(5)
Shunday qilib, kalorimetr idishining suv ekvivalenti mkhisoblashlarda hisobga olinadi. (3) formula bilan hisoblangan yutilgan issiqlikning miqdori ancha aniqroq hisoblanadi (6) va uni hisobga olgan holdagi (4) formula quyidagi ko’rinishga keladi: (7)
1-rasm.Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlash uchun tajriba qurilmasi.
KERAKLI ASBOBLAR VA ASHYOLAR 1 Dyuar idishi 1 Dyuar idishi g’ilofi 1 mis pitra, 200 g 1 shisha pitra, 100 g 1 qo’rg’oshin pitra, 200 g 1 o’quv laboratoriya torozisi 610 Tare, 610 g . 1 termometr-10 °C dan +110 °C gacha yoki 1 NiCr-Ni temperatura datchigi 1 raqamli termometr 1 Bug’ generatori, 550 Wt / 220 W 1 Qizdirish apparati 1 menzurka, 400 ml 1 W-shaklsimon shtativ asosi, 20 sm 1 shtativ ustuni 47 sm 1 multi tutgichlar Leybold 1 Universal tutgich, diametri 0...80 mm 1 Silikon quvurlar, ichki diam. 7x1.5 mm, 1 m. 1 bir juft issiqlikka chidamli qo’lqop
TAJRIBA QURILMASI VA TAJRIBANI O’TKAZISH TARTIBI 1-rasmda tajriba qurilmasi keltirilgan.
Qizdirgichni shtativga o’rnating.
Bug’ generatorini suv bilan to’ldiring va ehtiyotlik bilan qurilmani berkiting va uni silikon quvur yordamida qizdirgichning yuqorisidagi (bug’ kirishi) shlangli birikmaga ulang.
Silikon quvurni qizdirgichning pastidagi shlangli birikmaga (bug’ning chiqishi) ulang va quvurning ikkinchi uchini menzurkaga soling. Barcha birikmalarda silikon quvurlar ishonchli mahkamlaganini ko’zdan kechiring.
Qizdirgichning namunalar kamerasini qo’rg’oshin pitrasi bilan to’ldiring va imkoni boricha uni stopor bilan zich qilib berkiting.
Bug’ generatorini elektr tarmoqqa ulang, shundan keyin esa qizdirgichdagi pitralarni ular orqali bug’ o’tkazib 20-25 vaqt davomida qizdiring.
Bu vaqt mobaynida:
Bo’sh Dyuar idishining massasini aniqlang, shundan so’ng unga taxminan 180 g suv quying.
Dyuar idishini g’ilofga soling va mos ravishda termometr yoki temperatura datchigini qo’ying.
Suv temperaturasi t2ni o’lchang.
Dyuar idishining qopqog’ini oching va uni chetga suring; namunalar uchun mo’ljallangan to’rni Dyuar idishiga kiriting. Temperaturasi 100 0c bo’lgan pitralarni namunalar uchun mo’ljallangan to’rga joylashtiring, qopqoqni yoping va pitralarni suv bilan astoydil aralashtiring. Suv temperaturasi ko’tarilmay qolganda, aralashmaning temperaturasini aniqlang. Qo’shimcha ravishda pitralarning massasini m aniqlang. Mis va shisha pitralar bilan tajribani takrorlang.