Qayd raqami


Belgilari. Kasallik to'rt davrda kechadi: 1. Kasallikning yashirin davri



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə68/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Belgilari. Kasallik to'rt davrda kechadi:
1. Kasallikning yashirin davri - 1 oydan 3 oygacha, ayrim hollarda 10 kungacha qisqarishi yoki 1 yilgacha va undan ko'proq uzayishi mumkin.
2. Kasallikning boshlanish davri - 1-3 kun bo`lib, quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: tishlangan joyning yarasi bitib ketishiga qaramasdan, shu joyning terisi qaytadan yallig'lanadi, qichiydi, og'riydi, og'riq nerv tolasi bo'ylab tananing yuqori qismiga tarqaladi. Bemorning boshi og'riydi, bo`shashadi, ichi ketadi, og'zi quriydi, tana harorati ko'tariladi. Uyqusizlik, qo'rqinchli tushlar ko'rish, sababsiz qo'rqish, kayfiyatini tushishi, g'amginlik kuzatiladi.
3.Kasallikning avj olish davri - bemorda qo'zg'olish, notinchlik yuzaga keladi. Suv icholmaydi, hatto suvni ko'rganida halqum va hiqildoq muskullari tirishib, nafasi qisib qoladi. Bemorning tana harorati ko'tariladi, nafas va yurak- tomir ishi buziladi.Bu davr 2-5 kungacha davom etishi mumkin.
4. Terminal (paralich) davri - bemor tinchlanadi, qo'rqish yo'qoladi, suvni ko'rganda nafasi qisilmaydi. U ovqat va suv iste`mol qila boshlaydi, go`yo tuzalayotganga o'xshab ko'rinadi. Ammo, to`satdan yurak urishi kuchsizlanadi, arterial qon bosimi pasayadi, qo'l-oyoqlarda shol holati yuzaga keladi. Tana harorati 42° gacha ko'tariladi.Nafas va yurak markazining zararlanishi natijasida bemor hayotdan ko'z yumadi.
Tibbiy yordam.1.Bemor yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanadi.Xonada shovqin, o'ta yorug'lik bo`lmasligi kerak.Tibbiy yordam asosan bemorning ahvolini oz bo'lsada yengillashtirishga yo`naltiriladi, nafas olishni osonlashtirish, yurak-tomir quvvatini oshirish, tana haroratini pasaytirish, intoksikatsiyani kamaytirish kabilar.
Oldini olish. 1.It, mushuk, kalamush, sichqon va boshqa hayvonlarning tishiashidan saqlanish chorasini ko'rish. Buni ayniqsa, bolalarga tushuntirish.
2.Yuqorida aytilgan hayvonlar tishlasa, tindalasa albatta Sanitariva- epidemiologiya markazining rabiolog shifokoriga murojaat qilish zarur. Uning ko'rsatmasi bo`yicha qorin sohasi terisiga vaksina yuboriladi (10 tadan 40 tagacha). Agar tishlagan hayvonni tutib, qamab quyib kuzatilganda, unda 10 kun davomida kasallanish belgilari ro'y bermasa - emlash to`xtatiladi.Agar hayvon kasallansa, yoki u qochib ketsa - emlash 40 tagacha davom ettiriladi.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin