Qayd raqami


NERV-ENDOKRIN TIZIMI KASALLIKLARIDA VA KIMYOVIY MODDALARDAN ZAHARLANISHDA



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə126/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

NERV-ENDOKRIN TIZIMI KASALLIKLARIDA VA KIMYOVIY MODDALARDAN ZAHARLANISHDA TIBBIY YORDAM.
Mashg`ulotning maqsadi:
1. Nerv tizimi kasalliklari haqida tushuncha berish.
2. Amaliy mashg`ulotni bajarish tartibi.
3. Mavzuga taalluqli jadvallar, tablitsa, plakat, rasmlar, mulyajlar, dori-darmonlar (reopirin, analgin, diklofenan, aloe, gumizol, vitamin B1, B12, askorbin kislota, urotropin, dimedrol, barbital, fenobarbito, seduksin, benzanol, geksamidin) va yordamchi jihozlarni ko`rsatib tushuntirish.


Ishni bajarish tartibi:
Nevrit kasalligida tibbiy yordam
Nevrit - periferik nerv tolasining yallig‘lanishi.
Sababi. Angina, difteriya, quloqning yallig`lanish kasalliklari (otit), zotiljam, plevrit, bug`ma kasalliklaridan keyin yuzaga chiqishi mumkin.
Belgilari. Qaysi nerv tolasi yallig‘langan bo`lsa, shu sohada o`zgarishlar vujudga keladi, ya`ni nerv tolalarining sezuvchi va harakatlantiruvchi tarmoqlarining me`yoriy faoliyati buziladi. Natijada sezuvchanlikni pasayishi yoki kuchayishi alomatlari, harakatning ham pasayishi yoki buzilishi belgilari sodir bo`ladi.
Masalan, son nervi yallig‘lansa, son va boldirning oldingi yuzasida og‘riq, oyoqni bukish va yozish, zinada yurish, sakrash, o‘tirib-turish qiyinlashadi. O’tirg`ich nervi yallig‘lansa, bel va oyoqni orqa sohasida og‘riq bo‘ladi, o‘tirib-turish qiyinlashadi.
Tibbiy yordam.
Bemor tinch vaziyatda yotib davolanish tavsiya etiladi. Yallig`langan nerv sohasiga issiq grelka qo`yish mumkin. Antibotiklardan penitsillin kuniga 4 marta mushak orasiga reopirin yoki pirabutal 2-5 ml mushak orasiga, aspirin tabletkasi ichish uchun buyuriladi. Shifokor maslahati bilan UVCh (Ultra yuqori chastota) li tok har kuni 5-10 daqiqadan 10-12 marta qo`yiladi. Parafin har kuni yarim soat yallig`langan nerv sohasiga qo`yiladi. Kamida 10 kun davomida shifoxonaning nevrologiya bo`limiga yotqiziladi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin