Qatlam sharoitidagi neft va gazning tarkibi



Yüklə 305,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix22.12.2023
ölçüsü305,93 Kb.
#189905
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
 
 
 
 
Neftning asosiy xossalari 
 
Zichlik. 
Neft va uning mahsulotlarining zichligi nisbiy va absolyut zichliklarda 
ifodalanadi. Nisbiy zichlik neft va uning mahsulotlarining t
2
haroratdagi zichligining distillangan 


suvning t
1
haroratdagi zichligiga nisbatini ifodalaydi. Respublikamizda neft nisbiy zichligini 
aniqlashda uning 
2
t
= +20
o
S dagi zichligi va suvning 
1
t
=+4
o
S dagi zichligi qiymatlari 
nisbatidan foydalanish qabul qilingan. Suvning 
1
t
= +4
o
S dagi zichligi 1 ga teng bo‘lganligi 
uchun nisbiy va absolyut zichliklar qiymatlari o‘zaro teng bo‘ladi. 
Neftning absolyut zichligi uning xajm birligidagi massasiga teng, ya’ni: 
V
m


;




3
м
кг
;




3
см
г
(5.1) 
bu yerda: 
m
– neftning massasi, 
kg
yoki 
g


- neftning hajmi,
m
3
yoki 
sm
3
Neftning zichligi uni tashkil etuvchi past haroratlarda qaynaydigan yengil va yuqori 
haroratlarda qaynaydigan og‘ir fraksiyalari miqdori va ularning kimyoviy tarkiblariga bog‘liq. 
Masalan bir xil yuqori haroratlarda qaynaydigan parafin uglevodorodlar eng kichik zichlikka, 
aromatik uglevodorodlar esa eng yuqori zichlikka, naftenli uglevodorodlar esa taxminan o‘rtacha 
zichlikka ega. Shuning uchun neft uchun zichlik asosiy tavsifnomalardan biri hisoblanadi. 
Neft haroratining oshishi bilan uning zichligi kamayib boradi, neft hajmi esa ortadi, va 
aksincha. Zichlikning haroratga bog‘liqligi D.I. Mendeleyev formulasi bilan ifodalanadi: 
a
d
d
t


20
4
4
 
(t - 20) yoki
a
d
d
t


4
20
4
 
(t - 20); (5.2) 
bu yerda:
t
d
4
- t haroratdagi neftning nisbiy zichligi; 
20
4
d
- 20
0
S haroratdagi neftning nisbiy zichligi; 
a - 
zichlikning haroratga bog‘liqlik koeffitsiyenti. 
Neftlarni ko‘p hollarda zichligi bo‘yicha, ya’ni ularning bir birlik hajmdagi massasi 
bo‘yicha farqlanadi. SI tizimidagi zichlik birligi- 
kg/m
3
, SGSE tizimida esa 
g/sm

bilan 
o‘lchanadi.
Agar neftli idishga suv quyilsa, neft suv ustiga suzib chiqadi (ayrim hollar bundan 
mustasno). Neft odatda suvdan yengil. 20
0
S haroratda o‘lchangan neft zichligi 4
0
S da 
o‘lchangan suv zichligiga nisbati neftning nisbiy zichligi deyiladi. Neft nisbiy zichligi 0,51

0,84 
oraliqlarda bo‘lsa yengil neftlar, 0,85

0,90 oraliq qiymatlarda bo‘lsa o‘rtacha neftlar, 0,90 dan 
yuqorisi esa og‘ir neftlar deyiladi. Og‘ir neftlar tarkibida siklik uglevodordlar miqdori ko‘proq 
bo‘ladi. Neftning zichligi va rangi o‘rtasida ham bog‘liqlik bor: och rangdagi neftlarning zichligi 
to‘q rangdagi neftlarning zichligiga qaraganda kamroq. Quyidagi qonuniyat ham mavjud: neftda 
smola va asfaltenlar miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, uning zichligi shuncha yuqori bo‘ladi. 
Qatlam sharoitidagi neftlarning fizik xossalari yer ustiga olib chiqilgan va 
gazsizlantirilgan neft xossalaridan farq qilib, uning xossalari haroratga, bosim ta’siriga, neftda 
gazning eruvchanligi va boshqa shu kabi omillarga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Qatlam sharoitida 
yuqori bosim va haroratlarda neft tarkibida erigan gazlar bo‘lib, uni qazib olgandan so‘ng yer 
ustida oddiy atmosfera sharoitlarida bo‘ladi va tarkibidagi erigan gazlar ajralib chiqadi.
Qatlam sharoitida tarkibida erigan gaz mavjud bo‘lgan neftning hajmi yer ustida 
gazsizlantirilgan neftning hajmiga nisbati hajmiy koeffitsiyent deyiladi: 

Yüklə 305,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin