Qayd raqami


Sababi. Shamollash, sil, piyelonefrit, angina, gripp va boshqa kasalliklarda mikrob va viruslarning qon orqali bezni zararlashi. Belgilari



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə33/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Sababi. Shamollash, sil, piyelonefrit, angina, gripp va boshqa kasalliklarda mikrob va viruslarning qon orqali bezni zararlashi.
Belgilari. Peshobning qiyinlashuvi, uning tez-tez va og‘riqli bo`lishi, chov sohasida og‘riq, ba‘zida tana haroratining ko‘tarilishi.
Tibbiy yordam. 1.Bemor shifoxonaning urologiya bo`limida yoki urolog shifokor nazoratida uyida davolanadi.
2. Chov sohasiga issiq grelka ro‘molga o‘rab qo‘yiladi, o‘tiradigan issiq vanna kuniga 1-2 mahal, 10 minut.
3. Tashqi siydik yo`lini (uretrani) kengaytirib, peshobni osonlashtirish uchun no-shpa, papaverin (bittasi) 1 tab. yoki no-shpa-2 ml muskul orasiga, yoki platifillin-1ml teri ostiga.
4. Prostamol – tabletka.
5. Antibiotiklardan-sefazolin, ampioks (bittasi) muskul orasiga 2-3 mahal, 7-10 kun.
6. Kalsiy glyukonat 10% -5-10 ml vena tomiriga yoki 2 ml novokain bilan muskul orasiga;
7. Urotropin -40% -10 ml vena tomiriga.
8. Og`ir kechishida operatsiya qilinadi.
Endometrit. Ayollarda bachadon ichki shilliq qavatining yallig‘lanish kasalligi.
Sababi. Patologik tug‘uruqlar, abort tadbir paytida bachadonga mikroblar tushishi, shuningdek, angina, zotiljam, piyelonefrit kasalliklarida mikroblarning qon orqali bachadonni zararlashi.
Belgilari. Qorinning pastki (kindik osti) sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi, bachadon shilliq qavatidan ajralgan qon va yiringli suyuqlikning qin orqali tashqariga chiqishi. Kasallik surunkali kechganida hayz ko`rish siklining buzilishi.
Tibbiy yordam. Bemor tug`ruqxonaning ginekologiya bo`limida davolanadi.
Izoh: Appenditsit (ko`richak yallig`lanishi) da - qorinning pastki o`ng sohasida og`riq bo`ladi. Ayollarda tashxis qo`yishda endometrini appenditsit bilan almashtirib, xatoga yo`l qo`yish mumkin. Shuning uchun qorinda og`riq bilan kechadigan kasalliklarda, ginekolog va jarroh mutaxassis shifokorlarning birgalikdagi maslahatisiz, og`riq qoldiruvchi dorilar va qoringa issiq grelka qo`yish kabi muolajalar qo`llanishi mumkin emas.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin