Qayd raqami


Surunkali faol brutsellyoz



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə67/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

3.Surunkali faol brutsellyoz. O'tkir qaytalovchi brutsellyoz 6 oy davomida tuzalmasa, u surunkali faol brutsellyozga aylangan bo`ladi.Bunda asosan katta bo'g'imlar zararlanadi, ya'ni tirsak, son-chanoq, tizza bo'g'imlari. Shunungdek, bel dumg'aza umurtqalari ham yallig`lanishi mumkin (bel-dumg'aza radikuliti vujudga keladi). Zararlangan bo'gimlarda uzoq davom etadigan og'riq, harakatlanishning qiyinlashuvi kuzatiladi.
Surunkali faol brutsellyozda nerv tizimining yallig`lanishi nevrit, radikulit, meningit, meningo-ensefalit, ko'rish va eshitish nervlarining yallig`lanishi kuzatiladi.
Jinsiy a'zolarning yallig`lanishi erkaklarda jinsiy zaiflikni, ayollarda bepushtlikni yuzaga keltiradi.
Tibbiy yordam.O'tkir va o'tkir qaytalovchi brutsellyoz yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanadi.
Surunkali faol brutsellyoz qo'zg'olgan davrida bemor yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishi kerak. Kasallikning qo'zg'olmagan davrida bemor vaqt-vaqti bilan shifoxona shifokori nazoratida, kasallikning qo'zg'olishiga qarshi, davolanish tadbirlarini qabul qilib turadi.
O'tkir va o'tkir qaytalovchi brutsellyozda bemorga quyidagi antibiotiklar buyuriladi: tetratsiklin guruhi, rifampitsin, levometsitin va baktrim (biseptol) ikkalasi birgalikda. Yuqoridagi antibiotiklar navbat bilan 10-12 kundan, o'rtada 7-10 kun tanaffus qilib, 2-3 kurs qabul qilinadi.
Bo'g'imlar va muskullarning yallig`lanishiga qarshi butadion, indometatsin, voltarin.
Fizioterapevtik muolajalar (diatermiya, sollyuks, UVCH, parafin kabilar).
Oldini olish. l.Chorva mollarini veterenariya nazoratidan o'rkazib turish. Kasallangan mollarni davolash.
2.Go'sht-sut mahsulotlarini sanitariya nazoratidan o'tkazib, yaxshi pishirib iste'mol qilish.
3.Chorva mollarida brutsellyoz tarqalgan hududlarning chorvadorlarini bu kasalga qarshi emlash.
Quturish (gidrofobiya). Bosh miya nerv to'qimasining zararlanishi bilan kechadigan va bemorning o`limi bilan tugaydigan o'ta xafli zoonoz infeksion kasallikdir.
Sababi. Kasallikni nervatrop RNK saqlovchi viruslar qo`zg`atadi. Virus kasallangan hayvon tishlashi natijasida sog' odamga yuqadi.Hayvon tishlagan joy miyaga qancha yaqin bo'lsa, kasallanish xavfi shuncha ko'p bo`ladi. Tibbiy kuzatuvlarning aniqlashiga ko`ra odamning yuz sohasi tishlanganlarning uchtadan ikkitasi, oyoq sohasi tishlanganlarning to'rtadan bittasi kasallangan.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin