Yuqumli kasalliklar -Odam organizmiga ko'zga ko'rinmaydigan mikroorganizmlaming kirishi (yuqishi) natijasida yuzaga keladigan xastaliklar yuqumli kasallik deyiladi.
Infeksiya - yuqumli kasallikni yuzaga keltiruvchi mikroorganizmlar.
Endemiya.Qandaydir yuqumli kasallikning ma'lum bir chegaralangan hududda, ya'ni ko'cha, mahalla, qishloq, tuman, shahar aholisi orasida bir necha yillar davomida vaqti-vaqti bilan har yili, yoki har 2-3-5 yilda takrorlanib, tarqalib turishi.
Epidemiya - qandaydir yuqumli kasallikning viloyat, respublika miqyosida bir paytning o'zida tarqalishi.
Pandemiya - qandaydir yuqumli kasallikning bir necha mamlakatlarda bir paytning o'zida keng miqyosda tarqalishi.
Immunitet - odamorganizmining yuqumli kasallikka berilmaslik xususiyati, ya'ni organizm o`z-o`zini yuqumli kasallikdan himoyalash xususiyatidir.
Dezinfeksiya- mikroblar va viruslar bilan zararlangan buyumlarni, idishlarni, kiyim-kechaklarni zararsizlantirish.
Dezinseksiya- hashoratlarga qarshi kurashish.
Deratizatsiya - kemiruvchilarga qarshi kurashish tadbiri.
Gigiyena -yunoncha "gigiyeya"-"sog`liq haqya etaman" demakdir.
Sanitariya -gigiyena fani ishlab chiqqan gigiyenik qoida, talab va me'yorlarni amaliy hayotga tadbiq etilishini, ya'ni bajarilishini nazorat qiladi.
Epidemiologiya -yuqumli kasalliklarni yuzaga kelish sabablarini, ayrim hududlarning aholisi o`rtasida yuqumli kasalliklarni tarqalishini o'rganadi.