Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə78/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Sovuq urish. Past harorat ta’sirida teri va uning ostidagi to`qimalarda va bemorning umumiy organizmida yuzaga keladigan og`ir kasallik holati bilan xarakterlanadi.
Sababi. Harorat 0є C dan past bo`lganida sovuq uradi. Ammo, namlik yuqori, shamol, kiyim-bosh yupqa bo`lsa, harorat 0є C dan yuqori bo`lganida ham sovuq urishi mumkin.
Odamni mast holatida, poyafzal torligida, kiyimlar ho`l bo`lganida, uzoq vaqt sovuq havoda qimirlamay turganda, havo harorati +5 bo`lsa ham sovuq urishi mumkin.Charchash, och qolish va holdan toyish odamni sovuq urishga moyil qilib qo`yadi.
Belgilari. Sovuq urishning boshlanish davrida teri rangi o`zgaradi, sezuvchanlik pasayadi. Sovuq urishning to‘rt darajasi tafovut qilinadi:
I daraja - sovuq urgan joy qichishadi, og`riydi. Sezuvchanlik asta-sekin yuqoladi. Oqarib turgan terida qizil, ko`k, binafsha rangli dog`lar paydo bo`ladi.
II daraja –sovuq urgan joyda ichida loyqa suyuqlik bo`lgan pufakchalar paydo bo`ladi.
III daraja - terining sovuq urgan sohasidagi to`qima nekrozlanadi (qorayadi) va 7-10 kun davomida tushib ketadi. Uning o`rnida chandiq hosil bo`ladi. Tushib ketgan tirnoq qayta o`sib chiqmaydi.Tuzalish jarayoni 2 oygacha davom etadi.
IVdaraja - sovuq urgan koyda teri ostidagi yumshoq to`qima, muskul, pay, suyaklar ham nekrozga uchraydi (qorayadi).
Tibbiy yordam: I daraja - sovuq urishda shu sohaga spirt, yoki aroq surtiladi.
II darajasida sovuq urgan soha iliq suv (yuz, quloq, burun, issiq paхta) bilan isitilgach, pufakchalarga spirt (aroq) surtilib, aseptik bog`lam qo‘yiladi.
Og‘riq qoldiruvchi, yurak-tomir ishini yaxshilovchi dorilar yuboriladi, issiq choy, kofe, ichiriladi. So‘ngra, bemor poliklinikaning travmatolog shifokoriga yuboriladi.
III-IV darajali sovuq urushda bemor zudlik bilan travmatologiya shifoxonasiga yuboriladi.
- Shifoxonaga yuborish oldidan og‘riq qoldiruvchi dorilar: analgin (baralgin), demidrol, novokain qo‘shib muskul orasiga;
- Yurak-tomir ishini yaxshilovchi kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) teri ostiga in`yeksiya qilinadi;
- Shifoxonada bemor umumiy qoida bo‘yicha davolanadi;
- Kollaps, shokka qarshi tadbirlar o`tkaziladi;
- Shuningdek, qoqsholga qarshi zardob yuboriladi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin