ANTISEPTIKA. ASEPTIKA. SHIKASTLANISH. JAROHATLANISH.
Reja:
1. Antiseptika va aseptika
2. Yopiq shikastlanishlar - lat yeyish, pay va muskullarning cho‘zilishi
3. Ochiq shikastlanish yoki jarohatlanish.
4. Uzoq vaqt bosilish sindromi
5. Bosh miya chayqalishining yengil, o`rtacha va og`ir darajasi
Tayanch iboralar
Antiseptika - jarohatga tushgan mikroblarga qarshi kurashishdir..
Aseptika – barcha tibbiy muolajalarda qo‘llaniladigan tibbiy asboblar, buyumlar va jihozlarni mikroorganizmlardan zararsizlantirsh.
Yopiq shikastlanishlar–teri butunligi buzilmagan holda, uning ostidagi to`qima va a`zolarning zararlanishi.
Lat yeyish - teri butunligi buzilmagan holda to‘qima va a’zolar shikastlanishi.
Pay va muskullarning cho‘zilishi - shikastlangan sohada kuchli og‘riq, shish, harakatning susayishi, bo‘g‘im sohasiga qon quyilishi, shu soha shaklining o‘zgarishi kuzatiladigan holat.
Uzoq vaqt bosilish sindromi - ayrim tana qismlarining uzoq vaqt davomida og`ir yuk ostida bosilib turishi, siqilishi natijasida, yumshoq to`qimalarning yopiq shikastlanishi.
Bosh miya chayqalishining yengil darajasi - bir necha minut hushini yo`qotishi, hushiga kelgach boshi og‘rishi, boshi aylanishi, darmonsizlanishi, ko`ngli ayniishi kuzatiladigan holat.
Bosh miya chayqalishining o`rtacha darajasi - bir necha soatgacha hushini yo`qotishi, hushiga kelgach xotirasining yo`qolishi, qayt qilishi, boshi og‘rishi, boshi aylanishi, yurak va tomir urishi sekinlashishi, nafas olishi sekin, yuzaki, lablari ko`kargan, ranggi oqarishi kuzatiladigan holat.
Bosh miya chayqalishining og`ir darajasi - bemorda komatoz holati bo’lib, bir necha soatdan, bir necha kungacha hushini yo`qotishi, boshi og`rishii, boshi aylanishi, tik turganida muvozanatini yaxshi saqlay olmasligi, xotirasini uzoq vaqt (oy, yil) yo`qotishi kuzatiladigan holat.
Dostları ilə paylaş: |