Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
 
UO‘K 159.9:796.071(075) 
KBK 88 
P 99 
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport 
vazirining 2019-yil 10-iyundagi 1072-sonli buyrug‘i bilan nashrga tavsiya etilgan. 
ISBN 978-9943-7292-2-3 
 
J.A.Pulatov, G. Yeldasheva, 2021 
 «UMID DESIGN» nashriyoti, 2021 
Taqrizchilar: 
F.Xo‘jayev
– “Jismoniy tarbiya, sport mashg‘uloti nazariyasi va uslubiyati” 
kafedrasi professori, p.f.n., professor.
L.S.Tursunov – O‘zMU “Ijtimoiy fanlar fakulteti” Psixologiya kafedrasi
dotsenti, p.f.n., dotsent.



KIRISH
Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish bugungi kunimizning 
dolzarb muammolaridan biri bo‘lib sanaladi. Shu maqsadda O‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017-yil 3-iyundagi, PQ-
3031-sonli qarori jumladan, “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” hamda 2018-yil 5-martdagi 
“Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5368-sonli Farmonida  
mamlakatda aholini ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy 
sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-
sharoitlar yaratish, iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadli tayyorlash 
ishlarini tizimli tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirish 
vazifasi yuklatildi. Bu esa O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni 
ommalashtirish aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini 
targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzulmani yaratish, 
mamlakatning xalqaro maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash 
borasida izchil chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozimligini belgilab beradi. 
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlashda bolalar va o‘smirlar sport 
maktablarida еtishib chiqayotgan yosh sportchilarni psixofiziologik 
jihatdan tayyorlash, dastlab sport maktablarida bolalarni qabul qilishda 
psixologik-pedagogik tashxisdan o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu 
boradagi asosiy talablardan biri – kadrlar tayyorlashda sifat darajasini 
yaxshilashdir. Trener-o‘qituvchi bu kasbning ma’suliyati juda yuqori 
bo‘lib yosh sportchilarni bolalar-o‘smirlar sport maktablariga bolalarni 
qabul qilinganidan boshlab ularni jismoniy sifatlarini, ahloqiy, ma’naviy 
fazilatlarini va psixologik jihatdan tayyorlash jarayonlarida muhim o‘rin 
tutadi.
Ushbu “Sportchilarni psixologik tayyorlash” nomli o‘quv qo‘llanma 
orqali sport psixologiyasi haqida umumiy tushuncha, sportchilarni sport 
turlariga qabul qilish, saralash va ularni individual psixologik xususiyatlari 
temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, bilish jarayonlari sezgi, idrok, 
xotira, tafakkur jarayonlarini rivojlantirish hamda psixologik-pedagogik 
tashxis metodikalar, psixotrening mashg‘ulotlar asosida psixokorreksiya 
ishlarini amalga oshirish jarayonlariga qaratilgan.
Trenerlik faoliyatiga o‘tgan mutaxassisga oson emas, u mustaqil 
ravishda murakkab qarorlar qabul qilish, o‘z kuchini baholashi, xabardorlik 
chegaralarini aniqlashi lozim. Shunga muvofiq bugungi kunda trener-



o‘qituvchiga qo‘yiladigan psixologik talablarda unda pedagogik
qobiliyatga ega, tajribali , majburiyatlar diapozonini amalga oshiruvchi
va qo‘yilgan vazifalarni hal qiinadigan еtakchi shaxs bo‘lishi lozim.
Trener-o‘qituvchi yosh sportchilar bilan mashg‘ulotlarni amalga 
oshirish bilan birga vaqti-vaqti bilan psixologik treninglarni ham amalga 
oshirib kelishi lozim. Bu esa sportchilarni jismoniy sifatlarini ham 
rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Trener bu jamoa bilan
ishlaydigan shaxs hisoblanadi. Sport mashg‘ulotlarini samarali o‘tishi
uchun trenerdan katta mahorat talab etiladi. Trener har tomonlama 
rivojlangan, rejalashtirish, tashkillashtirish, muloqot tajribasiga, tinglash 
qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Sport psixologiyasida malakali trenerga
ega bo‘lishi lozim bo‘lgan psixologik sifatlarga quyidagilar kiritilgan: 
– har qanday vaziyatdan chiqa oladigan;
– malakali kasbiy tayyorgarlikka ega; 
– guruhda sog‘lom psixologik iqlimni yarata oluvchi; 
– muammoli vaziyatlarga aralasha oluvchi va ulardan chiqa oluvchi; 
– muammo еchimini birgalikda topish taktikasiga hamda yuksak 
mahoratga ega bo‘lishi lozimligi belgilab berilgan. 
Trener-o‘qituvchining amal qilishi lozim bo‘lgan bir qator
qoidalari ham mavjud: 
– guruhning har bir a’zosiga yordam berish zarur;
– har bir ishtirokchini qiynayotgan savolga uning qadriyatlar tizimiga
mos keluvchi javobni topishga ko‘maklashish zarur;
– trener sportchilarga yuklamaga zid “bosim” o‘tkazmasligi lozim; 
– trener sportchilarni qobiliyatlarini ko‘ra olishi va ajrata bilishi kabi 
kasbiy mahoratga ega bo‘lishini taqozo etadi. 
Yuqoridagilar bilan bir qatorda yana shuni ham hisobga olish 
kerakki, jamoani boshqarayotgan trener-o‘qituvchi shaxslar bilan
ishlaydi har bir sportchi o‘ziga xos individuallikka ega bo‘lishi bilan 
birga o‘ziga xos qadriyatlar tizimiga ham egadir. 




Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin