Har yili necha turdagi yangi dorilar va kimyoviy moddalar amaliyotga tadbiq etiladi?
Bolalarda ko`p uchraydigan holatlardan shikastlanish, kuyish, dori moddalar va turli xil kimyoviy moddalar bilan zaharlanish nechanchi o`rinda turadi.
Yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda qo`llanadigan dorilar klofelin va uning guruhiga kiruvchi arterial qon bosimini pasaytirish uchun qo`llanadigan dorilar – gemiton, rezerpin, raunatin, adelfan, atenalol, enalopril va hokazo bilan zaharlanish nechanchi o`rinda turadi.
Yurak sanchganda qo`llanadigan dorilar: nitroglitserin, sustak, nitrong bilan zaharlanish nechanchi o`rinda turadi.
Yurak yetishmovchiligida qo`llanadigan dorilar: digoksin, digitoksin, sustak bilan zaharlanish nechanchi o`rinda turadi.
Asab-psixik kasalliklarida tinchlantirish uchun qo`llanadigan dorilar: aminazin, galoperidol, nozepam, fenozepam, sibazon, lyuminal, barbital, barbamil, bellaspon, ayniqsa, amitriptilin, imizin, azofen kabi dorilar bilan zaharlanish nechanchi o`rinda turadi.
Ota-onalar gripp, shamollash, angina, allergiya kasalliklarida bolalarga tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida shifokor maslahatisiz ayrim dorilar (atsetilsalitsilat kislota (aspirin), analgin, dimedrol, pipolfen, suprastin, efedrin kabilar) ni katta dozada berishlari natijasida bolada zaharlanish nechanchi o`rinda turadi.
Spazmofiliya, epilepsiya, isteriya kabi tirishish bilan kechadigan kasalliklarda qo`llanadigan dorilar (finlepsin, tegretal, benzonal, difenin, siklodol, ramparkin kabilar) bilan zaharlanish nechanchi o`rinda turadi.
Bolalar uy-ro`zg`orda ishlatiladigan qaysi kimyoviy moddalardan zaharlanishi mumkin?
Tinchlantiruvchi va uxlatuvchi dorilarga qaysi dorilar kiradi?
Qon bosimini pasaytirish uchun qo`llanadigan dorilarga quyidagilardan qaysilari kiradi?
Yurak sanchganda quyidagi dorilardan qaysilari qo`llaniladi?
Qaysi dorilar katta dozada qabul qilish natijasida arterial qon bosimi normadan juda ko`p pasayishi tufayli bosh aylanadi, yurak to`xtab-to`xtab uradi (aritmiya yuzaga keladi)?
Me’dani zondsiz usulda yuvish qanday amalga oshiriladi?
Me’dani zond yordamida yuvish qanday amalga oshiriladi?
Bosh aylanishi, ko`ngil aynishi, ko`rish xiralashishi, ter ko`p ajralishi, asab-psixik qo`zg`alish yuzaga kelishi qay vaqtda yuzaga keladi?
Kimyoviy moddalarning hidi, tomchilari og`iz orqali me`da - ichaklarga o`tib zaharlanganda qanday holat yuz beradi?
Kimyoviy moddalardan zaharlanishning og`ir turida qanday holat yuz beradi?
Zararli hasharotlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan zaharlanishning oldini olish uchun nima amalga oshiriladi?
Zararkunanda hasharotlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan zaharlanishning oldini olish uchun nima amalga oshiriladi?
Odamlarga zarar yetkazadigan hasharotlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan zaharlanishning oldini olish uchun nima amalga oshiriladi?
Narkotik moddani qabul qilgan odamda qanday holat kuzatiladi?
Narkotik qabul qilgan paytda odamda kayf qilish holati ning qaysi turlari namoyon bo`ladi?
Kayfning qo`zg`aluvchanlik turida qanday belgilar namoyon bo`ladi?
Kayfning bo`shashish turida qanday belgilar namoyon bo`ladi?
Giyohvandlik kasalligi qanday davrlarda kechadi?
Giyohvandlik kasalligi kechishining birinchi davri nima bilan xarakterlanadi?
Giyohvandlik kasalligi kechishining ikkinchi davri nima bilan xarakterlanadi?
Giyohvandlik kasalligi kechishining uchinchi davri nima bilan xarakterlanadi?
Bemor tez-tez esnashi, ko`zidan yosh oqishi, og`zidan so`lak ajralishining ko`payishi, burundan suv kelib, tez-tez aksirishi abstinensiyaning nechinchi kuniga xos?
Bemorning tana harorati ko`tarilishi, u qaltirashii, ko`p terlashi, oyoq-qo`l bo`g`imlari qotib qolganday bo`lib harakatlanish qiyinlashishi abstinensiyaning nechinchi kuniga xos?
Bemorning ruhiyati buzilishi, ko`ziga qo`rqinchli narsalar ko`rinishi, qulog`iga qo`rqinchli tovushlar eshitilishi (ya‘ni ko`rish va eshitish gallyutsinatsiyalari yuzaga kelishi), u baqirishi, so`kinishi, yig`lashi abstinensiyaning nechinchi kuniga xos?
Bemorning ruhiyati buzilishi cho`qqisiga yetib, fikrlash qobiliyatini butunlay yo`qotishi, ya‘ni jinni odamga o`xshab qolishi, uyida qamab qo`yilgan bo`lsa eshik-derazani sindirib qochishga harakat qilishi, yo`lini to`sgan yoki ushlamoqchi bo`lgan odamni qo`liga tushgan narsa bilan urishi, hatto o`ldirishdan ham toymasligi abstinensiyaning nechinchi kuniga xos?
Bemorning ahvoli yaxshilana boshlab, ruhiyati tinchlanishi, fikrlash qobiliyati tiklanib, atrofdagilar bilan sog` odamdek muomala qilishi, jag`, qo`l-oyoq muskullarining tirishib og`rishi, ko`ngil aynishi, tanasining harorati va kasallikning boshqa belgilari asta-sekin barham topishi abstinensiyaning nechinchi kuniga xos?