O‘z - o‘zini ishontirish mashg‘uloti
(autogennaya trenirovka)
Sportchi psixologik jihatdan tayyorlanishda ortiqcha asab qo‘zg‘alish
jarayonlarini еngishga o‘rganish lozim. Chunki ortiqcha asab qo‘zg‘alish
mashqlangan holatiga (sport formasiga) yomon ta’sir etadi, sporchining
yaxshi natija ko‘rsatishiga halaqat beradi.
Keyingi vaqtda ortiqcha asab qo‘zg‘alishini kamaytirish uchun
sportchilar o‘z-o‘zini ishontirish mashg‘ulotidan foydalanish muhim o‘rin
tutadi.
Auto-o‘zim, Genno-yarataman, erishaman – grekcha so‘z bo‘lib, bu
metod, ya’ni o‘z-o‘zini ishontirish metodi ikkinchi signal tizimiga
tayanadi, ma’lum so‘zlar bilan sportchi o‘zidagi ortiqcha asab
qo‘zg‘alishlarini
kamaytiradi.
Aytiladigan
so‘zlar
mushaklarni
bo‘shashtiradi, nafas olishni chuqurlashtiradi va boshqa fiziologik
jarayonlarni normallashtiradi.
Sportchi maxsus trenirovka qilish natijasida o‘zini ishontira oladi.
Buning uchun avvalo metodikasini bilib olib va 3-4 marta mashq qilish
lozim. Shundagina ma’lum natijaga erishish mumkin. Mashg‘ulotni o‘tirib
va yotib bajarish mumkin. Albatta yotib bajarish maqsadga muvofiq,
chunki bunda mushaklarning bo‘shashishi oson, o‘tirib bajarish qulayroq,
nega deganda ko‘pincha yotishga imkoniyat bo‘lmaydi. Bugungi kunda
16
sportchilar qo‘llayotgan mashg‘ulot aslida shifokor Shulsning nazariyasiga
asoslanadi.
Rotkevich Polshalik psixologning nazariyasida bir oz o‘zgartirilib
sportchilarga tadbiq etilgan ya’ni uning g‘oyasida bu mashg‘ulotlar
geologlarda dastlab mo‘ljallangan.
Masalan: ularda o‘z-o‘zini ishontirish shunday kuchli ediki,
geologlar qiyinchilik vaziyatlardan ham chiqib keta olishga o‘zlarida kuch
topar edilar.
Hozirgi vaqtda asosan ikki xil o‘z-o‘zini ishontirish mashg‘ulot
tizimi vujudga keldi.
Autogen trenirovkasi quyidagi maqsadda qo‘llaniladi.
1) Mashq yoki musobaqadan keyingi jismoniy toliqishni yo‘qotish yoki
pasaytirish va sport bilan shug‘ullanish qobiliyatini tiklash.
2) Musobaqa paytidagi emotsional zo‘r berish bilan bog‘liq bo‘lgan
umumiy asab toliqishini yo‘qotish yoki pasaytirish.
3) Musobaqani yoki start oldidan vujudga keladigan ko‘ngilsiz holatlarda
haddan tashqari qo‘zg‘algan asab tizimini vazminlik holatiga solish.
4) Uyqusizlik holati bilan kurashish, o‘zini ishontirish metodini sportda
qo‘llashda qo‘yidagi vazifalarni ochadi.
1. Trenirovkadan oldin oladigan dam unimli bo‘ladi.
2. Uyqusiz holati bilan kurashishga yordam beradi, ayniqsa, musobaqa
oldidan.
3.
Emotsional holatning haddan tashqari oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik.
4.
Musobaqa paytidagi hayajonlanish holatlarni kamaytirish (start
lixoradkasi).
Polshada shtangistlar bilan autogen trenirovka qilish ma’lum
darajada yaxshi natijalarga olib keldi. Misol: shtanga sporti bo‘yicha
Bashankovskiy Tokioda musobaqalashganda har yondashuv orasida shu
autogen trenirovkasidan foydalanadi.
Bashankovskiyning aytishicha bunday mashg‘ulot chempion
bo‘lishiga katta yordam beradi. Sportchi o‘zini ishontirish qobiliyatiga ega
bo‘lish uchun u maxsus metodika bo‘yicha 3-4 oy davomida mashg‘ulot
qilishi shart. Kim bilan shug‘ullanish kerak? Bu mashg‘ulotni faqat
xohlagan kishi bilan shug‘ullanishi mumkin. Agar sportchi xohlamasa
mashg‘ulot bekor qilinishi mumkin.
O‘z-o‘zini ishontirish mashg‘ulotini texnikasi va asosiy prinsiplari.
Mashg‘ulot chalqancha yotib bajariladi yoki kresloda o‘tirib
bajariladi. Shu ikki holatlardan yuqorida aytganimizdek eng ustuni yotib
mashg‘ulot qilishdir, chunki bunday holatda mushaklarning bo‘shashtirish
17
osonroq bo‘ladi. Mashg‘ulot faqat karovatda, yoki divanda o‘tkazilmay
balki ochiq havoda o‘tkazilishi ham mumkin.
Faqat boshning tagiga yumshoq narsa qo‘yiladi. Qo‘l bir oz bukilgan
bo‘ladi. Qo‘lning kafti pastga qaragan bo‘ladi. Qo‘l oyoqqa tegmaydi,
oyoq to‘g‘ri uzatilgan bo‘lib oralig‘i bir-biridan taxminan 20sm bo‘ladi.
Shundan keyin oyoq mushaklarini ham bo‘shashtirdik, oyoq-qo‘lning
mushaklarini bo‘shashtirgandan so‘ng, ko‘z yumiladi. Undan keyin vrach
yoki psixolog so‘z orqali mashg‘ulot bilan shug‘ullanuvchilarni tinch
holatga olib keladi. Shug‘ullanuvchilar bilan quyidagi mashg‘ulotlar olib
boriladi:
1.
Mushaklarni bo‘shashtirish mashqi.
2.
Issiqni his qilish.
3.
Yurak faoliyatini tartibga solish.
4.
Nafas olishni tartibga solish.
5.
Qorin bo‘shlig‘ida (diaffragma) issiqni his qilish.
6.
Peshonani muzlatish.
Mushaklarni bo‘shashtirish mashqi.
Mashqni boshlashdan oldin trener yoki psixolog sportchini
tinchlantirish kerak. Buning uchun trener yoki psixolog quyidagi
formulalarni aytadi. "Men tinchlanyapman". "Men juda tinchlandim".
"Mening atrofimda hech kim yo‘q". "Men juda yaxshi tinchlandim". Bir
necha marta qaytarilgandan keyin qo‘lni mushaklarni bo‘shashtirishga
o‘tiladi. Mening o‘ng qo‘lim og‘irlashyapti. Mening chap qo‘lim og‘ir.
Mana shu formulalarni qaytarish natijasida o‘ng qo‘l og‘irlashadi (ya’ni
qon tomirlar kengayadi). Shuning uchun qo‘l og‘irga o‘xshaydi. Xuddi
shunday qilib chap qo‘lni bo‘shashtiriladi, so‘ng o‘ng oyoq va chap oyoq,
qorinning mushaklari, ko‘krak mushaklari, bo‘yin mushaklari va yuz
mushaklari bo‘shashtiriladi. Keyinchalik irradiatsiya bo‘lish tufayli
mushaklarni bo‘shashtirish osonroq bo‘ladi. Ya’ni tormozlanish jarayoni
markazda tez tarqaladi. Mushaklarni bo‘shashtirish mashq jarayoni 10 – 14
kun qilinadi. Har kun 3 marta bajariladi. Sportchilar boshqalarga
qaraganda tezroq mashqni egallashadilar.
Issiqni his qilish mashqi. Ma’lumki skelet mushaklarini
boshqaruvchi asab markazlar bilan qon tomirlarni boshqaruvchi asab
markazlarining
bevosita
aloqasi
bor.
Ma’lumki,
mushaklar
bo‘shashtirilganda, uyqu holatida, gipnoz holatida qon tomirlari
kengayadi. Shuning uchun mushaklarni bo‘shashtirish mashqini egallab
olgandan keyin issiqni his qilish mashqiga o‘tiladi, sport bilan
shug‘ullanmaydigan kishilarda qo‘l og‘irlashganda issiqni his qiladi.
18
Sporchilarda bir-ikki kundayoq, issiqni his qiladi. Issiqni his qilish qon
tomirlarni kengaytirishga asoslanadi. Bu mashqni asosiy formulalari o‘ng
qo‘lim isiyapti, o‘ng qo‘lim issiq, so‘ng chap qo‘l, o‘ng oyoq, chap oyoq.
Sekin-sekin mushaklarni bo‘shashtirish bilan issiqni his qilish sezilib
boradi. Bu mashqlarni bir necha marta qaytarilgandan keyin mening o‘ng
qo‘lim issiydi va hokazo. Keyinchalik formulalar qisqaradi. Mening
qo‘llarim issiydi. Bu mashqni 4 – 8 hafta qilish lozim. Agar issiqni his
qilmasa mashq qilishdan oldin oyoqlarni issiq suvga solib so‘ng mashqni
boshlash kerak.
Yurak faoliyatini tartibga solish mashqi. Bu mashqni qilishda o‘ng
qo‘l yurakning ustiga qo‘yiladi. Bu kamlik qilsa chap qo‘lning, o‘ng
qo‘lning ustiga qo‘yiladi. Ko‘p odamlar o‘z yurak urishini sog‘lom
paytlarida sezmaydilar. Shuning uchun mashqni boshlashdan oldin yurak
urgandek faraz qilish kerak, so‘ng quyidagi formulani aytadi. Yuragim
tinch va bir xilda uryapti, keyinchalik yuragim tez uryapti formulasini
ishlatish kerak. Bu mashqni juda ehtiyotlik bilan qilish kerak, chunki yurak
faoliyatini butunlay tartibsizlantirish mumkin.
Nafas olishni tartibga solish mashqi. Yuqoridagi mashqlarni egalab
olingandan keyin bu mashq boshlanadi. Bu mashg‘ulotni asosiy vazifasi
sportchining nafas olishiga o‘zining ta’sirini kuchaytirish. Buning asosiy
formulasi esa nafasimni erkin olyapman. Bu mashq natijasida nafas olish
chuqurlashadi, nafas olish tezligi kamayadi.
Qorin bo‘shlig‘ida issiqni his qilish mashqi. Fizioterapiyadan
ma’lumki, qorin bo‘shlig‘iga bo‘lgan (issiq) holatdan odam organizmi
bo‘shashadi, asab tizimini tinchlantiradi, mashq mushaklarni yanada
bo‘shashtirishga yordam beradi. Bu mashqda qorinni ichki qismi isiydi.
Asosiy formula mening diaffragmam issiq: Diaffragmamga issiq еtib
bordi. Ko‘p shug‘ullanuvchilar diaffragma nimaligini tushinmaydi.
Shuning uchun oldindan tushuntirish lozim.
Sportchilarni psixologik tayyorlashda asosan to‘rtta jarayonni
hisobga olish ma’qul:
Mashg‘ulot jarayonlariga psixologik tayyorlash;
Musobaqa jarayonlariga psixologik tayyorlash;
Start oldi psixologik tayyorlash;
Musobaqadan so‘ng psixologik tayyorlash (yutuq yoki mag‘lubiyat
hissi).
Sportchini o‘z imkoniyatini qo‘llay olish va uning boshqarish
mahorati muhim sanaladi. Sport psixologiyada bu sportchini o‘zini ruhiy
boshqarishi ya’ni psixoregulyatsiya deb ataladi.
19
Psixoregulyatsiya bu – sportchining o‘z imkoniyatlarini va salohiyatini
to‘la namoyon etishni ta’minlovchi ruhiy holatni shakllantirishga
qaratilgan tadbirlar majmuasidir. Bu holatning psixofiziologik asosini
tananing ishchanlik va tiklanuvchanlik holatlarini optimal nisbatga
o‘tishidir. Inson tanasi bir faoliyatdan boshqa bir faoliyatga tezda o‘ta
olmasligi mumkin. Ba’zan bu holat cho‘zilib ketishi va sport natijalarini
pasaytirib
yuboradi.
Uning
oldini
olish
uchun
maxsus
psixoregulyatsiyalovchi metodlar yaratilgan. Ular xilma-xil bo‘ladi. Ularni
ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Geterregulyatsiya metodi-verbal;
2. Autoregulyatsiya metodi-noverbal;
Geterregulyatsiya metodi verbal metod yordamida ta’sir etib, suhbat,
ishontirish, buyruq va ratsional ta’sir etish kabi turlarga bo‘linadi.
Autoregulyatsiya metodi esa autogen trenirovka, o‘z-o‘zini tartibga
solish, ideomator trenirovkalarga bo‘linadi. Ularning hammasi charchoq,
asabiylashish, frustratsiya kabi salbiy holatlarga qarshi ishlatiladi.
Sportchi shaxsining shakllanishi muayyan sport faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lib, unda hissiyot va tuyg‘ular, intellekt va ijodiy jarayonlar boshqa
ijtimoiy omillardan ustun ta’sir etadi. Sportchi shaxsining shakllanishiga
ta’sir etuvchi omillar:
a) Sport jamoasining ta’siri - birgalikda qilinadigan mashqlantirish,
jamoadagi munosabatlar, jamoa oldidagi ma’suliyat, o‘zaro yordam,
faoliyatga beriladigan baho va munosabat.
b) O‘z-o‘zini anglashning shakllanishi axloqiy va etnik tuyg‘ular, o‘zini
anglashi, o‘z-o‘zini kuzatish, hamda baholash, nazorat qilish va
tarbiyalash.
v) Trenerning ta’siri o‘zaro muomala, hissiy reaksiyalar, mashqlantirish va
o‘rgatish usullari va vositalari, tarbiya vositalari va usullari.
Sportchilarni psixologik tayyorlashda trenerning o‘rni muhim
sanaladi. Trener sport sohasidagi bilimi va malakalari yuqori bo‘lishi bilan
birga boshqaruvchilik, shakllantiruvchi, tartibga soluvchi, gnosologik va
tarbiyalovchi kabi sifatlarga ega bo‘lishi bilan birga u psixolog ham
bo‘lishi lozim. Sportchini psixologik tayyorgarligida sport jamoasining
ijtimoiy muhiti ham muhim o‘rin tutadi. Har bir sport jamoalarida barcha
ijtimoiy guruhlarga hos bo‘lgan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar mavjud.
Sport jamoalari ikki va bir necha guruhlardan iborat bo‘lib, ularda status
va rollar, muomala va o‘zaro ta’sir vertikal (trener va sportchi) va
gorizontal (sportchi-sportchi) shaklda taqsimlanadi. Ular rasmiy va
20
norasmiy tizimlardan ham iborat bo‘ladi. Jamoa tizimida har ikki tizim
ham optimal darajada bo‘lishi lozim.
Sport jamoalarining miqdori haqida turli qarashlar mavjud. Aksariyat
tadqiqotchilar 6-7 kishilik guruh, ancha barqaror bo‘ladi deb ta’kidlashadi.
Barcha jamoalarda “Biz” tuyg‘usi, guruh a’zolari o‘rtasida ierarxiya,
psixologik muhit, maqsad va vazifalar mavjud. Sport jamoalarini
boshqarishda trener guruhlardagi liderlik masalalariga ham e’tiborli
qarashi lozim, chunki liderning salbiy va ijobiy hulq-atvori guruhda o‘ziga
xos psixologik muhitni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Sportchilarni psixologik tayyorlashda musobaqalarning psixologik
xususiyatlari, dinamikasi, o‘ziga xos qonuniyatlari, musobaqa oldi holatlar
sportchi oldiga katta talablar qo‘yadi. Bu esa ularni musobaqalarga maxsus
tayyorlash mashqlantirishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Sportchilarni musobaqaga taktik tayyorlashning psixologik asoslari
musobaqaga ruhiy tayyorlash sportchida musobaqa jarayonida
muvaffaqqiyatni ta’minlovchi sportchi shaxsi sifatlari va ruhiy holatlarini
shakllantirishga yo‘naltirilishi lozim. Bular musobaqa vaziyatlariga
moslashish, faoliyatning ekstremal xususiyatlariga tezkor va sovuqqonlik
bilan javob berish, musobaqalarda barqaror qatnashish, natijalarni
muntazam yaxshilab borish, o‘z kuchiga ishonish, jangovar ruh kabi
xususiyatlarni shakllanishiga to‘rtki bo‘ladi. Bu sifatlarning uzviyligi
sportchida o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantiradi. Sport faoliyatida beshta
asosiy jismoniy sifatlar: ildamlik, kuch, chaqqonlik,chidamlilik va
egiluvchanlik bo‘lib bu esa sportchidan o‘ziga xos talablarni qo‘yadi.
Mazkur jismoniy sifatlarning sportchilarda qanday tarzda tarkib topishida
temperamentlarning o‘rni ham muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |