Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Trening jarayonida guruh a’zolari soni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

Trening jarayonida guruh a’zolari soni 8-10 kishidan 19-20 gacha 
bo‘lishi ma’qul variant hisoblanadi. Eng ideal, ya’ni trener uchun ishlash 
еngil va yuqori samaraga erishish mumkin bo‘lgan guruh 13-15 kishidan 
iborat bo‘lgan guruhdir. Ishtirokchilarning ko‘payib ketishi o‘zaro ishonch 
muhitining tarkib topishiga halaqit berishi mumkin. A’zolari kam bo‘lgan 
alohida guruhlarda esa ishtirokchilar bir-birlaridan tez zerikishlari ehtimoli 
mavjud. 13-15 kishilik guruhda guruh a’zolari va trener bir-birlarini tezroq 
tushunadilar va ularning ahillashishlari oson kechadi.
Lekin ba’zi treninglar tavsiya etilgan sondan ko‘proq kishilar bilan 
mashg‘ulot o‘tishga ham to‘g‘ri kelishi mumkin. Agar guruhda 
ishtirokchilar soni 25 kishidan ortib ketsa dastur va mashqlar 
ishtirokchilarni bir necha guruhlarga bo‘lgan holda o‘tkaziladi, ammo 
bunda ko‘p vaqt talab etiladi va ishtirokchilarning diqqati bo‘linadi. Aynan 
psixologik trening uchun bunday hol tavsiya etilmaydi, chunki bu kutilgan 
natijaga erishishga halaqit beradi va ishtirokchilarning noroziligiga olib 
kelishi mumkin. 
Treningda ishtirokchilarning jinsi masalasi ham muhim ahamiyatga 
ega. Ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng 
bo‘lishi kerak. (7 ta ayol 6 ta erkak, yoki 6 ta ayol 9 ta erkak). Chunki 
qaysidir jins vakilining ko‘p, qaysinisiningdir kam bo‘lishi guruhning 
o‘zaro erkin munosabatda bo‘lishi va ular orasida ishonch muhitining 
vujudga kelishiga halaqit berishi mumkin. Bundan tashqari guruhda 
erkaklar sonining ko‘p bo‘lishi (10 ta erkak 5 ta ayol) olib borilayotgan 
bahs-munozaralarda erkaklarcha munosabatning ustun bo‘lishiga, aksincha 
holat (12 ayol 4-5ta erkak) esa ayollarga xos fikrlarning ustunlik qilishiga 
olib kelish ehtimolini oshiradi.
Trening ishtirokchilarining yoshi iloji boricha taxminan teng 
bo‘lishi, ya’ni ular orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi maqsadga 
muvofiq. Har qanday trening trenerning qisqacha ma’lumot berish bilan 
boshlanadi. Bunda u treningning maqsadi, vazifalari, shuningdek, 
sportchilar egallashi mumkin bo‘lgan natijalar haqida gapiradi. Ya’ni 
ishtirokchilarga trening haqida tushuncha, uning qanday tashkil qilinishi, 
o‘tkazilishi va ishtirokchilar trening oxirida qanday natijalarga erishishi 


59 
mumkinligi tushuntiriladi. Trening mashg‘ulotlarini tashkil etishda yana 
quyidagi holatlarni ham hisobga olish lozim. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin