Qayd raqami


Antropozoonoz infeksiyalar



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə63/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Antropozoonoz infeksiyalar.


Reja:
1.Kuydirgi
2.Tulyaremiya
3.Leptospiroz
4.Brutsellyoz
5.Quturish


Tayanch iboralar


Kuydirgi - teri va ichki a'zolarda (o'pka, ichak) qizil rangli qora qazg'oq bilan qoplangan yaralarning paydo bo'lishi, umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan og'ir yuqumli kasallik.
Tulyaremiya - limfa tugunlari, o'pka, ichak to'qimasining yallig`lanishi, umumiy intoksikatsiyasi bilan kechadigan og'ir yuqumli kasallik.
Leptospiroz - jigar, buyrak va boshqa a'zolarning yallig`lanishi, terining sarg'ayishi, teri orasiga qon quyilish nuqtalarining paydo bo`lishi, umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan og`ir yuqumli kasallik.
Brutsellyoz - bo`g`imlarning yallig`lanib shishishi, jigar, taloq, buyrak kabi ichki a`zolarning yallig`lanishi va kattalashishi, tana haroratini ko'tarilishi bilan surunkali kechadigan yuqumli zoonoz kasallik.
Quturish - bosh miya nerv to'qimasining zararlanishi bilan kechadigan va bemorning o`limi bilan tugaydigan o'ta xafli zoonoz infeksion kasallikdir.


Kuydirgi. Teri va ichki a'zolarda (o'pka, ichak) qizil rangli qora qazg'oq bilan qoplangan yaralarning paydo bo'lishi, umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan og'ir yuqumli kasallik.
Sababi. Kasallikni kuydirgi tayoqchasi deb ataladigan mikrob qo'zg'atadi. Mikrob sog' odamga bemordan, sigir, qo'y, echki, quyon, ot, tuya kabi hayvonlardan yuqadi.
Belgilari. Kuydirgining to'rta turi - teri, o'pka, ichak va septik turlari bo`ladi.
Teri kuydirgisida terining mikrob kirgan joyida qizil dog' paydo bo'lib qichiydi, pufakchaga aylanadi, pufakcha yorilib yiring aralash qon oqadi.Uning o`rniga qora rangli qazg'oq bilan qoplangan yara paydo bo'ladi.Yaraning atrofidagi to'qima qizil rangda, barmoq bilan bosilganda qattiq bo'ladi, og'rimaydi. Davolash tadbirlari o'z vaqtida boshlanilmasa yaraning atrofida mayda pufakchalar paydo bo`lib, ular yorilib qora qazg'oq bilan qoplangan yangi yaralar paydo bo`laveradi va jarohatning hajmi kengayaveradi. Shuning uchun kasallikning nomi kuydirgi deyiladi. Bemorning tana harorati 39-41 daraja va undan ham yuqori bo'lishi mumkin.Umumiy intoksikatsiya belgilari kuzatiladi: tanada og`riq, qaltirash, yurak-tomir faoliyatining kuchsizlanishi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin