Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlash



Yüklə 69,58 Kb.
səhifə1/3
tarix22.09.2023
ölçüsü69,58 Kb.
#146629
  1   2   3
LABORATORIYA ISHI (МЕХ) Qattiq jism solish issiq sig\'im


4 Laboratoriya ishi.
QATTIQ JISMLARNING SOLISHTIRMA ISSIQLIK SIG’IMINI ANIQLASH
(Issiqlik haqida ta’limot. Issiqlik miqdori. Issiqlik sig’imi.)


ISHNING MAQSADI
Qizdirilgan mis, qo’rg’oshin va shishani sovuq suv bilan aralashtirish va aralashmaning temperaturasini o’lchash. Mis, qo’rg’oshin va shishaning issiqlik sig’imini aniqlash.
NAZARIY MA’LUMOTLAR
Jism qizishida yoki sovushida yutilgan yoki ajralgan issiqlik miqdori (ΔQ) temperaturaning o’zgarishi (ΔT) ga va massa (m) ga proporsional:
, (1)
bu yerda proporsionallik koeffisiyenti c - jismning solishtirma issiqlik sig’imi deyiladi va uning qiymati materialning turiga bog’liq.
Mazkur tajribada pitra shaklidagi turli materiallarning solishtirma issiqlik sig’imi aniqlanadi. Har bir hol uchun pitralar torozida tortiladi va t1 temperaturagacha qizdiriladi, keyin massasi torozida tortib aniqlangan t2 temperaturali suv quyiladi. Yaxshi aralashgandan keyin issiqlik almashinuvi evaziga pitra bilan suv umumiy tm temperaturaga erishadi. Bunda pitradan ajralgan issiqlik miqdori ΔQ1
(2)
(bu yerda m1 pitra massasi, c1 - pitraning solishtirma issiqlik sig’imi), suv yutgan issiqlik miqdori esa ΔQ2 ga teng
, (3)
bu yerda m2 - suv massasi.
Bu yerda suvning solishtirma issiqlik sig’imi c2 aniq, temperaturasi esa bug’ temperaturasiga teng deb faraz qilinadi. No’malum c1 ning qiymati o’lchangan tm, t2, m1 va m2 ning qiymatlari bo’yicha quyidagi formula orqali hisoblanadi:
(4)
Kalorimetrning idishi ham pitradan ajralgan issiqlikning bir qismini yutadi. Demak, kalorimetrning issiqlik sig’imi quyidagiga teng bo’ladi

Yüklə 69,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin