Qayd raqami


Sababi. Iztirob chekish, hayajonlanish, o‘ta charchash, kashandalik, spirtli ichimliklar ichish. Belgilari



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə113/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Sababi. Iztirob chekish, hayajonlanish, o‘ta charchash, kashandalik, spirtli ichimliklar ichish.
Belgilari. To‘satdan yurak sohasida, to‘sh orqasida sanchuvchi, g‘ijimlovchi og‘riq paydo bo‘ladi, Og‘riq chap qo‘lga, yelkaga, bo‘yinga, ko‘krak sohasiga tarqaladi.
Tibbiy yordam.
1. Bemorni boshini balandroq qilib yotqiziladi. Issiq choy ichiriladi.
2. Nitroglitserin yoki validol tabletkasini til ostiga qo‘yiladi yoki valokordin, korvalol 25 – 30 tomchidan ichiriladi.
3. Bemor bezovtalansa, hayajonlansa, tinchlantirish maqsadida valeriyana 20-30 tomchidan yoki 1 tabletka (birontasi) ichiriladi.
4. Og‘riq davom etaversa:
- papaverin 2% 2 ml teri ostiga yuboriladi,
- analgin 50% 1-2 ml, dimedrol 1 % 1 ml, novokain 0,5 % 1-2 ml qo‘shib muskul orasiga yuboriladi;
- parmidin (0,25) 1 tabletkadan 3-4 marta, atenalol (50-100 mg) 1 tab. 2 marta, trombokard 50 mg 1 tab. 1 mahal, simgal-20 mg 1 tab. 1 mahal, lipantil 200 mg 1 tab. 1 mahal beriladi.
Miokard infarktida tibbiy yоrdam
Miokard infarkti - yurak toj tomirlaridan birining butunlay to‘silib qolishi natijasida yuzaga keladigan juda og‘ir kasallikdir.
Sababi. Yurak toj tomirlaridan aterosklerozi, gipertoniya kasalligi, semirish, qandli diabet, odamning o‘ta charchashi, qayg‘urish, hayajonlanish.
Belgilari. To‘satdan ko‘krak qafasi chap tomonida kuchli og‘riq paydo bo‘ladi, og‘riq to‘sh, chap yelka, o‘mrov, kurak, ba‘zan pastki jag‘ga, qorin bo‘shlig‘iga tarqaladi. Bemor ko‘ngli aynib, qayt qiladi, juda og`ir hollarda karaxtlik holatiga tushib qolishi mumkin.
Tibbiy yordam.
1. Bemorni boshini baland qilib tinch holatda yotqiziladi.
2. Arterial qon bosimi o‘lchanadi, tomir urishi sanaladi, yurak faoliyati fonendoskop yordamida eshitiladi.
3. Validol yoki nitroglitseren tabletkasi til tagiga qo‘yiladi, bular bo‘lmasa, valokardin yoki karvalol 25-30 tomchidan ichiriladi. Trombokard 50 mg 1 tab. 1 mahal kardiomagniy 1 tabletkadan parmidin 0,25 marta, tromba Acc 1 tabletkadan beriladi.
4. Agar og‘riq bo‘lsa, yurak sohasiga zuluk qo‘yiladi.
5. Og‘riq davom etaversa – analgin 50% 1-2 ml dimedrol 1% 1 ml, novokain 0,5 % 1-2 ml qo‘shilib muskul orasiga, yoki droperidol 1-2 ml teri ostiga yoki muskul orasiga yuboriladi.
6. Bermor kardiolog vrach nazorati ostida davolanadi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin