22
3. Sportchilarni mashg‘ulot va musobaqalarda
irodaviy tayyorlashning psixologik jihatlari.
Sportchilarda iroda bu – o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda
qiyinchiliklarni еngib o‘tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli
ravishda tashkil qilishi va o‘z-o‘zini boshqarish jarayonidir.
Sportchida irodaviy harakatni o‘z ichiga oladigan motivlar hozir va
o‘tmishda o‘rin olgan tashqi ta’sirlar natijasi tariqasida, sportchining
psixik rivojlanishi jarayonida uning hayot va faoliyat hodisalari bilan faol
munosabati natijasida tarkib topadi va yuzaga chiqadi. Iroda asosini
sportchining harakatlanishiga sabab bo‘ladigan ehtiyojlarni tashkil etadi.
Harakatga undovchi sabab motiv deb aytiladi. Sport psixologiyasida
motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o‘zaro mustahkam
bog‘langan, lekin bir-biriga to‘la mos kelmaydigan mustaqil uchta turi
tushuniladi.
Birinchidan, sportchining ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan
faoliyatga undovchi sifatida namoyon bo‘ladigan motivlardir.
Ikkinchidan, motivlashtirish faollik nimaga qaratilganligini, nima
uchun aynan shunisi tanlanganligini izohlab beradi. Bu sportchi shaxs
yo‘nalishini tashkil etadi.
Uchinchidan, motivlashtirish sportchini ahloqi va faoliyatini o‘zi
boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bu vositalarga emotsiyalar, istaklar,
qiziqishlar bilan birga eng asosiysi iroda muhim sanaladi.
Iroda faoliyatning ichki qiyinchiliklarni еngishga qaratilgan ongli
tuzilma va sportchini o‘z-o‘zini boshqarish sifatida eng avvalo o‘ziga, o‘z
hissiyotlariga, xatti-harakatlariga hukmronlik qilishdir. Bu hukmronlik har
xil sportda sportchi uchun turlicha bo‘lib, irodasi kuchli va irodasi
kuchsizga bo‘linadi. Irodasi sustlikning namoyon bo‘lish doirasi xuddi
kuchli irodaning xarakterli sifatlari kabi rang-barangdir. Irodaning ijobiy
fazilatlari juda xilma-xil va ko‘pdir. Qahramonlik, sabotlilik, qat’iylik,
mustaqillik, o‘zini o‘zi tuta bilish va h.k.
Irodaning mustaqilligi murabbiyning fikrini, uning maslahatlarini
hisobga olishda ushbu fikrlar va maslahatlarga nisbatan ma’lum
tanqidiylikni nazarda tutadi. Qat’iylik kabi mustaqillik asosan, irodaviy
harakatni nazorat qilishning ichki to‘xtab qolishini aniqlaydi. Irodaning
mustaqilligi o‘jarlikka, tanbeh berishga qarama-qarshi bo‘ladi.
23
Irodaviy sifatni baholash kuchli va kuchsiz o‘lchov bilan
ifodalanmasligi kerak. Irodaning tarbiyalanganligi, agar hal qiluvchi
bo‘lmasa ham, muhim ahamiyatga ega.
Sportchilarni irodaviy sifatlarini tarbiyalash usullari turlicha bo‘lishi
mumkin, lekin ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishni o‘z
ichiga oladi:
1. Irodaviy sifatlarni tarbiyalashni arzimas qiyinchiliklarni bartaraf
etishni odat qilishdan boshlash kerak.
2. Qiyinchiliklarni va to‘siqlarni bartaraf etish ma’lum maqsadlarga
erishish uchun amalga oshiriladi. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo‘lsa,
irodaviy motivlar darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, sportchi shunchalik
katta qiyinchiliklarni bartaraf etishga qodirdir.
3. Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror qabul
qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilaversa sportchining
irodasi izdan chiqaveradi.
4. Har doim uzoqqa mo‘ljallangan maqsadni o‘z oldiga qo‘yishga
odatlanish kerak. Qilayotgan ishini tugatib yana nima bilan shug‘ullanish
rejasiga ega bo‘lish kerak.
Irodaviy tayyorlash – sportchini psixologik tayyorlash mazmuniga
kiradi va sport trenirovkasining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Iroda
sportchining shunday harakatidirki, bu harakat oldindan biror maqsad
qo‘yib va shu maqsadga erishish vositalarini oldindan belgilab, ongli
ravishda zo‘r berish demakdir. Iroda maqsadga erishishdan
qiyinchiliklarni, turli to‘siqlarni sportchidan ko‘pmi-ozmi talab etuvchi
jismoniy va ruhiy ko‘chish harakatlarini еngishida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi paytda sportchilarning g‘alaba uchun kurashishlarida iroda
omillari katta ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali sportchilarda
jismoniy texnik, taktik, tayyorgarliklar yuqori darajali bo‘ladi. Irodaviy
tayyorgarlik mazmunida sportchi shaxsiy irodasining ayrim tomoni
sifatida: maqsadga intilish, intizomlilik, ishonch, tashabbuskorlik, mardlik
mustaqillik, qat’iyatlilik, matonat, dadillik, o‘zini tuta bilish, chidamlilik
kiradi. Yuqorida aytilgan irodaviy sifatlar bir-biri bilan chambarchas
bog‘liqdir. Irodaviy harakat sportchilarda tayyorgarlik jarayonida
maqsadga erishishlariga qaratilgan har xil to‘siq va qiyinchiliklarni
bartaraf qilishni talab qiladigan harakatdir.
Sport faoliyatidagi bir-biridan farq qiluvchi ikkita asosiy
qiyinchiliklar mavjud:
1. Ob’ektiv;
2. Sub’ektiv qiyinchiliklar.
24
Ob’ektiv qiyinchiliklar: ma’lum sport turi uchun spesifik to‘siqlarni
еngishni shart qilib qo‘yadi va bu sportchi ayni sport turini egallay
olmaydi. Bu to‘siqlar hamma sportchilar uchun bir xildir.
Sub’ektiv qiyinchiliklarga asosan sportchidagi ma’lum sport turining
xususiyatiga trenirovka shartiga, sport musobaqasiga bo‘ladigan
sportchining shaxsiy munosabatlari kiradi. Qiyinchiliklarni bartaraf qilish
metodikasi, irodaviy sifatlarni tarbiyalashdan iborat bo‘ladi: ishontirish,
ibrat ko‘rsatish metodi orqali. Har xil sharoitda trenerovka va musobaqalar
o‘tkazish, musobaqa kurashlarida tajribalar to‘plash, o‘z -o‘ziga buyruq
berish orqali irodaviy sifatlari shakllanadi.
Sportchida irodaviy g‘oyaviy sifatlarning yaqqol ko‘rinadigan sharoit-
sport musobaqasidir. Chunki musobaqada sportchining barcha qobiliyati
va sifatlari namoyon bo‘ladi. Bu esa sportchini irodaviy g‘oyaviy jihatdan
tarbiyalash uchun butun bir real imkondir. Shu asosida trener hamda
sportchi shaxsidan o‘zi irodasidagi еtishmovchiliklarni tuzatish chorlarini
belgilay oladi. Sportchi irodaviy еtukligi qator musobaqalarda yutuqlari va
ko‘pchilik tasdig‘i bilan xarakterlanadi. Ma’lumki sportchi sport
jarayonida o‘z oldiga maqsad va vazifalar qo‘yadi. Bu maqsad va vazifalar
irodaviy sifatlarni tarbiyalashning sharoitidir. Lekin shuni ham aytish
kerakki, bu maqsad va vazifalar qanchalik ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lsa,
bularni sportchi qanchali aniqroq anglagan bo‘lsa shunchalik yaxshi natija
keltira oladi. Masalan: oldingi tajribangizdagi misollardan ma’lumki,
ko‘pincha sportchilar musobaqa jarayonida qattiq jarohatlansada kurashni
davom ettirib rekordlar keltirgan. Bu ulardagi iroda va ijtimoiy
g‘oyaviylikni qanchalik yuksakligidan dalolatdir. Lekin sport maydonida
aksincha holatlar ham uchrab turishi mumkin. Masalan: ba’zi sportchilar
o‘z sportchi shaxsiy ustunligini nazarda tutib musobaqada ishtirok etadilar.
Bu esa ko‘pincha individualizm, maqtanchoqlik, o‘z sportchi shaxsini
oshiqcha ko‘tarib yuborish kabi salbiy sifatlarni shakllanishiga olib keladi.
Demak sport jarayonida ijobiy sifatlar bilan birgalikda salbiy sifatlar ham
namoyon bo‘lib turadi. Salbiy sifatlarning paydo bo‘lib turishining asosiy
sababi sportchini birinchidan jismoniy, texnikaviy va taktikaviy еtuk
emasligida bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning irodaviy va g‘oyaviy
tomondan еtarli tayyorlanmaganligidadir. Shu sababali trener sporchining
bu ikki muhim tomoniga alohida e’tibor bilan qaramog‘i lozim.
Musobaqalarda sportchilarning imkoniyatlarini aniqlash va belgilab
olishda ularni irodaviy sifatlarini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu ham psixodiagnostikaning eng zaruriy bo‘limlaridan biri
hisoblanadi. Sportchining start oldidagi psixik holatiga asoslangan holda
25
musobaqadan oldingi prognozlarga ayrim o‘zgartirishlar kiritiladi.
Musobaqalardan oldingi diagnostika birinchi navbatda boshqaruv
vositalarini yoki startoldi emotsional, irodaviy holatlarini o‘z-o‘zini
tartibga solish vositalarini zamonaviy tarzda qo‘llay bilish uchun zarurdir.
Psixodiagnostika maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi uchun u albatta sport
murabbiyiga va sportchiga bag‘ishlangan ayrim sport turlari bo‘yicha yoki
musobaqalar jarayonida qo‘llanish uchun tavsiya etilgan psixologik-
pedagogik tavsiyalarga muvofiq kelishi kerak. Hozirgi zamon jahon sporti
uchun xos bo‘lgan xususiyatlar sifatida sportchini natijalarga erishishida
mashg‘ulot va musobaqalardagi qiyinchiliklarga bardosh berish bilan birga
irodalarini mustahkamlash, qiyinchiliklardan chiqa olish, o‘zini qo‘lga
olish va xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarishni shakllantirish
lozim.
Sportchining irodaviy hususiyatlari kerakli darajada rivojlanmagan
bo‘lsa, hatto jismoniy va texnik jihatdan juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan
sportchining imkoniyatlari baland bo‘lganda ham musobaqada g‘alabaga
erisha olmasligi mumkin. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki,
sportchining irodaviy jihatdan psixologik tayyorgarligi xuddi uning
jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligi kabi o‘ta muhim ahamiyat kasb
etadi.
Sportchining irodaviy psixologik tayyorgarligi, sportdagi ta’lim tarbiya
jarayonining muayyan bir qismidir. U muayyan sport turidan kelib chiqqan
holda sportchi shaxsining psixik funksiyalarini hamda xususiyatlarini
rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan.
Sportdagi irodaviylik ulardagi jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlik
jarayonida sportchining harakat faolligining barcha ko‘rinishlari ularni
ongli ravishda boshqarish asosida rivojlantirilishi va takomillashtirilishini
ta’minlaydi. Bu esa psixologik tayyorgarlik jarayonida, aynan mana shu
boshqaruv mexanizmlari rivojlanadi, ya’ni sportchining ongli harakat
tizimini belgilab beradi.
Sportdagi irodaviy psixologik tayyorgarlikning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
1. Sportchi sportchi shaxsining ijobiy xususiyatlarini shakllantirish va
o‘stirish;
2. Sporchining bilishga oid psixik jarayonlarini yuqori darajada
rivojlantirish.
3. Sportga oid his-tuyg‘ularni kengaytirish va chuqurlashtirish ularni
boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish;
26
4. Sportchining irodasini mustahkamlash, uni irodaviy zo‘riqishini
safarbar etishga o‘rgatish;
5. Barcha psixik funksiyalarni ongli ravishda boshqarish usullari bilan
qurollantirish;
6. O‘z harakatlari va faoliyati, shuningdek, organizmning funksiyalarini
ongli ravishda boshqarish darajasini oshirish;
7. Sportchilar jamoasida ijobiy “psixologik iqlim”ni yaratish.
Sportdagi irodaviy psixologik tayyorgarlikning yuqorida tilga olingan
vazifalari sportchilarni tayyorlashdagi bu murakkab jarayonlarga xos
imkoniyatlarning barchasini qamrab olmaydi, balki umumiy psixologik
tayyorgarlikning asosiy tendensiyasini ifodalaydi.
Sportchilarni irodaviy psixologik tayyorlash masalasining hal etilishini
rejalashtirish asosida amalga oshiriladi. Bu rejani kim tuzadi? Albatta
mazkur reja sport murabbiysi tomonidan tuziladi. Ushbu rejani tuzish
chog‘ida bir qator xususiyatlarni hisobga olish kerak bo‘ladi. Jumladan:
sport turini, sportchining yoshi va mahoratini, uning individual
xususiyatlarini. Psixologik tayyorgarlikning umumiy rejasini nisbatan
uzoqroq davr uchun, masalan bir yilga tuzish maqsadga muvofiq. Bunday
reja ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi: birinchi bo‘lim – musobaqalarga
umumiy psixologik tayyorgarlik, ikkinchi bo‘lim esa – muayyan
musobaqaga psixologik tayyorgarlikni qamrab oladi. Birinchi reja nisbatan
uzoq maqsadni ko‘zlagani uchun u ma’lum darajada barqaror bo‘ladi,
ikkinchisi esa muayyan musobaqaga moslab tuziladi, shu sababli ham
oldinda turgan musobaqaga tayyorgarlikning o‘ziga xos jihatlaridan kelib
chiqqan holda o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi, qisqartirilishi mumkin.
Sportchini musobaqaga irodaviy psixologik tayyorlash uchun
quyidagilar zarur:
1. Reja tuzilayotgan sportchining yoshini bilish;
2. Uning sport mahorati darajasini hisobga olish;
3. Psixologik tayyorgarlikning maqsad va vazifalarini belgilash va
ulardan kelib chiqqan holda aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
4. Sport turining psixogrammasini aniqlashtirish, ya’ni ushbu sport
turini takomillashtirish uchun qanday sportchi shaxsiy, psixik, psixomotor
sifatlar talab etilishini, musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun
qanday psixik holatlarni shakllantirish lozimligini aniqlash;
5. Tayyorgarlik mashqlari jarayonida sportchining motivatsiya
vositalarini aniqlash;
6. Psixodiagnostika vositalarini aniqlash (sportchi shaxsi rivojlanishi va
sport mahoratining oshib borish dinamikasini aniqlashtirish uchun),
27
psixogigiena vositalarini (sportchining psixik holatini kuzatuvchi nazorat
vositalari, sportchini jismoniy jihatdan qayta tiklash), xotirani, aqliy
qobiliyatni, irodaviy sifatlarni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan umumiy
psixik rivojlanish vositalarini kiritish;
7. Mashg‘ulot jarayonida va undan keyingi psixik holatlarni boshqarish
va sportchining o‘z-o‘zini tarbiyalashi uchun zarur vositalarni tanlash;
8. Sportchilarning musobaqalashuv xarakteridagi ekstremal vaziyatlarda
emotsional barqarorligini shakllantirishga yo‘naltirilgan vositalarni
belgilash kabilar muhim ahamiyat kasb etadi.
Murabbiylar sportchilarni mashg‘ulotlar jarayonidan boshlab irodaviy
zo‘r berishni tarbiyalash lozim. Chunki ilk bor yosh sportchilarni bolalar
va o‘smirlar sport maktablariga qabul qilinganida ularni mashg‘ulotlar
orqali jismoniy sifatlari rivojlantiriladi, bunda albatta ularni irodaviy
sifatlari ham muhim o‘rin tutadi. Mashg‘ulotlar jarayonidagi
qiyinchiliklar, musobaqalashuv jarayonlarida shikastlanish yoki zarbalar
kuchiga bardosh berish va buni еngib o‘tishga qaratilgan chidamlilik,
sportchilarni irodaviy tarbiyalanganlik darajasini belgilaydi.
Mashg‘ulotlar jarayonida sportchilarni irodaviy sifatlarini tarbiyalashda
quyidagi xususiyatlarni alohida ko‘rsatib o‘tish lozim:
1. Sport mashg‘ulotlarida psixik jarayonlarni, sportchi shaxsining holatlari
va xususiyatlarini takomillashtirish muammolari hal etiladi.
2.
Sport
mashg‘ulotlari
yuqori
darajadagi
psixik
zo‘riqish-
larni boshdan kechirish va ularga moslashish bilan bog‘liqdir.
3. Sport mashg‘ulotlari sportchi tomonidan shu paytgacha o‘zi erishgan
jismoniy va psixik rivojlanish darajasini izchil oshirib borilishi bilan
bog‘liqdir. Bu jarayonda u o‘z-o‘zini еngib borishi lozim bo‘ladi, ayniqsa
o‘zining tayyorgarlik darajasini oshirish borasida bu talablar yanada
yaqqolroq ko‘zga tashlanadi.
4. Sport mashg‘ulotlari sport faoliyati oldiga qo‘ygan vazifalarga muvofiq
ravishda qat’iy intizomni va hayot tartibiga rioya etishni talab qiladi.
5. Sport mashg‘ulotlarining samaradorligi sportchining mashg‘ulotlar
jarayonining turli tomonlariga munosabati va qo‘llanilayotgan motivatsiya
tizimlarining mukammalligiga bog‘liqdir.
6. Sport mashg‘ulotlari maxsus muloqot sharoitlarida kechadi, ya’ni,
murabbiy bilan muloqotlarda. Murabbiy oldidagi asosiy vazifalardan biri
bu sportchida o‘z imkoniyatlarini oxirigacha ishlatish ishtiyoqini
uyg‘otishdan iboratdir.
28
7. Mashg‘ulotlarda sportchining yoshi, jinsi va uning jismoniy sifatlariga
mos bo‘lmagan yuklamalar natijasida ularda psixik zo‘riqishlarni kelib
chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Hozirgi zamon mashg‘ulotlari sharoitida shu darajada yuqori jismoniy
mashqlar o‘tkaziladiki, aksariyat hollarda sportchilar kuchli psixik
irodaviy zo‘riqish holatiga tushib qoladilar. Aslini olganda sportdagi
irodaviy psixik zo‘riqish – ijobiy omil, zero u sportchi organizmining
barcha funksiyalar va tizimlari faollashganini ko‘rsatadi, yuqori samarali
faoliyatni ta’minlaydi. Biroq bunda noxush omillar asosida (uzoq davom
etadigan va yuqori darajadagi zo‘riqishlar, jismoniy mashqlar oldidagi
qo‘rquv, tevarak-atrofidagilar bilan yomon munosabat, motivatsiyaning
еtarli darajada asoslanmaganligi, o‘ziga ishonmaslik va hokazolar) psixik
zo‘riqishlar, funksiyalar uyg‘unligini buzishi, sportchi tanasidagi kuch-
quvvatning ortiqcha darajada va behuda sarflanishiga sabab bo‘lishi
mumkin. Irodaviy psixik zo‘riqishning u qadar kuchli bo‘lmagan darajasi
hech qanday asorat qoldirmaydi va bir necha kundan so‘ng mutlaqo
barham topadi.
Irodaviy zo‘riqishlarni uch bosqichga ajratish mumkin. Bular:
asabiylik, jizzakilik, asteniklik.
Dostları ilə paylaş: |