Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə61/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Tibbiy yordam. Yuqorida ko'rsatilgan belgilar sezilganda bemor sil kasalliklari dispanseriga yuborilishi kerak.
Silning oldini olish. Hamma bolalar chaqaloqlik davridan boshlab jadval bo'yicha sil kasalligiga qarshi emlanadi.Emlash tug`ruqxonada boshlanadi, so'ngra bolalar poliklinikasida jadval bo'yicha emlanadi.Kasallik yuqishining oldini olishda shaxsiy gigiyena, sog`lom turmush tarzi qoidalariga amal qilish muhim ahamiyatga ega.
Qon infeksiyasi.
Tepkili terlama. Tana haroratining ko'tarilishi, terida qizil toshmalarning paydo bo`lishi, miya to'qimasi, yurak muskuli va boshqa hayotiy muhim a'zolarining zararlanishi bilan og'ir kechadigan yuqumli kasallik.
Sababi. Kasallikning qo'zgatuvchisi rekketsiya deb nomlangan mikroorganizm bo'lib, aniqlagan olimning nomi bilan Provatchek rekketsiyasi deyiladi. Rekketsiyalar bemordan sog' odamga o'tgan bitlarning chaqishi orqali yuqadi.
Belgilari. Tepkili terlama kasalligi to'satdan tana haroratining 39-40 darajagacha ko'tarilishi, kuchli bosh og`rig`i bilan boshlanadi. Bemorning yuzi, bo'yni, tanasining yuqori qismini terisi, ko'zlari qizaradi. Paypaslaganda teri quruq, issiq bo`ladi. Kasallikning uchunchi kunidan bemor terisida tariq hajmidagi qizil toshmalar paydo bo'ladi, ular barmoq bilan bosganda yo'qolmaydi, chunki toshma teri orasiga qon quyilishi tufayli paydo bo`ladi (Ichtetrama kasalligida esa teridagi qizil toshmalar barmoq bilan bosganda yo'qoladi). Yumshoq tanglayda ham toshmalar paydo bo`ladi, qo`l va oyoq kafti sarg'ayadi.
Kasallik og'ir kechganida asoratlar paydo bo`lishi mumkin.
Bemorning yurak-qon tomir tizimi faoliyati zaiflashadi, yurak urishi kuchsizlanadi, tomir urishi kuchsiz va tezlashadi, qon bosimi pasayadi (gipotoniya) va kollaps holati yuzaga keladi. Yurak muskuli yallig`lanishi tufayli miokardit, miya pardasi va to`qimasi yallig`lanishi tufayli meningit, ensefalit kabi og'ir asoratlar yuzaga kelishi mumkin. Jigar va taloq kattalashadi, bemor ozadi.
Tibbiy yordam. 1.Bemor yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanadi.
2.Rekketsiyalarga qarshi quyidagi dorilar qo`llanadi:

  • tetratsiklin - 0,2 kuniga 4 marta ichishga;

  • doksisillin-0,1 kuniga 2 marta ichishga;

  • levometsitin-0,5 kuniga 4 marta ichishga, yoki levometsitin suksenat muskul orasiga 500 mg kuniga 3 marta;

3.Intoksikatsiyaga qarshi tadbirlar qo'llanadi: glyukoza 5 %-200-300 ml, reopoliglyukin 100-200 ml vena tomiriga tomchi usulida.
4.Bemorning yurak-qon tomir faoliyati zaiflashgan bo`lsa, ya'ni yurak urushi kuchsiz, tomir urushi bir daqiqada 100 dan ko`p bo`lsa, 20%-20 ml-glyukozaga strofantin yoki korglukon 0,3-0,5-1 ml, askorbin kislota 5 %-2 ml qo'shib vena tomiriga yuboriladi.
5.Bemorda bezovtalanish, uyqusizlik, ruhiyatning buzilishi kabi belgilar kuzatilsa relanium, eleneum, valerian tabletkasi yoki tomchi qo`llanadi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin