I. Fanning mazmuni Salomatlik odam organizmining biologik, ruhiy, jismoniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligidir.Sihat-salomatlik har bir inson uchun saodatdir.U odam mehnat unumdorligini, mamlakatning iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning muhim shartidir. Xalq sog`lig`ni muhofaza qilishga qaratilgan barcha chora-tadbirlarda faol ishtirok etish har bir ongli fuqaroning ahloq normasi, yuksak burchi bo'lmog'i lozim.
O’quv fanining maqsad va vazifasi. “Fanini o’qitishdan maqsad - tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarda aholiga birinchi tibbiy yordamni tashkil etish, tibbiy yordamning anatomik–fiziologik asoslari, dorishunoslik, bemorlarni parvarish qilish, kasallik va zaharlanishda tibbiy yordam, yuqumli kasalliklar, bolalar infeksiyasi, shikastlanganda birinchi tibbiy yordam, onalik va bolalikni muhofaza qilish, odam tanasining tuzilishi, rivojlanishi, a’zolari va tizimlarining funksiyalarini bir-biriga bog’lab o’rganishdir.
Fanning vazifasi -jismoniy baquvvat, ma'naviy, axloqiy, yetuk, intellektual rivojlangan, yuksak bilimli, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish, shuningdek, oilada, ish joyida va boshqa sharoitlarda shikastlanish, jarohatlanish, zaharlanish, to'satdan og`ir kasallanish, favqulodda vaziyatlar sharoitida shikastlangan, jarohatlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish malaka va ko’nikmalariga ega bo’lgan talabalarni tayyorlashdan iborat.
Tibbiy bilim asoslari fanini o‘qitishning maqsadiga erishish uchun belgilangan fanga oid topshiriqlarni bajartirish hamda mavzularni mazmun mohiyatini talab darajasida o‘rgatish va amalga oshirishdan iborat.
II. ASOSIY NAZARIY QISM (MA'RUZA MASHGULOTLARI) FAN TARKIBIGA QUYIDAGI MAVZULAR KIRADI
Dorilarning shakli, odam organizmiga ta`siri, qo`llash usullari. 1. Dorishunoslik fani va dorixona haqida tushuncha.
2. Dori moddalarning shakllari.
3. Dori moddalarini odam organizmiga yuborish yo‘llari.
4. Dorilarning zaharliligi darajasi bo‘yicha bo‘linishi.
5. Ayrim kasalliklarda qo`llanadigan dorilar: