xizmat va ta’lim olish burchiga sodiqlik prinsipi Institutning xodim, talaba va doktorantlari ta’lim olish va xizmat faoliyatlarini ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar, Vatanga sadoqat, xizmat va ta’lim olish burchiga sodiqlik asosida jamiyatning institutga bо‘lgan talabi va ishonchini ifodalagan holda amalga oshiradilar. Xodim, talaba va doktorantlar ta’lim olish va xizmat burchlarini о‘zaro xayrixoxlik, о‘z manfaatlari va mafkuraviy qarashlaridan qat’iy nazar lozim darajada bajaradilar.
8-modda. Adolat, halollik va xolislik prinsipi Institutning xodim, talaba va doktorantlari ta’lim olish va xizmat faoliyatlarini amalga oshirishda adolatli, halol va xolis bо‘lishlari hamda institutga tegishli bо‘lgan saytlar va ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu prinsip talablari asosida munosabatda bо‘lishlari shart.