ESHITILDI: Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan metod birlashma rahbari I.Eshonqulova so‘zi tinglandi. U o‘z so‘zida: O‘qituvchi o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirish, mustaqil fikrlash, munosabat bildirish ko‘nikmasini shakllantirish, ya'ni interfaol tushunchasini yuzaga keltirish kerak. Bu usulda o’quvchilar o‘zi faol ishtirok etgan holda, yakka juftlikda, guruhlarda muammo savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, yozadi , so‘zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo‘yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa o‘quvchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Ilg‘or pedagogik texnologiyaning juda ko‘p usullari mavjud bo’lib, ular: seminar darslari , konferensiya darslari, "Aqliy hujum", Kichik guruhlarda ishlash", "B.B.B", "Debatlar", "Tanqidiy tafakkur" va boshqalardir. Bu usullardan o‘quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish mumkin- deya ta‘kidladi va IV chorak uchun amalga oshiriladiogan ishlar rejasini tuzish kerakligin ta’kidladi.
So‘zga chiqdi:
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan metodbirlashma rahbari so‘zga chiqdi.1-3 chorakda qilingan ishlar, fan oyligi natijalari bilan o‘qituvchilarni tanishtirib o‘tdi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ichki monitoring natijalari e’lon qilindi.
I yarim yillikda olingan ichki monitoring natijalariga ko‘ra 2”A” sinfda 76%, 2”B” sinfida 78%, 3”A” sinfida 84%, 4”A” sinfida 86%, 4”B” sinfida 87% ni tashkil etganligi aytib o‘tildi.
Muzokaraga tajribali o’qituvchilar M.Raximova va L.Norovalar so’zga chiqdilar. Ular ham o‘z fikrlarini bildirdilar
Kun tartibidagi 2-masala ham ko’rib chiqildi. Metodbirlashmada 3-chorak davomida o’tkazilgan tadbirlar hisoboti. “Ko’rgazmlai qurollar” tanlovining maktab bosqich yakunari haqida gapirib o‘tdi. Tabiiy fan darslarida bola o’z ustida ishlashi, o’zi qiziqqan yo’nalishi bo’yicha shug’ullana olishi, qo’shimcha bilimga ega bo’lishi uchun imkon beradi. Mashg’ulot davomida dars o’qtish bilan birga bolalarda o’zaro ijodiy tajriba almashishadi. Bir yo’nalishda izlanayotgan, bo’lajak yosh mutaxassislar shakllanadi. Darsda bolalarning to’garaklarni o’zlari erkin tanlashi, bir vaqtning o’zida bir necha to’garakka qatnashi va qiziqishiga ko’ra to’garakni almashtirishi mumkin. Bu kelajakda bolalarning biror-bir kasbni tanlashida boshlang’ich pog’ona vazifasini o’taydi.
Kun tartibidagi 3-masala ham o’rganib chiqildi. 3- masala yuzasidan -4 sinflarda matematika fanini o’qitilishi. Matematika darslarida axborot kommunikatsiya texnologiyalardan samaralari foydalanish hamda darslarni video roliklar, slaydlar bilan birgalikda o’tish haqida gapirib o’tdi.
Kun tartibidagi 4-masala ko’rib chiqildi . 3-4-sinf o’quvchilari o’rtasida xalqaro tadqiqotlar TIMSS asosida o’tkazilgan “Matematik olimpiada”ning tuman bosqich yakunlari TIMSS bo‘yicha trener o‘qituvchi I.Eshonqulovaning so‘zi tinglandi. U o‘z so‘zida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiasini tasdiqlash to‘g‘risida“gi 5712-son Farmonida 2030- yilga kelib Pisa xalqaro dasturi reytingida jahonning 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish,matematika,va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilab qo‘yilganligini aytib o‘tdi. TIMSS-boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqot dasturidir. TIMSS xalqaro tadqiqoti boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan,o‘qish va o‘qitishni yaxshilashda ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanishi aytib o‘tildi.