Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan?



Yüklə 35,65 Kb.
səhifə2/3
tarix20.09.2023
ölçüsü35,65 Kb.
#145812
1   2   3
Morfologiya. So‘z yasalishi
1. Uning ilmoqdor, sho‘x so‘zlari dillarni to'lqinlantirar, gur-gur kulgiga sabab bo'lardi. Ushbu gap tarkibida nechta sodda yasama so‘z qatnashgan?
A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 1 ta 2.
2.Tarkibida sifat, ot va fe’l turkumiga oid yasama so‘zlar ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Shoirning qalbi samimiy va beg‘ubor tuyg‘ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti gurkirab bo‘y cho‘zadi.
B) Endi uni harbiy mashq va ta’limning mashaqqatli sinovlari, yangi kasb, yangi do‘stlar kutmoqda edi.
C) Tal’at shimining cho‘ntagidan taroq olib, sochini tekislarkan, tag‘in jilmaydi.
D) Ertalabki choy ustida picha hangomalashgach hammamiz yo‘lga otlandik. 3. Qaysi gapda sifat va fe’l turkumiga oid yasama so‘zlar qatnashgan?
A) Darhaqiqat, shoirning yuragi pok tuyg‘ulardan oziqlanadi.
B) Qizni bu qo‘rqinchli shubhalar qiynardi.
C) Qo‘lining harakatlari bilan xalqqa tinchlanishni buyurdi.
D) Shoir bilimsiz tabiblarni jallod shogirdiga o‘xshatadi.
4. Qaysi gapda yasama otdan yasalgan sifat qatnashgan?
A) Bir vaqtlar sen turtkilagan yigit bugun senga rahbar bo‘lib kelmoqda.
B) Alisher Navoiy bilimsiz tabiblarni jallodga o‘xshatardi.
C) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap va qaysargina bir bola ekan.
D) Maqtanchoqliging tufayli sen do‘stlaringning e’tiboridan qolding.
5. Qadimda bir badavlat kishining yolg‘iz o‘g‘lbo'lib, и uquvsiz va mol-davlatni foydasiz ishlarga sarflaydigan bola edi. Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechtasodda yasama so‘z bor?
A) 3 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 4 ta
6. Sen o‘z zanjirlaring ichida eng uqubatlisi, eng og‘riqlisi - tobelik va mutelik zanjirida; xalos bo'lding. Ushbu gapda nechta sodda yasama so‘z qatnashgan?
A) 5 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta
7. 0 ‘rik - ra’noguldoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. Mevasi etli, yumaloq, tuxumsimon, oq, sariq, qizg‘ish. Ushbu parchada necha o‘rinda yasama so‘zla qatnashgan?
A) 4 B) 6 C) 7 D) 5
8. Dunyoviy bilim va hunarlarga ega bo'lgan yoshlarimizning fazilatlari haqida soatlab gapirishimiz mumkin. Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama so‘zlar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?
A) Gapda sifatdan yasalgan ravish qatnashgan. B) Gapda otdan yasalgan sifat qatnashgan.
C) Gapda otdan yasalgan fe’l qatnashgan.
D) Gapda fe’ldan yasalgan ot qatnashgan.
9. Halollikni va pok yashashni o‘zi uchun hayotiy e ’tiqod, oliy maqsad deb biladigan odamlardan yomonlik kutmaymiz. Ushbu gapda nechta sodda yasama so‘z qatnashgan? A) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta
10. Onaxon bir zum to'xtab, chorasizlikdan qiynalayotgan nabirasiga mehribonlik bilan dalda berdi. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) Gapda otdan yasalgan sodda yasama sifat qatnashgan.
B) Gapda ravishdan yasalgan sodda yasama fe’l qatnashgan.
C) Gapda sifatdan yasalgan sodda yasama fe’l qatnashgan.
D) Gapda fe’ldan yasalgan sodda yasama ot qatnashgan.
11. Hukmdor tortinchoq qora ko‘zlari hamisha mungli boqadigan qizini juda e ’zozlar, doim holidan xabar olardi. Ushbu gapda sodda yasama so‘zlar soni nechta?
A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta
12. Balki, и bugun uyiga vaqtliroq qaytar. Ushbu gap haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) bir o‘rinda fe’l nisbati qo‘shimchasi qatnashgan; 2) bir o‘rinda egalik qo‘shimchasi qatnashgan; 3) bir o‘rinda fe’lning munosabat shakli qo‘shimchasi qatnashgan; 4) 2 ta so‘z tarkibida ismning munosabat shakli qo‘shimchasi qatnashgan.
A) 1, 4 B) 2, 3 С) 1, 2 D) 3, 4
13. Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. Ushbu gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni nechta?
A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 6 ta
14. Shahar va qishloqlarda o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, bunyodkorlik ishlari avj olmoqda, chiroyli binolar qurilmoqda. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.
A) Egalarning barchasi yasama so‘zlar bilan ifodalangan.
B) Hollar yasama so‘zlar bilan ifodalangan.
C) Aniqlovchilar yasama so‘zlar bilan ifodalangan.
D) Kesimlarning barchasi yasama so‘zlar bilan ifodalangan.
15. Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.
A) Sodda yasama sifat fe’ldan yasalgan.
B) Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan.
C) Sodda yasama fe’llar otdan yasalgan.
D) Sondan yasalgan sifat qatnashgan.
16. Biz mustaqil 0 ‘zbekistonning farzandlarimiz. Bu yurtda yashashni biz o‘zimizga sharaf deb bilamiz. Ushbu parchadagi ismlarga mansub so‘zlar tarkibidagi munosabat shakllari sonini aniqlang.
A) 8 ta B) 9 ta C) 7 ta D) 6 ta
17. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning har birida bittadan qo‘shimcha bor?
A) Qizcha har kuni gullar tergani bog‘ga borar edi. // U bu kitobni o‘qigani sotib oldi.
B) Onaxon bu moyni idishchalarga solib villab saqlar edi. // Shamolda eshik taraqlab ochildi. C) Bu jannatmakon o‘lka - bizning vnrtimiz. / / Do‘stim, biz shu jasur bobolar avlodimiz.
D) Bu daraxt, balki, kelgusi yil meva bog‘lar. / / Ehtimol, uyiga yaqinligi uchun shu korxonada ishlar.
18. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan misollarning har birida bittadan qo‘shimcha bor?
A) Ko‘zingizni yashnatadi bu bog‘lar. / / Chin inson birovga yaxshilik ko‘zlar.
B) Biz mustaqil 0 ‘zbekiston farzandimiz. // Bizning maktabimiz yaqinda ta’mirlandi.
C) Bu topshiriqni qanday baiargani esidan chiqmaydi. / / Onaxon shu xabarni avtgani kelgan edi.
D) Tantanada o‘nlab yurtdoshlarimiz ishtirok etishdi. / / U ba’zan ovlab qorasini ko‘rsatmas edi.
19. Keksayganingda rohatda yashashni orzu qilsang, yoshlikda tinimsiz ilm o‘rganishga harakat qil. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) To‘ldiruvchi vazifasida kelgan yasama fe’l qatnashgan.
B) Kesim vazifasida kelgan yasama fe’llar qatnashgan.
C) Aniqlovchi vazifasida kelgan yasama ravish qatnashgan.
D) Hoi vazifasida kelgan yasama so‘zlar qatnashgan.
20. Bilimli kishi zarur gapni so'zlaydi, keraksizini aslo gapirmaydi. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Yasama so‘zlar 2 o‘rinda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan.
B) Yasama so‘zning yasama so‘zga boglanishi kuzatiladi.
C) Yasama so‘zlar 2 o‘rinda kesim vazifasida kelgan.
D) Yasama so‘zning aniqlovchi vazifasida kelishi kuzatiladi.
21. Yoshlarimizni bilimli, mushohadali, ijodkor va faol shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning asosiy vazifasidir. Ushbu gapdagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni nechta?
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta
22. Zamonamiz yoshlari, siz shavkatli tariximizni qadrlashingiz, uni o‘z hissalaringiz bilan boyitishingiz kerak. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.
A) Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan.
B) Sifatdan yasalgan ot qatnashgan.
C) Otdan yasalgan sifat qatnashgan.
D) Fe’ldan yasalgan sifat qatnashgan.
23. Qaysi javobda ma’noli qismlari asos + so‘z yasovchi + lug‘aviy shakl yasovchi + sintaktik shakl yasovchi tartibida joylashgan sifat turkumiga oid so‘z qatnashgan?
A) Shuni bilingki, ilmlilarni butun dunyo olqishlaydi.
B) Stol ustidagi guldonlarga pushti atirgullar solingan edi.
C) Balki, oila baxtsizligidan shunday holat yuz bergandir.
D) Boshqaruvchi, xonalarning kattarog‘ini ularning jamoasiga bering.
24. Qaysi javobda ma’noli qismlari asos + lug‘aviy shakl yasovchi + so‘z yasovchi + sintaktik shakl yasovchi tartibida joylashgan ot turkumiga oid so‘z qatnashgan?
A) Abbos, parta ustidagi o‘chirg‘ichni menga uzatib yuborgin.
B) Qishloqdagi do‘konlarda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va hattoki yoqilg‘i sotiladi.
C) Qizg‘anchiqdan sen saxovat kutma.
D) Ko‘z-ko‘z qilma, ko‘z tegar, Maqtanchoqqa so‘z tegar.
25. Tadbirimizga muhandislar, shifokorlar, o'qituvchilar, hisobchilar, iste’dodli qalamkashlar tashrif buyurishadi. Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta yasama so‘z qatnashgan?
A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta
26. Qaysi javobda shakldoshiga ega bo‘lgan asosdan yasalgan yasama so‘z berilgan?
A) tushirtirmoq B) changimoq
C) oqimtir D) davolamoq
27. Tiniq osmon o‘zining bor go'zalligi va malohatini cheksiz balandliklardan ulug‘vorlik bilan bizga ko‘z-ko‘z qilib turar edi. ' Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama so‘zlar sonini aniqlang.
A) 3 B) 5 C) 6 D) 4
28. Hikmatni anglamoqning o‘zi bir hikmatdir. Ushbu gapdagi ismning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalar soni nechta?
A) 5 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 3 ta
29. Qaysi javobdagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibidagi qo‘shimchalar soni har ikkala so‘zda bir xil?
A) Kitob - bizning eng yaqin do‘stimiz. Biz ham mana shu guruh vakilimiz.
B) Bu olimlar o‘nlab fanlarning rivojiga beqiyos hissa qo‘shganlar. U qishloqdan yillab saqlangan yilqi moyi topib keldi.
C) Barglarda ilinib qolgan tomchilar javhar singari yaltillaydi. Yosh ko‘zlarimdan tomchilar...
D) Ko‘rmaganning ko‘rgani qursin. Men har haftada yaqinlarimni ko‘rgani qishloqqa borib turaman.
30. Tarkibida ot, sifat va fe’l turkumiga oid yasama so‘zlar ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Ekinlar tomiriga qon yugurdi, so‘lg‘in yaproqlar asta jonlana boshladi.
B) Tongning tarovatli shamoli bir nafasgina go‘daklik yillarini qaytarar emish.
C) U shuni angladiki, cho‘l o‘zlashtirish, cho‘lda ishlash bilimsizga qiyin ekan.
D) Egarining oltin bezaklari quyosh nurida tovlanayotgan bo‘z otni yetaklab keldi.
31. Bilimli kishi zarur gapni so'zlaydi, keraksizini umuman gapirmaydi. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.
A) Yasama so‘zlar 2 o‘rinda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan.
B) Yasama so‘zlar 2 o‘rinda aniqlovchi vazifasida kelgan.
C) Yasama so‘zlar 2 o‘rinda hoi vazifasida kelgan.
D) Yasama so‘zlar 2 o‘rinda kesim vazifasida kelgan.
32. Biz pokiza zotlarning naslimiz, tomirlarimizda ularning pok qoni bor. Ushbu gapda ismlarning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalar soni nechta?
A) 8 ta C) 5 ta B) 7 ta D) 6 ta


Yüklə 35,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin