2. Sportchilarni psixologik tayyorlash.
Psixologik tayyorgarlik bu – pedagogik jarayon bo‘lib sportchini
ahloqiy-irodaviy sifatini еtuk sportchi shaxsi sifatida tarbiyalashga
yo‘naltirilgan jismoniy sifatini rivojlanishi va irodaviy hususiyati
harakterini tarbiyalashga o‘zaro bog‘liqdir. Iroda xuddi mushakday
faqatgina ob’ektiv va sub’ektiv qiyinchiliklarni еngib o‘tish natijasida
harakat faoliyatini namoyon qilish jarayonida rivojlanadi. Bu qiyinchiliklar
murakkab texnik o‘yin usullarini zaruriyatdan egallash charchashni еngib
o‘tish, o‘zini tuta bilish emotsional holatini boshqarish, murakkab sport
yakka kurashishi qiyin sharoitda yuqori ish qobiliyatini saqlashdan
iboratdir. Shunday qilib jismoniy yuklama iroda chiziqlarini o‘ziga
xosligini shakllantirish vositasi hisoblanadi. Irodaviy sifatini o‘ziga xosligi
shundaki, ular faoliyat ko‘rinishida namoyon bo‘lib, rivojlanishdan kelib
chiqadi. Shu еrda sharoitni yaratish zarurki, bunda harakterini kuchli
tomonlari rivojlanadi va mustahkamlanadi. U еrda bir qarorga kelishlik,
jasurlik, o‘zini tuta bilishlikni namoyon qilish zarur.
Shuni yodda tutish kerakki, bolalarga ta’sir ko‘rsatish ostida
emotsional qo‘zg‘alishni tez-tez nazorat qiladi, ayrim vaqtda o‘ylamasdan
hal etish ko‘pincha bu o‘yin tayyorgarligini va texnikasini еtarli
bo‘lmasligi natijasida bo‘ladi. O‘z-o‘zini nazorat qilish va tezda fikrlash,
tajriba oshirilgan yuklamani bajarish jarayonida amalda orttirilgan bilim
bilan o‘tadi. Psixologik tayyorgarlik jarayoni umumiy tayyorgarlikka
(asoslovchi tarbiya, muntazam ravishda shug‘ullanishga undashga, harakat
malakalarini takomillashtirishga, qiyinchiliklarni еngib o‘tishga) va
musobaqalarga tayyorlash, qachonki bir necha musobaqalarda yoki ushbu
musobaqada qarshi kurashishga eng yuqori psixologik tayyorgarlikni
yaratish bo‘yicha ish o‘tkaziladi.
Ahlokiy va irodaviy sifatni tarbiyalash bu mafkuraga qat’iy ishonch,
jamoatchilik, vatanparvarlik va irodaviy sifatni shakllantirishni bir butun
jarayonidir: jasorat, jur’atlilik, tirishqoqlik, o‘zini puxta bilish.
Bolalar bilan ishlashda qiyinchiliklarni еngib o‘tishda ongli
munosabatda bo‘lish asosida ularni muntazam trenirovka mashg‘ulotlarga
qatnashtirish juda muhim. Aniq misollarga asoslangan har kunlik
tushuntirish ishlari esa yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin. Bola uchun
irodani rivojlantirishni eng yaxshi vositasi qiyinchiliklarni еngib o‘tish
charchashga qarshi kurashish mashqi xizmat qiladi, shuningdek o‘quv
12
o‘yinlari va musobaqalar xarakterni qat’iyligi, jur’atliligi, tirishqoqligi va
qat’iy turishida zarurat tug‘ilganda namoyon bo‘ladi.
Bolalardagi jasorat va jur’atlilik tez-tez emotsional momentlarni
asoslaydi va logik dalil-isbot kuchini namoyon qilmaydi, balki bolani
sezgi tezligini qamrab oluvchi kuchdir. Hattoki ayrim vaqtda o‘yin
usullarini trenirovkada, musobaqada, bajarishga qo‘rqadi, o‘yinni
emotsional holatida ta’sir qilishi ostida ko‘proq muvaffaqqiyatli bajaradi.
Shuning uchun o‘qituvchi yosh sportchilarni tayyorlashda, o‘yin
harakatini tahlil qilishda ma’lum daqiqani sezgirlik bilan namoyon qilishi
kerak. Psixologik tayyorgarlikni ahamiyati qo‘yidagi uslublar bilan amalga
oshiriladi:
– qiyinchiliklarni еngib o‘tish bo‘yicha mashq uslubi;
– zarur bo‘lgan psixologik holatda sportchilarni to‘g‘rilash maqsadida
mashqqa to‘g‘irlash uslubi;
– ideomotor mashqini kelgusi harakat faoliyatini aniqlashtirish va fikran
o‘ziga qabul qilish, qayta ishlab chiqishga imkon beradigan usul;
– bo‘lajak faoliyatga tayyorlash va mashq yordamida zo‘riqishni
pasaytirish bilan imkon beradigan mashg‘ulotni boshqarish uslubi;
– bolalar bilan ishlashda irodaviy sifatni tarbiyalash bo‘yicha asosiy
tavsiyalar:
a) irodaviy zo‘r berishni namoyon qilish bo‘yicha vazifani tushunarli, aniq
qo‘yish shart, shug‘ullanuvchilarni imkoniyatlariga har doim mos kelishi
kerak.
b) topshirilgan vazifalarini o‘z vaqtida aniq bajarishga erishish;
v) mashg‘ulotda jismoniy yuklamani bajarishga faol munosabatni
shakllantirish, musobaqada berilgan ko‘rsatmani o‘z vaqtida bajarishga
erishish;
g) dam olish va mehnat rejimiga rioya qilishga jismoniy va texnik-taktik
tayyorgarligidagi o‘zini kamchiliklarini bartaraf qilish ustida ishlashga
shug‘ullanuvchilarni majbur etish;
d) o‘yinda mo‘ljallangan ko‘rsatmani tayyorlashda, belgilangan rejalarni
amalga oshirishda, shug‘ullanuvchilarda o‘zlarining kuchlariga ishonch
hosil qilishni yaratish yoki shakllantirish.
Binobarin, boksda psixologik tayyorgarlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Ringda muvaffaqqiyat qozonish uchun asosiy omil hisoblanadi. Boks
jismoniy kuch talab etuvchi Olimpiada o‘yinlarining sport turi sanaladi va
bokschi ringda nafaqat ko‘p energiya sarflaydi, balki raqib tomonidan ijro
etiladigan asab buzar harakatlar bokschini chalg‘itishi mumkin, shuning
uchun ham psixologik tayyorgarlikka ehtiyoj seziladi.
|