Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə54/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Passiv immunitet. Odam og'ir kechadigan yuqumli kasallik bilan kasallanganda, uni davolash maqsadida maxsus zardob yoki gammaglobulin yuborish natijasida hosil qilinadi.
Zardob va gammaglobulin tarkibida yuqumli kasallikning mikrobi (virusi)ga qarshi tayyor antitelo, antitoksinlar bo'ladi.
Gammaglobulin davolash maqsadida qo'llanishidan tashqari, aholi orasida biror yuqumli kasallik tarqalganida, uning oldini olish uchun profilaktika maqsadida, asosan, yosh bolalarga qo'llanadi.
Zardob, gammaglobulin yuborish yo'li bilan hosil qilingan passiv immunitet odam organizmida qisqa muddat saqlanadi (ko'pi bilan 1-2 oy).


2.Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya. Gigiyena, sanitariya, epidemiologiya
Dezinfeksiya - mikroblar va viruslar bilan zararlangan buyumlarni, idishlarni, kiyim-kechaklarni zararsizlantirish.
Dezinfeksiya 3 usulda o'tkaziladi:
l.Mexanik usul - zararlangan buyumlarni, idish-tovoqlar, kiyim, ko'rpa-to'shaklarni yuvish, supirish, qoqish, artish yo'llari bilan zararsizlantirish.
2.Fizik usul - zararlangan buyumlarni nurlar ta'sirida, qaynatish, bug`lash yo'llari bilan zararsizlantirish.
3.Kimvoviy usul - zararlangan buyumlarni dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar ta'sirida zararsizlantirish.
Quyidagi kimyoviy moddalar dezinfeksiyalash uchun qo`llanadi: xloramin va xlorli ohakning 0,1, 0,2, 0,5, 1,0, 2,0 10%, 20% lik eritmalari. Shuningdek, lizol, sulema va boshqa dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar.
Bu eritmalar yordamida binoning eshik-derazalari, pol artiladi, yuviladi, chiqindilarga kimyoviy moddaning eritmasi yoki poroshogi sepiladi, jarrohlik asboblari, shprits-ignalar, sartaroshlik asboblari eritmalarga botirib qo'yiladi.
Dezinfeksiya o'tkazish vaqtiga ko'ra 3 turga bo'linadi:
l.Profilaktik dezinfeksiya - bunda har bir odam foydalanishi mumkin bo'lgan buyumlar, idish-tovoqlar foydalanishdan oldin muntazam ravishda zararsizlantiriladi.
2.Joriy dezinfeksiya-bemor yashab turgan xona har kuni muntazam ravishda, zararsizlantirib turiladi.
3.Yakunlovchi dezinfeksiya - bemor uyidan shifoxonaga yuborilganda, u yashab turgan uydagi xona dezinfeksiya qilinadi, yoki bemor shifoxonada yotgan xonadan boshqa xona yoki boshqa bo`limga ko'chirilsa, yoki uyiga javob berilsa, u yotgan xona dezinfeksiya qilinadi.
Dezinseksiya - hashoratlarga qarshi kurashishdir.
Dezinseksiya 3 usulda o'tkaziladi: mexanik, fizik, kimyoviy.
Amaliyotda asosan kimyoviy dezinseksiya ko'proq ishlatiladi. Buning uchun hashoratlarga qarshi xlorofos, dixlofos, muksin va boshqa kimyoviy moddalar qo'llanadi.
Deratizatsiya - kemiruvchilar (sichqon, kalamish, yumronqoziq kabilar) ga qarshi kurashish tadbiridir.
Deratizatsiya 3 usulda o'tkaziladi:
1.Mexanik usul - kemiruvchilarga tuzoq, qopqon, to'r qo'yiladi.
2.Kimyoviy usul - rux, fosfid, zookumarin, margumush kabi zaharli moddalar kemiruvchilarning iniga (uyasiga) qo'yiladi.
3.Biologik usul - kemiruvchilarga turli xil yuqumli kasallik mikroblari yuqtiriladi. Bu mikroblar ularning ovqat moddalariga aralashtirib, inlariga qo'yiladi. Natijada kemiruvchilar kasallanadi va nobud bo'ladi, ya'ni ular butunlay qirib tashlanadi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin