Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan?


Morfologiya. Mustaqil so‘z turkumlari



Yüklə 35,65 Kb.
səhifə3/3
tarix20.09.2023
ölçüsü35,65 Kb.
#145812
1   2   3
Morfologiya. Mustaqil so‘z turkumlari
1. Qaysi gapda sodda yasama holat ravishi ishtirok etgan?
A) Dushman bilan tortishayotganingizda ham mardlarcha fikr bildiring.
B) Ular asta-sekin ko‘zdan olislab borishardi, biz esa ularni kuzatib qoldik.
C) Olmaxon yerdan ko‘ra daraxtda yanada tezroq yuguradi.
D) Kemtik oy cho‘qqilar orasidan mo‘ralaydi, Jamila esa oyga termilib zavqlanardi.
2. Barcha shodlik senga bo'lsin, bor sitam, zorlik menga, Barcha dildorlik senga-yu, barcha xushtorlik menga. Ushbu gapda olmoshning nechta ma’no turiga oid so‘zlar qatnashgan?
A) 5 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
3. Qaysi javobda holat ravishlari berilgan?
A) yugurib, harsillab, shoshib
B) arang, mardlarcha, jim
C) dir-dir, kuyinib, yumshoq
D) olg‘a, qiynalib, ko‘p
4. Unsin qarshisiga yugurib chiqqan Zumrad bilan quchoqlashib ko‘risha ketdi. Ushbu gapda nechta ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan?
A) 2 ta B) 4 ta С) 1 ta D) 3 ta
5. Qaysi gapda ish-harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalagan ko‘makchi fe’l qatnashgan?
A) Qishning yaqinlashganidan xabar beruvchi shamollar esa boshladi.
B) Pastda katta sokin bir daryo oqib yotardi. C) 0 ‘g‘illar cho‘plarni osonlik bilan sindirib tashladilar.
D) Unutmangki, bu muammoni faqat hamjihatlikdagina hal qila olamiz.
6. Qaysi gapda vubormoq fe’li ko‘makchi fe’l bo‘lib kelmagan?
A) Shunda ho‘kiz shoxini yog‘layotgan xojayinini suzib yuboribdi.
B) Ular yerni kovlab kirolmabdilar, lekin bir zumda allaqancha yerni o‘yib yuboribdilar.
C) Otashkurak xo‘rozga tegib, uni bir necha marotaba yumalatib yuboribdi.
D) Sinf rahbarimiz, Hasan aka, menga bildirmay G‘anini uyimga yuboribdilar.
7. Quyidagi qaysi gap(lar)da votmoq fe’li ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi tarkibida yetakchi fe’l bo‘lib kelgan? 1) Yorug‘, keng xonadagi karavotlarning birida qirq yoshlar chamasidagi ayol yotardi; 2) Atrof ko‘m-ko‘k bo‘lib, yo‘l chetida qoqigullar, lolalar, chuchmomalar qiyg‘os ochilib yotar edi; 3) Bola chalqancha yota olmay qiynaldi.
A) 1, 3 B) 2 C) 2, 3 D) 3
8. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi mavjud emas?
A) Mix bolg‘adan qutulaman deb, taxtaga kirib ketdi.
B) U boshlagan ishni chala tashlab qo‘ya olmas edi.
C) Oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin . so‘na boshladi.
D) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda.
9. Qaysi gapda birgalik nisbatidagi yasama fe’l qatnashgan?
A) Otasining Dostonni ishlashga majbur etish uchun qilgan harakatlari natija bermadi.
B) Ish safari bilan ketgan Davron aka va Sodiq aka kecha Toshkentga kelishdi.
C) Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi.
D) Keyin yana ular doimgidek men haqimda gapirishdi.
10. Qaysi gapda orttirma nisbatdagi yasama fe’l qatnashgan?
A) U behuda so‘zlarni haddan ortiq ko‘p gapirdi.
B) Keyin dasturxonni yig‘ishtirayotgan xotiniga ham o‘shqirdi.
C) Maydonda ot o‘ynatayotgan ikki chavandoz ko‘rindi.
D) Ariqchalarda tip-tiniq suvlar shildirab oqib yotardi.
11. Qaysi javobda uchta yasama fe’l qatnashgan?
A) Qiz cholga yaqinlashib salom berdi. U loqaydgina alik oldi.
B) Dunyoda pok odamlar ko‘paysa, порок odamlar shunchalik kamayadi.
C) Usta temirni cho‘g‘ga solib bolg‘alaydi, cho‘zadi, yassilaydi.
D) Izg‘irindan ko‘zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g‘irchillaydi.
12. Qaysi gapda fe’l + fe’l tipidagi qo‘shma fe’l qatnashgan?
A) Majnuntol suvga egilib, salom berayotir. B) Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi. C) Xushxabar olib kelgan yigitga hamma quvonch bilan tikildi.
D) Kech kuz kelib barglar sarg‘ayib to‘kilmoqda.
13. Kesimi o‘zlik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gapni aniqlang.
A) Sarvar manzilga tezroq yetib olish uchun o‘ngga qayrildi.
B) G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. C) Qiyg‘os ochilgan paxtalarni ko‘rib ko‘zi quvnadi.
D) Bu bino tez fursatda qayta tiklandi.
14. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang.
A) Kitobxonlarga esdalik uchun sovg‘alar berildi.
B) Qizcha erkalanib onasining bo‘yniga osildi. C) Temuriylar davrida qayta tiklangan bu qadimiy obida hali-hanuz o‘z salobatini yo‘qotgani yo‘q.
D) U ot tagiga to‘kilgan bedalarni bir quchoq qilib supurib olib keldi.
15. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang.
A) 0 ‘zligini yo‘qotgan xalq boshqa bir xalqqa qo‘shilib ketadi.
B) Yuk orqalagan, og‘ir qoplar ostida ikki bukilgan aravakashlar ko‘rinar edi.
C) Bayram arafasida mahallamizda yangi to‘yxona ochildi.
D) U qilgan ishlarini o‘ylab, vijdon azobida qiynaldi.
16. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang.
A) To‘kilsa manglay tering, Unumli bo‘lur yering.
B) Shundan keyin keksa qul Darxon zindonga tashlanadi.
C) Tandirdan endigina uzilgan nonning hidi bo‘lakcha bo‘ladi, albatta.
D) Umid - parvozga otlangan lochin, umidsizlik - oyoqqa bog‘langan tosh.
17. Kesimi o‘zlik nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan gapni aniqlang.
A) Shu kuni keksa qul Darxon zindonga tashlanadi.
B) Bu qadimiy obida temuriylar hukmronligi davrida qayta tiklangan edi.
C) Quyoshli kunlarda paxtalar qiyg‘os ochildi. D) Hozirgi kunda milliy xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda. 18. 0 ‘zlik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang.
A) Keldi ochilur chog‘ing, 0 ‘zliging namoyon qil.
B) Oq va qora marvarid donachalari ajoyib shaklda ipga tizildi.
C) Shoir anchagacha uxlay olmay, ezgin xayollar girdobida qiynaldi.
D) 0 ‘rtada o‘rnatilgan bo‘ydor archaga rang-barang o‘yinchoqlar osilgan edi.
19. Bunda па g‘am bor, na azob, unda yashash quvonchi, рок muhabbat, bitmas-tuganmas orzu va qudrat bor edi. Ushbu gapda nechta tub mavhum ot bor?
A) 6 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 5 ta
20. Qaysi gapda o‘zlik nisbatdagi fe’l qatnashgan?
A) Bizning tumanimizda bir qancha sport inshootlari qurildi.
B) Daraxtlarning so‘nggi yaproqlari qishning ilk kunlarida to‘kildi.
C) Zangori ekran orqali «Qishloqdagi tengdoshim» ko‘rsatuvi namoyish etildi.
D) «Qanotli do‘stlar» haqida film yaratildi. 21. Qaysi gapda -ir qo‘shimchasi bilan hosil qilingan orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan? A) 0 ‘ta qat’iylik bilan keskin va uzoq gapirdi. B) - Yolg‘on! Yolg‘on! - deb baqirdi.
C) Ishni bitirmoqqa kifoyat yaxshi.
D) Choponiga cho‘nqayib o‘tirdi.
22. Qaysi gapda -ar qo‘shimchasi bilan hosil qilingan orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan? A) Kampirning ko‘zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.
B) Ey volida, duolaring sharofatidan Olloh o‘g‘lingga ko‘rish ne’matini qaytardi!
C) Ko‘klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda.
D) 0 ‘roq mahali o‘roqchilarga go‘ja, ayron olib chiqardik.
23. ...domlaning ko‘z qiri tushib qolarmikan degan niyatda astoydil xizmat qilishardi. Mehmonlar kechga taklif etilgan edi. Ushbu parchadagi fe’llar tarkibida qaysi nisbat qo‘shimchalari qatnashgan?
A) birgalik va o‘zlik B) birgalik va majhul
C) orttirma va majhul D) birgalik, orttirma va majhul
24. Qaysi gapda maqsad ravishdoshi qatnashgan?
A) Xola, ukam qani, olib ketgani keldim.
B) Tong otgach, yo‘lga tushdik.
C) Bo‘ladigan savdoning tezroq bo‘lgani yaxshi.
D) Har kimning o‘qigani o‘ziga foyda.
25. Or - bu o'ziga ep ko'rilmagan yoki yarashmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyg'usidir. Mazkur gapda fe’lning qaysi vazifa shakllari qatnashgan?
A) sof fe’l, harakat nomi va ravishdosh
B) harakat nomi va ravishdosh
C) sifatdosh va harakat nomi
D) harakat nomi, sifatdosh va ravishdosh
26. Qaysi javobda holat ravishi qatnashgan? A) Yo‘lda ikkita chol sekin gaplashib kelishayotgandi.
B) U jo‘rttaga dugonasining jig‘iga tega boshladi.
C) Hushiga kelgan bemor qiynalib gapirardi. D) Sardor o‘ylanib turgan do‘stiga yaqinlashdi.
27. Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi qatnashgan?
A) G‘afurjon tashqariga chiqib boydan ketishga izn so‘radi.
B) U raisga muammoni yotig‘i bilan tushuntirdi.
C) B o ‘ y m g sal cho‘zilsin, duradgorga shogirdlikka beraman.
D) Bugun bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda olib kelindi.
28. Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi qatnashgan?
A) Keyin bozorga olib boribdi.
B) Halima ta’tilda ham ko‘p o‘qishni kanda qilmadi.
C) Uzoqdan bir ayol kela boshlabdi.
D) Bir kishi uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti. 29. Qaysi javobda ravish qatnashgan?
A) So‘nggi pushaymon - o‘zingga dushman. B) Itning akillashidan cho‘chib uyg‘ondim.
C) Mana mavsum ham oxirlab qoldi. Mashina terimi tugay deb turibdi.
D) Ular hozircha kovlab kirolmabdilar, lekin allaqancha yerni o‘yib yuboribdilar.
30. Qaysi javobda o'zlik nisbatidagi fe’llar berilgan?
A) jimirlamoq, silkinmoq
B) ko‘rinmoq, kiyinmoq
C) taralmoq, yiqitmoq
D) o‘ylanmoq, sarg‘aymoq
31. Qaysi javobda yasama holat fe’li berilgan? A) tishlamoq B) so‘lmoq
C) ko‘karmoq D) gapirmoq
32. Qaysi javobda so‘roq olmoshi qatnashgan? A) Toshkentning qayeriga qaramang, hashamatli binolar qad rostlamoqda.
B) Tong otmoqda. Qishloq allaqachon uyg‘ongan.
C) Quruq gapning o‘zi hech qachon lo‘nda dalil bo‘la olmaydi.
D) Nazira opa yuzlarida qandaydir tabassum bilan qutini tita boshladi.
33. Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang.
A) Yo‘l bo‘yidagi rang-barang gullar qiyg‘os ochilgan edi.
B) Qizcha erkalanib onasining bo‘yniga osildi. C) Kitobxonlarga esdalik uchun sovg‘alar berildi.
D) Shoir anchagacha uxlay olmay, ezgin xayollar girdobida qiynaldi.
34. Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang.
A) Abror yuklarni yuqoriga chiqarishga qiynaldi.
B) U kuni bilan bosh ko‘tarmay shu ishni bitirdi.
C) G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. D) Elektr simlariga qaldirg‘ochlar tizilib o‘tirardi.
35. Orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang.
A) U kuni bilan bosh ko‘tarmay shu ishni bitirdi.
B) G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. C) Biz ertadan kechgacha gavronlar ichida ko‘milib savat to‘qirdik.
D) Muhokama qilsangiz, tushunchangiz yanada boyirdi.
36. Qaysi gapda olmoshning ma’nosiga ko‘ra to‘rt turi qatnashgan?
A) Sen shuni hech qachon yodingdan chiqarmaki, yillar o‘tgan sari er-xotin oltin va gavharga aylanib boradi.
B) Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini yuksaltirishda oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.
C) Har birimiz o‘z ustimizda doimo ishlab, butun jamiyatimiz uchun foydali ishlar qilishimiz darkor.
D) Hamma gapdan, hatto mening hayotimdan ham, xabardor bo‘lgan mana bu yigit kim?
37. Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan? A) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap, lekin qaysargina bir bola edi.
B) Og‘ir jarohat tufayli qiynalayotgan yigitga doktor tezda yordam ko‘rsatdi.
C) Derazaning ochiq tabaqasidan mayin shamol kirib turardi.
D) Shogirdim Aminjon, o‘zi yosh bo‘lsa ham, juda pishiq, og‘ir, g‘ayratli.
38. Bostirib kelayotgan qo'shinni to‘xtatish, mag‘lubiyatni zafarga aylantirish va mamlakatni qutqarib qolish uchun goho o‘rnida aytilgan birgina so‘z ham kifoya bo'lgan. Ushbu gapda majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan aniqlovchi qaysi gap bo‘lagini aniqlab kelgan?
A) to‘ldiruvchini B) egani
C) aniqlovchini D) kesimni
39. Tarkibida sifatdan yasalgan sodda yasama ravish qatnashgan gapni aniqlang.
A) Yarim tunda ko‘zi ilingan ayol tong saharlab junjikib uyg‘onib ketdi, osmon oqarib kelardi.
B) U sevinchini ichiga sig‘dirolmay hamma bilan qadrdonlarcha ko‘risha boshladi.
C) Onaxon Mutribni pinhoniy bir mehr bilan suyadi, unga hamisha qalban intiladi.
D) G‘ulomjon keyingi vaqtlartda tanholikni yoqtiradigan bo‘lib qoldi.
40. Shunchaki sevilmoq - baxtiqarolik. To‘la tole uchun bu kemtik, bu kam. Mening qalbim shunday sevgiga molik: Bir charsillab yonay, so'ngra so‘nsam ham. Ushbu she’riy parchada qatnashgan yasama fe’l qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
A) kesim B) ega C) hol D) aniqlovchi
41. Shunchaki sevilmoq - baxtiqarolik. To‘la tole uchun bu kemtik, bu kam. Mening qalbim shunday sevgiga molik: Bir charsillab yonay, so‘ngra so'nsam ham. Ushbu she’riy parchada qatnashgan majhul nisbatdagi fe’l qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
A) aniqlovchi B) kesim C) hoi D) ega
42. Qaysi gapda kesim vazifasida kelgan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan? A) El suygan xonanda o‘zgacha qiyofada televideniyeda chiqar edi.
B) So‘zga chiqqan Sodiqjon domla shogirdi haqida faxrlanib gapirardilar.
C) 0 ‘yin-kulgi, askiya yarim kechagacha cho‘zilib ketdi.
D) Uyiga javob beraylik, o‘n besh-yigirma kunga borib kelsin.
43. U o‘ziga hayratomuz tikila boshlagan Oqbo'yinga boshini и yon-bu yon burib qarab qo'yadi. Mazkur gapdagi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri? A) Ko'makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari har xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan.
B) Ko'makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari to‘ldiruvchi va aniqlovchiga tobelangan.
C) Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalaridagi yetakchi fe’llar yasama so‘zlar hisoblanadi.
D) Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalaridagi ko‘makchi fe’llar yasama so‘zlar hisoblanadi. 44. Qaysi gapda yetakchi fe’l qismi qo‘shma fe’l bo‘lgan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan?
A) Do‘stim, ko‘rgan film va spektakllaringiz haqida hikoya qilib bering.
B) Bu gapni eshitib, Bahromning ko‘zi charaqlab ochilib ketdi.
C) Ba’zan Mehrixonlar oilasiga ham borib kelardi.
D) Sodiqjon, o‘rtog‘ingizga mavzuni aytib berib turing.
45. Ega vazifasida kelgan juft fe’l qatnashgan gapni toping.
A) Oyqizning shunchalik yelib-yugurishi ham umuman foyda bermadi.
B) Yosh Hakima boshqa o‘rtoqlaridan qolmaslik uchun qizarib-bo‘zarib ishlardi.
C) Konspekt daftarini olib, o‘sha yerda ko‘chiraman-qo‘yaman.
D) Tog‘asining qo‘llab-quvvatlashi tufayli u tijoratda ulkan yutuqqa erishgandi.
46. Hamma qushlar baland ovozda yayrab-yayrab, to‘lib-toshib sayrashmoqda. Mazkur gapda qatnashgan fe’llar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.
A) Gapda fe’lning tuzilishiga ko‘ra to‘rtta turi qatnashgan.
B) Gapda ham tub, ham yasama fe’llar qatnashgan.
C) Gapda ham bo‘lishli, ham bo‘lishsiz fe’llar qatnashgan.
D) Gapda fe’llar hoi va kesim vazifasini bajargan.
47. Qaysi gapda aniqlovchi vazifasini bajargan o‘zlik nisbatidagi fe’l qatnashgan?
A) Taklif etilgan mehmonlarning ayrimlari hali kelmadi.
B) Lagan-tovoqning bir-biriga teggan tovushi eshitilib turardi.
C) Halima har doim juda ozoda kiyinadi.
D) Yechishga qiynalgan masalangni menga ko‘rsat.
48. Men ikkoviga uchtadan hil-hil pishgan shaftoli berdim. Mazkur gapda qatnashgan taqsim son haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri? A) Taqsim son qo‘shimchasi tarkibida lab undoshi ishtirok etgan.
B) Taqsim son tarkibida faqat jarangli undoshlar ishtirok etgan.
C) Taqsim son imlosida bir unlining tushib qolishi kuzatiladi. D) Taqsim son asosi yopiq bo‘g‘indan iborat.
49. Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan harakat nomlari qatnashgan?
A) Eh, qizaloq, bilmaysan-da, o‘qishning foydasi ko‘p!
B) Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim bo‘lishdi.
C) Bu xalqni yaxshiroq bilmoq uchun uning urf-odatlari bilan tanishdim.
D) Sidiqjon borishni ham, qaytishni ham bilmay qoldi.
50. Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim bo‘lishdi. Mazkur gapda fe’lning otga xoslangan vazifa shakli qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
A) aniqlovchi B) hol C) ega D) kesim
51. Bilmagandan bilgan yaxshi, to‘g‘ri ishni qilgan yaxshi. Ushbu gapdagi sifatdoshlar qaysi gap bo‘laklari vazifasida kelgan?
A) hol va aniqlovchi B) to‘ldiruvchi va kesim C) aniqlovchi va ega D) to‘ldiruvchi va ega 52. Qaysi javobda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan jamlovchi son qatnashgan?
A) Ishchilardan ikkitasini uzoq viloyatga ish safariga jo‘nating.
B) Ularning ikkovi bilan ham alohidaalohida gaplashib qo‘yaman.
C) Shundan keyin uchalasi o‘rmonda do‘stona yashay boshladi.
D) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi.
53. Qaysi javobda fe’l nisbatlarining barcha turida qo‘llana oladigan fe’llar qatori berilgan? A) ko‘rmoq, qaytmoq, chaqirmoq
B) bo‘yamoq, kiymoq, osmoq
C) yuvmoq, quvonmoq, uxlamoq
D) shovullamoq, kiymoq, aytmoq
54. Qaysi javobda otlashgan sonlar to‘ldiruvchi vazifasida kelgan?
A) Beshovining ham fikri bir yerdan chiqdi.
B) To‘qqizida bo‘lmagan aql to‘qsonida ham bo‘lmas.
C) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar.
D) Tayog‘i yo‘g‘on birni urar, so‘zi yo‘g‘on mingni urar.

Yüklə 35,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin