Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə60/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Sil kasalligi. Sil-surunkali davom etadigan yuqimli kasallik.
Sababi. Qo'zg'atuvchisi aniqlagan nemis olimining nomi bilan Kox mikrobi (tayoqchasi) deb nomlangan. Mikrob sog' odamga bemordan nafas yo'llari, idish-tovoqlar, oziq-ovqat, buyumlar orqali yuqadi.
Silning turlari. Sil kasalligining quyidagi turlari mavjud:
1.Limfa bezlari va teri sili.
2.O`pka sili.
3.Ichak va qorin pardasi sili.
4.Buyrak va jinsiy a`zolar sili.
5.Miya pardasi va bosh miya sili.
6.Suyak va bo'g'imlar sili.
Silning yuqorida ko'rsatilgan turlarining har biri o'ziga xos belgilar bilan kechadi. Ular orasida eng ko`p uchraydigan turi limfa tugunlari sili va o'pka silidir.
Silning yuqish yo'llari. Sil kasalligini qo'zg'atuvchi Kox mikrobi odamga ko'pincha nafas yo`llari orqali kiradi va u o'pkaning tomir qismida (darvozasida) joylashgan limfa tugunlari va shu joydagi o'pka to'qimasini yallig'lantirishi natijasida birlamchi sil kompleksi yuzaga keladi.Bu ko'pincha bolalarda uchraydi.
Birlamchi sil kompleksining belgilari. Bolaning rangi asta-sekin siniqa boshlaydi, ishtahasi pasayadi, ozadi. Bo`yin, qo'ltiq osti, qovuq sohasidagi limfa tugunlari hajmi moshdek, no'xatdek, loviyadek kattalashadi (sog' bolada va katta odamda bu bezlar qo`lga ilashmaydi, ya'ni juda mayda bo'ladi). O`ng yoki chap o`pka (ba`zida ikkalasi) ning kirish (darvoza) qismidagi limfa tugunlari va shu joydagi o`pka to`qimasi yallig`lanadi, bezlar kattalashadi.
Bola kechasi ko`p terlaydi, tana harorati 37,0-37,3 daraja bo'lishi mumkin (subfebril daraja deyiladi). Bu holat birlamchi sil intoksikatsiyasining belgilaridir. Bu belgilar sezilganda bola (o'smir) sil kasalliklari dispanseriga olib borilishi va tekshirish o'tkazilishi kerak. Buning uchun ko`krak qafasi rentgengrafiya qilinadi va mantu sinamasi yordamida tekshirish o'tkaziladi. Sinama natijasi ijobiy bo'lsa, silga qarshi davolash tadbirlari boshlanadi. Bolaga birlamchi sil kompleksi yoki sil intoksikatsiyasi degan tashhis quyilib, u dispanserning ro'yxatiga olinadi va ftiziatr shifokor nazoratida davolanadi.
Agar kasallik ana shu boshlang'ich davrida aniqlab davolanmasa, o'pka to'qimasida yallig`lanish o'chog'i paydo bo`ladi va o'pka silining asosiy belgilari namoyon bo`la boshlaydi.Bemor kalta-kalta yo'taladi, balg'am ajrata boshlaydi, yuqorida ko'rsatilgan sil intoksikatsiyasi belgilari kuchayadi. Bemorning rangi oqaradi, kamqonlik yuzaga keladi, quvvatsizlanadi, boshi aylanadi, ozadi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin