Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Bokschida umumiy psixologik tayyorlashda quyidagi tavsiyalar



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

Bokschida umumiy psixologik tayyorlashda quyidagi tavsiyalar 
muhim sanaladi:
 
Psixologik jihatdan o‘zini tiklash usullarini o‘zlashtirish (masalan, 
relaksatsiya);
– murabbiy bokschi uchun andaza sanaladi va shuning uchun 
murabbiylar har qanday joy va vaziyatda o‘zini munosib tutishi 
lozim;
– mashg‘ulotlarni olib borish uchun kerakli do‘stona muhitni yarating 
va iloji bo‘lsa psixolog xizmatidan samarali foydalaning;
– musobaqalar va mashqlarning darajasini bosqichma-bosqich oshirib, 
bokschiga yangi qiyinchiliklar yarating;
– mashg‘ulot hajmi bokschining tayyorgarlik darajasi va ish hajmiga 
moslashish holatiga mos bo‘lishi lozim;
– mashg‘ulot va ish hajmini bokschi bilan muhokama qiling;
– asosiy musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun avval kichik 
musobaqalarda ishtirok eting;
– ijro mahorati bokschi bilan muhokama qilinganda bokschining 
yutuqlarini maqtash, lekin mashg‘ulot va musobaqa natijalari 
bo‘yicha bokschiga еtarli darajada ma’lumot berish lozim;
– tanqid qilgandan ko‘ra bokschiga zaif tomonlarini bartaraf etishni 
o‘rgatgan ma’qul;
– kichik turnir va musobaqalardagi ishtirok nafaqat g‘alaba qozonib 
o‘zida ishonchni va ijobiy psixologik holatni shakllantirish, balki 
o‘rganilgan taktikalarni amalda qo‘llash va tajriba to‘plash uchun 
ham muhim ahamiyatga egaligiga urg‘u bering;
Bokschining kayfiyati past bo‘lganda:
– mashq turlarini o‘zgartiring;
– mashg‘ulot muhitini o‘zgartiring;
 
Musobaqa uchun psixologik tayyorgarlik 
– Bokschini musobaqadagi muhit ya’ni jang maydonidagi yoritish 
tizimi, tomoshabinlar ommasi, raqiblar va boshqa narsalardan 
xabardor qiling;


14 
– bokschini musobaqalardagi kutilmagan vaziyatlarni еngib o‘tishga 
o‘rgating va buning uchun “agar...vaziyat sodir bo‘lsa” degan taktika 
bilan mashg‘ulot olib boring;
– agar bokschiga omma haqoratli tovush bilan qichqirishni boshlasa 
o‘zini yuqotmaslik, o‘zini qo‘lga ola bilish; 
– agar bo‘lajak jangda bokschiga kuchli raqib duch kelsa, raqibni har 
tomonlama o‘rganish va shunga qarshi usullarni ishlab chiqish;
– musobaqadan so‘ng psixologik holatni tiklash mashg‘ulotini tashkil 
eting masalan autogen mashqlari; 
– faol xordiq (uyqu, tabiat);
– spa, sauna, massaj;
– qisqa muddatli dam olish kunlari.
Bolalar bilan albatta o‘tkazilgan mashg‘ulot, musobaqa natijalari
muhokama qilinishi kerak. Bolalarni dam olishida yoki ertasi kuni barcha 
ruhiy kechinmalarga ishonib, bolalar o‘zlarini xatti-harakatlarini baholay 
olishi, kamchiliklarni tan olish imkon bo‘lganda aniq, to‘g‘ri 
ko‘rsatmalarga tayanish lozim. Muhokamada, albatta, barcha sportchilar 
qatnashishlari zarur. Muhokama vaqtida yo‘q bo‘lganlar nomiga umuman 
kamchiliklar aytish tavsiya etilmaydi. Muhokama vaqtida murabbiy juda 
ehtiyotkorlik bilan har bir holatni, sportchini shaxsiga tegmasdan tahlil 
etilsa, kelgusida ushbu sportchilarni irodasi, psixologik holati 
mustahkamlanadi. 
Sportchining musobaqada g‘olib bo‘lishi uchun kurashida 
uchraydigan qiyinchiliklar va har qanday irodaviy harakatlarni amalga 
oshirishda ular turlicha qarshiliklarga uchraydilar, ya’ni: 
1. Ichki qarshiliklar (sportchining o‘ziga xos bo‘lgan qarshiliklari). 
2. Tashqi qarshiliklar (ob-havoning noqulay kelishi, raqibning noqulay 
bo‘lishiga va hokazo). 
Yuqoridagi qiyinchiliklarni еngish uchun kurashda odamlar ham 
kuchli irodali va irodasi kuchsiz odamlarga bo‘linadi. Inson irodasi bir 
qancha sifatlarga ega. 
Masalan, irodaning ijobiy sifatlari qat’iyatlilik, dadillik, mustaqillik, 
prinsipiallik va o‘zini tuta bilish kabilardan iborat. Irodaning salbiy 
sifatlari esa qat’iyatsizlik, ikkilanishlik, mustaqilsizlik, o‘zini tuta 
olmaslik kabilardan iborat. 
Ruhiy zo‘riqish sharoitida bo‘lgan sportchi holatini optimal (maqbul) 
holatga keltirishning bir necha usullari ishlab chiqilgan, bular: 


15 
1. Ruhiy boshqarish mashqlari. 
3. Jismoniy mashqlar. 
4. Nafasni boshqarish mashqlari . 
5. Munosabatlarni boshqarish. 
6. «Irodaviy gimnastika».
7. Uyquni boshqara olishlik. Katta musobaqalar oldidan ayrim sportchilar 
bir necha kun yaxshi uxlay olmasligi mumkin. Bu esa uning sport 
natijalariga salbiy ta’sir etadi. 
8. Farmakologik usullar.
9. Autogen mashqlar orqali sportchilarni ruhiy zo‘riqishlarini bartaraf 
etish va psikorreksiyalash mumkin. 
Sportchilarni mashg‘ulotlar jarayonlarida, musobaqalar oldi va 
musobaqalardan so‘ng o‘zini-o‘zi ishontirish mashg‘ulotlari ya’ni autogen 
mashqlarini o‘tkazish lozim. Bu o‘tkaziladigan mashqlar sportchilarni 
o‘ziga bo‘lgan ishonchini his qilish, psixomotor, sensomator harakatlarini 
tahlil qilish orqali jismoniy sifatlari, texnik-taktik jihatlarini raqibdan ustun 
yoki kamchiliklarini taqqoslash imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin