43
1
2
3
4 5
Ko‘rsatma; Qog‘ozga chizilgan 5-ta
geometrik shakllarga qarang
(kvadrat, uchburchak, doira, zigzak, to‘rtburchak). Mazkur shakllardan
birini tanlang (faraz qiling bu shakl Siz!). O‘z
shaklingizni his qilishga
harakat qiling. Agar bunga qiynalsangiz, sizni ko‘proq qiziqtirgan shaklni
tanlang va uning nomini birinchi yozing. Endi qolgan shakllarni
yoqtirganingiz darajasiga asosan tartib bilan yozib chiqing.
Demak, ishning eng qiyin qismi tugadi. Sizning sub’ektiv tanlagan
asosiy shaklingiz xarakter xususiyatlaringiz
va xatti-harakatlaringiz
mohiyatini aniqlash imkonini beradi. Boshqa shakllar esa doimiy
sifatlaringiz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldiradi. Oxirgi shakl o‘zaro
munosabatlar siz uchun og‘ir kechadigan kishilar tipiga tegishli. Birorta
ham shakl sizga yoqmasligi, yoki to‘g‘ri kelmasligi ham mumkin. Shunda
sizning shaxs xususiyatlaringizni ikki, hatto uchta shakl guruhlari asosida
izohlashga to‘g‘ri keladi.
Kvadrat
Kvadratlar eng avvalo o‘zlarining
mehnatsevarligi, sabr, toqat bilan
boshlagan ishni oxiriga еtkazish xususiyatlari bilan ajralib turadilar. Sabr-
bardoshlilik, chidam kvadratni o‘z sohasining usta mutaxassisi bo‘lib
еtishishiga olib keladi. Yangi informatsiyaga (axborotga) bo‘lgan
ehtiyojning yuqoriligi ham bunga yordam beradi. Kvadratlar har xil
ma’lumotlarni to‘plab yuradilar, ularni tartibga solib, sistemalashtiradilar,
shuning uchun ular zarur informatsiyani darhol topib berishlari mumkin.
Darhaqiqat kvadratlar o‘z sohasiga tegishli ma’lumotlar
manbai
hisoblanadilar. Ularning yana bir kuchli tomonlari, fikriy tahlil
hisoblanadi. Agar siz o‘zingiz uchun kvadratni tanlagan bo‘lsangiz, sizda
chap yarim sharlar faolroq hisoblanadi, ya’ni sizda informatsiyani ketma-
ket tartib bilan qayta ishlash izchil a-b-v-g va h.k. tarzda kechadi.
Kvadratlar natijani taxminan emas, aniq hisoblaydilar. Ular hodisa va
voqealarga juda e’tiborli. Tartib, intizomni xush ko‘radilar.
Kvadratlar
rejali, aniq maqsadli hayotni yoqtiradilar, voqealarning odatiy kechishidagi
o‘zgarishlarni yoqtirmaydilar. Ular doimo odamlar va atrofidagi narsalarni
tashkillashtiradilar (tartibga soladilar). Bu xususiyatlar kvadratlarni yaxshi
44
ish yurituvchi, ijrochi bo‘lishlarini ta’minlaydi. Lekin afsuski ulardan
yaxshi ish beruvchi, menedjer chiqishi qiyinroq. O‘ta mayda-chuydalarga
e’tibor, aniqlik kiritish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar asosida qaror qabul
qilish, ularning tezkorligini susaytiradi. O‘ta
tartiblilik, qonun-qoidaga
aniq rioya qilish ularda o‘ta kuchlidir. Qaror qabul qilishda ayniqsa,
tavakkal ish tuta olmaydilar.
Kvadratlardagi
sovuqqonlik, hissiyotga berilmaslik, aniqlilik har xil
odamlar bilan aloqada bo‘lishini qiyinlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: