Neftning tarkibida har xil qovushqoqlikka ega bo‘lgan turli fraksiyalar mavjud
bo‘lganligi uchun uning qovushqoqligi suvning qovushqoqligidan
bir necha martalab yuqori
bo‘ladi. Haroratning oshishi bilan neftning qovushqoqligi pasayadi.
Qatlam sharoitidagi neftning qovushqoqligi yer ustidagi neft qovushqoqligidan farq
qiladi. Qatlam sharoitida neft tarkibidagi erigan gazlar bosim va harorat ta’sirida
suyuqlik
holatida bo‘lganligi uchun, neft tarkibidagi gaz miqdorining oshishi va haroratning yuqoriligi
uning qovushqoqligini pasaytiradi.
Neft tarkibida smola-parafinlar miqdorining ko‘p bo‘lishi
uning qovushqoqligining
oshishiga olib keladi. Agar yer qobig‘i chuqurligi bo‘yicha haroratning ko‘tarilib borishi hisobga
olinsa, qatlam sharoitidagi neft qovushqoqligi har doim yer usti nefti qovushqoqligidan kichik
bo‘ladi.
Qatlam sharoitlarda suv bilan tog‘ jinslari molekulalarning tortish kuchlari neft bilan tog‘
jinslari orasidagi tortish kuchlaridan katta bo‘ladi. Buning natijasida
suv mayda kapillyar
g‘ovaklardan neftni kattaroq bo‘shliqlarga siqib chiqarib, uning o‘rnini egallaydi.
Neft bir xil
bo‘lmagan optik xossalarga ega. Neftni izlashda tog‘ jinslaridagi uning ko‘zga ko‘rinmaydigan
juda mayda izlari lyuminessent tahlil yordamida aniqlaniladi. Bu tahlil neftning ultrabinafsha
nurlar ta’siri ostida nur sochishiga – lyuminessentlanishiga (lotincha «lyuminesseno»
- nur
sochuvchi) asoslangan. Bunda yengil neftlar jadallik bilan havo rang, og‘ir neftlar qo‘ng‘ir va
sariq qo‘ng‘ir rang sochadi.
Neftning sirt tarangligi o‘z sirtining o‘zgarishiga qarshilik ko‘rsatish kuchi bo‘lib, yuza
qatlam birlik maydoniga to‘g‘ri keladigan kuch orqali ifodalanadi. Yuza maydon birligiga to‘g‘ri
keladigan kuch
Dostları ilə paylaş: