Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə62/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Oldini olish. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, bitga qarshi kurash chora-tadbirlari amalga oshirilishi lozim.
Sepsis. Tana haroratining besh kundan ko'p muddat dayomida 40° va undan yuqori bo'lishi, uzoq vaqt davom etayotgan pnevmoniya, angina, terida yiringli yaralarning paydo bo`lishi, organizmning umumiy intoksikatsiyasi bilan kechadigan xavfli yuqumli kasallikdir.
Sababi. Angina, surunkali tanzillit, pnevmoniya, terida yiringli yaralar bilan kasallangan bola yoki katta odamda, abort qildirgan ayolda shartli patogen deb ataluvchi stafilakokk, streptokokk, ichak tayoqchasi, protey kabi mikroblarning teridan, jinsiy a'zolardan va boshqa yallig`langan ichki a'zolardan qonga o`tishi, qon orqali tananing hamma to'qima-a'zolarini zararlashi tufayli sepsis kasalligi vujudga keladi. Shuningdek, qorin tifi, tepkili terlama, brutsellyoz va boshqa yuqumli kasalliklarning og`ir kechishida ham sepsis yuzaga kelishi mumkin.
Belgilari. Sepsisning asosiy belgisi tana haroratining 38,5-41 daraja va undan yuqori bo`lshi, tomoqda angina, o'pkaning yallig`lanishi, terida yiringli yaralar, turli xil toshmalarning paydo bo`lishi, umumiy intoksikatsiya, ya'ni bemor rangining oqarishi, lablarining ko'karishi, yurak tovushining kuchsizlanishi, tomir urishining kuchsiz va tezlashuvi, qovoqlarning shishishi, arterial qon bosimining pasayishi, ba'zida kollaps holatining yuzaga kelishi, jigar va taloqning kattalashuvi, bo'g'imlarda og'riq va ba'zida shish, qon tarkibida eritrotsit, gemoglobin va leykotsitlarning kamayishi, yurak chap qorinchasining o`tkir yetishmovchiligi tufayli o'pkalarda qonning to'planishi, nafas olishning qiyinlashuvi, xirillab nafas olish, yurak-tomir faoliyatining zaiflashuvi kabilar bemorda sepsis kasalligi borligiga shubha uyg'otadi.
Aniq tashhis qo'yish uchun yuqoridagi belgilar asos bo'ladi. Ammo sepsisning yuzaga keltirgan mikrob turini va uning qaysi antibiotikka nisbatan sezuvchanligini aniqlash uchun, bemor qoni gemokulturaga olinadi, bakteriologiya amaliyda tekshiriladi.
Tibbiy yordam. 1.Sepsis aniqlangan yoki sepsisga shubha qilingan bemor albatta yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilishi kerak.
2.Mikroblarga qarshi separin, sefamizin, gentamitsin qo`llanadi. Tana harorati normaga tushgandan keyin ham antibiotik, kamida 7-10 kun davom ettiriladi.
3.Bemor organizmi immunitetini kuchaytirish uchun antistafilakokk gammaglobulin muskul orasiga har 3 kunda bir marta, jami 3-5 ta, shuningdek, antistafilakokk plazma 50-80 ml vena tomiriga har 3-5 kunda bir marta, jami 3-5 marta.
4.Antikoagulant terapiya - qonning tomirda quyilib qolishini oldini olishga qaratilgan davo.Buning uchun 5 %-200 ml glyukoza, 0,9 %-100 ml natriy xlor, 100 ml reopoliglyukin, 100 ml gemodez, bu eritmalarga geparin qoshiladi: bemor bolaning 1 kg tana vazniga 100-150 TB (kun davomida 60-80 ming TB) vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi (kattalarga doza 2-3 marta ko'proq).
5.Bemordagi belgilarga qarab nafas olish, yurak-tomir faoliyati, asab-psixik, ovqat hazm qilish a'zol4ari faoliyatini yaxshilashga yo'naltirilgan davolash tadbirlari o'tkaziladi.
Oldini olish. 1.Angina, surunkali tonzillit, teridagi yiringli yaralarning oldini olish, ular paydo bo'lganida o'z vaqtida shifokorga murojaat qilinishi va davolanishi.
2. Ich terlama, tepkili terlama, brutsellyoz, ichburug', pnevmoniya va boshqa yuqumli kasalliklarga o'z vaqtida tashhis qo'yish va davolash.
2.Ayollarning ginekologik kasalliklarini o'z vaqtida aniqlash va davolash, abort qildirishga ehtiyoj tug'ilganda aseptik qoidalarga rioya qilgan holda bu tadbirni ginekologiya shifoxonasida o'tkazish.
3.Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish (terini, og'iz va tomoqni toza saqlash).


Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin