So‘zga chiqdi:
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan metodbirlashma rahbari so‘zga chiqdi. 1-2-3-sinflarda ona tili va o’qish savodxonligi, 4-sinflarda ona tili fanining o’qitilishi
Kun tartibidagi 2-masala ham ko’rib chiqildi. 1-2-3- sinflarda Ona tili va o’qish savodxonligi fanining samaradorligini oshirish to‘g'risida gapirib o‘tdi. Ona tili darslarida bola o’z ustida ishlashi, o’zi qiziqqan yo’nalishi bo’yicha shug’ullana olishi, qo’shimcha bilimga ega bo’lishi uchun imkon beradi. Mashg’ulot davomida dars o’qtish bilan birga bolalarda o’zaro ijodiy tajriba almashishadi. Bir yo’nalishda izlanayotgan, bo’lajak yosh mutaxassislar shakllanadi. Darsda bolalarning to’garaklarni o’zlari erkin tanlashi, bir vaqtning o’zida bir necha to’garakka qatnashi va qiziqishiga ko’ra to’garakni almashtirishi mumkin. Bu kelajakda bolalarning biror-bir kasbni tanlashida boshlang’ich pog’ona vazifasini o’taydi.
Kun tartibidagi 3-masala ham o’rganib chiqildi.
3- masala yuzasidan Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilarining bahorgi malaka toifa attestatsiya natijalari u o’z so’zida. Prezidentimizning 2020 yilning 6 noyabrda qabul qilingan “O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni hamda “Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorida xalq ta'limi tizimidagi islohotlarni yanada takomillashtirish va ilmiy jihatdan qo'llab-quvvatlash bo'yicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi.
Mazkur hujjatlarda xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog'liq masalalarga ham alohida e'tibor qaratilib, sohadagi rahbar va pedagog-xodimlarni “hayot davomida o'qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirish tizimiga transformatsiya qilish vazifasi belgilangan.
Joriy yilgacha amaldagi tartibga ko'ra, pedagog-kadrlar har 5 yilda bir marta, rahbar va mutaxassis xodimlar esa har 3 yilda bir marta malaka oshirib kelgan.
O'qituvchining 5 yilda 1 oy, ya'ni 144 soatlik o'quv dasturi asosida malaka oshirishi va qolgan 4 yilu 11 oy hech qanday o'quvga jalb qilinmasdan, ularning o'z ustida ishlamasligi kasbiy malaka ko'nikmalari susayishiga sabab bo'lib, ta'lim sifati muammosi hukumat darajasiga ko'tarildi va joriy yilning 25 yanvar` kuni “Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo'llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida” qaror qabul qilindi.