О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTINING
ODOB-AHLOQ KODEKSI
“TASDIQLAYMAN”
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
rektori O.SH.Bazarov
____________________
|
“KELISHILDI”
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Kasaba uyushma qо‘mitasi
raisi F.U.Tilovatov
____________________
|
Qarshi muhandislik - iqtisodiyot institutining mazkur “Ichki tartib-qoidalari” institut Kengashining 2022 yil 26 fevraldagi 7-sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va 3-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Qarshi shahri
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTINING
ODOB-AHLOQ KODEKSI
I-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda Ushbu kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks О‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni va boshqa qonun hamda qonunosti hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan bо‘lib, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining (keyingi о‘rinlarda “institut” deb yuritiladi) pedagog va boshqa xodimlari, talabalari, doktorantlari (keyingi о‘rinlarda - xodim, talaba va doktorant) kasbiy odob-ahloqiningtamoyillari, normalari, ta’lim jarayoni va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
2-modda. Odob-axloq kodeksinnng maqsad va vazifalari
Odob-axloq kodeksinnng maqsadlari:
xodim, talaba va doktorantlarda umumiy madaniyatni rivojlantirish; institutning xodim, talaba va doktorantlarining zamonaviy imijini shakllantirish hamda xodim, talaba va doktorantlarni institut va uning qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash;
ta’lim muassasasi odob-axloq tushunchasini takomillashtirish va institutning xodim, talaba va doktorantlarini xulq-atvoriga bо‘lgan talablarga oid yagona yondashuvni ishlab chiqishdan iboratdir.
Odob-axloq qoidasining vazifalari quyidagilardan iborat: huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, xodim talaba va doktorantlar orasida odob-axloq qoidalarini buzish bilan bog‘liq bо‘lgan nomaqbul xatti-harakat, jumladan, zо‘ravonlik, shafqatsizlik va hayosizlikni targ‘ib va tashviq qilish, shuningdek, turli salbiy illatlar va milliy mentalitetimizga yot bо‘lgan g‘oya va qarashlar, ekstremizm, separatizm, fundamentalizm va “ommaviy madaniyat”ning ta’siri hamda xurujlaridan himoya qilish;
mazkur nomaqbul xatti-harakatlar sodir etilishining sabab va shart- sharoitlarini aniqlash va ularni bartaraf etish;
xodim, talaba va doktorantlarni yuksak huquqiy ong, О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, qonunlari va boshqa normativ-hukukiy hujjatlariga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalash;
xodim, talaba va doktorantlarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini doimo hurmat qilish va himoya qilish kо‘nikmasini shakllantirish va yuksaltirish;
xodim, talaba va doktorantlarda vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash;
institutda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish va rivojlantirish;
institutning xodim, talaba va doktorantlarida tashqi kо‘rinishga oid madaniyatni shakllantirish uchun sharoitlar yaratish;
institutning davlat va jamiyat xayotidagi hamda ta’lim tizimidagi nufuzi, obrо‘-e’tiborini asrab-avaylash va yanada oshirish.
Dostları ilə paylaş: |