Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining odob-ahloq kodeksi


-modda. Dars mashg‘ulotidan tashqari vaqtda muloqot qilish



Yüklə 200,5 Kb.
səhifə9/13
tarix18.05.2022
ölçüsü200,5 Kb.
#58467
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-китоб 2022 й

23-modda. Dars mashg‘ulotidan tashqari vaqtda muloqot qilish
Talaba uchun pedagog xodim bilan dars mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish zarurati bо‘lsa, u holda muloqot:
maslaxat soatlari, mustaqil ish yoki о‘zaro kelishuv bо‘yicha belgilangan vaqtda amalga oshirilishi mumkin;
talaba о‘zi muloqot qilmoqchi bо‘lgan pedagog xodimning lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasini bilishi maqsadga muvofiq.
Asoslangan jiddiy sabablar (qо‘pollik, tamagirlik, dars sifatining pastligi, pedagog xodimning aybi bilan mashg‘ulotlar о‘tkazilishidagi muntazam uzilish xollarini isbotlovchi dalillar va b.) xamda guruh (kurs)ning yakdil fikri mavjud bо‘lgan xolatlarda talabalar pedagog xodimni almashtirish xaqida iltimos bilan faqultet dekaniga murojaat qilishlari mumkin.


24-modda. Subordinatsiya
Institut raxbar xodimlariga xodim, talaba va doktorantlar tomonidan mehnat va о‘quv munosabatlari yuzasidan vujudga kelgan holatlar bо‘yicha murojaat qilinishi muayyan tartib asosida (subordinatsiya tamoyili), ya’ni munosabat bildirishdagi raxbariyat bо‘g‘inlariga bosqichma-bosqich chiqishi tashkil etiladi. Shaxsiy masalalarda murojaat qilish holatlari bundan mustasno.


25-modda. Tashabbus va faollik
Xodim, talaba va doktorantlarning institutda ma’naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash, ta’lim sifatini oshirish, innovatsion g‘oyalardan samarali foydalanish, turli xil manfaatli tadbirlar uyushtirish bо‘yicha tashabbus va g‘oyalari rag‘batlantiriladi.


VII-BOB. XODIM, TALABA VA DOKTORANTLARNING ODOB- AXLOQQA OID MAJBURIYATLARI


26-modda. Odob-axloqqa oid majburiyatlar
Institutga о‘qishga va ishga kirgan har bir shaxslar mazkur Kodeks bilan yozma ravishda (imzo chektirib) tanishtiriladilar.
Xodim, talaba va doktorantlar:
qonun hujjatlari va mazkur Kodeks talablariga rioya etishga; doimo yuksaklikka intilish, xalollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chukur anglashga:
odob-axloqka oid milliy an’analarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni hurmat qilishga;
о‘z ustilarida doimiy ravishda ishlash va qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini muntazam ravishda о‘rganib borishga;
о‘z vazifalarini vijdonan, professional darajada amalga oshirishga; institut obru-e’tibori va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday xarakatlarni sodir etishdan о‘zini tiyishga;
institut tо‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obrо‘siga ziyon yetkazish maqsadida foydalanmaslikka;
institut mulkiga extiyotkorlik bilan munosabatda bо‘lish (kо‘char va kо‘chmas mulk, о‘simlik va xayvonot dunyosiga va b.), shu jumladan, xizmat vazifasini bajarish uchun berilgan moddiy texnika vositalaridan tо‘g‘ri va tejamkorona foydalanishga;
elektr energiyasi va suvni tejamkorona ishlatishga;
biron-bir noxush voqea yoki hodisa rо‘y bersa, u xaqda zudlik bilan institut rahbariyatiga xabar berishga;
belgilangan cheklovlar va taqiqlarga rioya qilish, о‘z vazifalarini og‘ishmay bajarishga, xodim, talaba va doktorantlarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilmaslikka, xech bir shaxs xaqida jinsi, irqi, millati, tili, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va lavozimi xaqida hamda boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar notо‘g‘ri fikr yuritmaslikka va uni kamsitmaslikka;
xodim, talaba va doktorantlar, shuningdek, boshqa shaxslar xaqida turli ig‘vo, fitna, g‘iybat va bо‘xtonlar uyushtirmaslikka va tarqatmaslikka;
institut obrо‘si yoki nufuziga putur yetkazadigan nizoli vaziyatlarga yul qо‘ymaslikka;
xodim, talaba va doktorantning mehnat va о‘kuv jarayonidagi say- xarakatlariga qasddan ziyon yetkazmaslikka;
davlat organlari va mansabdor shaxslarning, shuningdek, institut rahbariyatining о‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan (bergan) qarorlarini (topshiriqlarni) о‘z vaqtida va sifatli bajarishga;
shaxsiy foydasi hamda о‘zgalar manfaatini kо‘zlab о‘z mavqeini suiiste’mol qilmaslikka;
xakiqatni gapirishga, rahbarlar va boshqa xodimlarni chalg‘itmaslikka; mutasaddi xodimlarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini о‘rnatmaslikka;
kasbiy faoliyati davomida о‘zlariga ma’lum bо‘lgan ularning oshkor etilganligi uchun qonunhujjatlarida belgilangan tartibda javob beriladigan axborotning saqlanishi va maxfiyligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni kо‘rishga;
sog‘lom turmush tarzini yuritish va atrofdagilarning sog‘ligini saqlashga g‘amxо‘rlik qilish, estetik va ekologik madaniyatning oshishiga kо‘maklashishga;
tanqidiy mulohazalarni bildirishga va obyektiv qaror qabul qilishga, о‘z xato va kamchiliklarini anglash va bartaraf etishga;
moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganligini turli yо‘llar bilan ataylab kо‘z-kо‘z qilmaslikka;
Axborot-resurs markazi xodimlari bilan xushmuomala bо‘lishga, kitoblar va jihozlarga extiyotkorona munosabatda bо‘lishga, u yerda uyali aloqa vositalarini о‘chirib qо‘yish yoki ovozsiz rejimga qо‘yishga, baland ovozda sо‘zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslikka, oziq ovqat iste’mol qilmaslik, qog‘oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslikka, kitoblarni olish va topshirish tartib- qoidalariga rioya qilishga;
sport majmuasiga sport kiyimi va poyabzalida kirishga; sport inventarlariga nisbatan extiyotkorona munosabatda bо‘lishga, mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirishga;
sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilishga; institut auditoriyalari, binolari va binolarga tutashgan hududda tozalikni saqlashga;
hududni ifloslantirmaslik, chikindilarni joylarda qо‘yilgan maxsus
qutilarga tashlashga;
shaxsiy avtomobilni taqiqlangan joyda qoldirmaslik, yо‘l harakati qoidalarini buzmaslik va mensimaslikka (beparvo bо‘lish), shuningdek, transport vositalaridan foydalanishda xavf-xatar yaratmaslikka;
ish (о‘qish)dan tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etishlari, g‘ayri ijtimoiy xatti-xarakatlarga yо‘l qо‘ymaslikka majbur.



Yüklə 200,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin