O'pka kuydirgisida yaralar o'pka to'qimasida paydo bo'ladi. Bemor yo'taladi, qonli balg'am tuflaydi, nafas olish qiyinlashadi, lablar ko'karadi, tana harorati 40 daraja, bundan yuqori, umumiy ahvoli og'ir bo'ladi.
Ichak kuydirgisida yaralar ichakda paydo bo`lib, qorin sohasida og'riq, qusish, qon va yiring aralash ich ketish, tana harorati ko'tarilishi, bemorning ahvoli og'ir bo'ladi.
Kuydirgining septik turi teri, o'pka, ichak kuydirgisini o'z vaqtida davolanmaslik natijasida mikroblarning qonga o'tib, tananing hamma to'qima-a'zolariga tarqalishi tufayli vujudga keladi.Bunda bemorning ahvoli juda og'ir, umumiy intoksikatsiya kuchli, tana harorati 40-42 darajagacha kutariladi. Lablar ko'kargan, qo'l-oyoqlar sovuq, nafas olish qiyinlashgan, yurak urishi kuchsiz va tez, qon bosimi pasaygan bo'ladi.
Tibbiy yordam: 1.Kuydirgi kasalligiga gumon qilingan bemor tez yordam chaqirilib, zudlik bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilishi kerak.
2.Bemor shifoxonaga yuborilgunicha quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatilishi mumkin:
- analgin, dimedrol, novokain muskul orasiga;
- bemor badaniga spirt yoki aroq surtish;
- yurak faoliyatini yaxshilash uchun kordiamin, kamfora, kofein (bittasi) -1-2 ml teri ostiga;
- kuydirgi mikrobiga qarshi maxsus gammoglobullin – 1 ampula muskul orasiga;
- bemorni parvarish qiluvchilar og`iz-burniga maska va maxsus himoya kiyimlarida bo`lishlari kerak.
Tulyaremiya.Limfa tugunlari, o'pka, ichak to'qimasining yallig`lanishi, umumiy intoksikatsiyasi bilan kechadigan og'ir yuqumli kasallik.
Sababi.Kasallikni tulyaremiya tayoqchasi deb ataluvchi mikrob qo'zg'atadi. Kemiruvchilar (kalamush, sichqon) infeksiya manbai hisoblanadi. Ularning chiqindisi bilan zararlangan suv manbalari, don mahsulotlari va boshqa oziq-ovqatlar o rqali mikroblar odamga yuqadi.Kemiruvchilardan mikroblar chivin va kanalar orqali ham odamga yuqishi mumkin.
Belgilari.Tulyaremiyaning to'rtta turi bo`ladi: bubonli, o'pka, ichak va septik.
Tulyaremiyaning bubonli turi ko'proq uchraydi. Bunda chov, qo`ltiq osti, bo'yin sohasidagi limfa tugunlari yallig`lanadi, kattalashadi. Ba'zida bezning hajmi tuxum kattaligida bo`lishi mumkin.O'z vaqtida davolash choralari ko'rilmasa, yallig`langan limfa tugun yiringlaydi. Bemor yuzining qizarishi, tana haroratining 40 daraja va undan yuqori bo`lishi, umumiy intoksikatsiya kuzatiladi.