Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

Kompromiss — ya’ni kelishuvchanlik. Bahsli vaziyatlarda "Sen ham 
yutqizma, men ham yutqizmay" qabilida ish tutish, munozarali vaziyatdan 
ikkala tomon ham xafa bo‘lmay chiqib ketish imkoniyatini izlashdan iborat 
bo‘lgan holdir. Albatta, bu yuqorida sanab o‘tilgan munosabat tiplarining 
orasida eng samaralisi hisoblanadi. Lekin bu xil munosabat vaziyatni 
aynan hozir hal etishga, "keyin nima bo‘lsa bo‘lar" qabilida ish tutishga 
qaratilgan bo‘ladi. Bunda salbiy jihati shundaki, muammoni oxirigacha hal 
etilmasa, bora-bora baribir nizo kelib chiqishi mumkin. 
Hamkorlik — bu holat muloqot jarayonida ishtirok etayotgan barcha 
ishtirokchilarning o‘zaro manfaatlarini hisobga olgan holda muloqotda 
bo‘lish va muammoli vaziyatni oxirigacha hal etishga intilishdir. Har 
qanday muloqot jarayonida hamkorlikka erishish uchun erishiladigan 
oxirgi natija ikkala tomonning xam manfaatlarining qondirilishi va 
ularning qiziqishlariga mos kelishi kerak. Oilaviy munosabatlar, 
ishxonadagi vaziyatlar va turli hollardagi insoniy munosabatlarda bu usul 
juda ko‘p qo‘llaniladi. 
Demak, aytish mumkinki, murabbiyning birgalikdagi faoliyat va 
hayotga, ya’ni muloqotga halaqit beruvchi to‘siq hamda noxushliklarni o‘z 
vaqtida bartaraf etishga intilish kerak. Buning uchun eng yaxshi usul — 
unutishdir. Unutish vazifasini esa vaqt bajarishi mumkin, ya’ni vaqt o‘tishi 
bilan biz nizoli vaziyatlarni, kim bilandir o‘rtamizda paydo bo‘lgan noxush 
vaziyatlarni unuta boshlaymiz. Lekin hozirgi jadal taraqqiyot davrida 
vaqtga ishongandan ko‘ra, faol harakat qilib nizoli vaziyatlar natijasi 
bo‘lgan noxushliklarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish samaraliroq 
natijalar berishi mumkin. Buning uchun esa shu maqsadda tashkil 
etiladigan treninglar yaxshi natija beradi.
Sportchilar o‘zlarini musobaqalarda yaxshi xis etishlari uchun va 
jamoada sog‘lom psixologik muhitni ta’minlashda doimiy mazkur 
psixotreninglarni o‘tkazish lozim. 


62 
Trening mashg‘ulotining boshlang‘ich bosqichi treningning 
samaradorligini ta’minlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu bosqich birinchi 
kundagi quyidagi bosqichlarini o‘z ichiga oladi:
1. Guruhiy normalarni ishlab chiqish bosqichi. 
2. Tanishuv bosqichi. 
3. Kutishlarni aniqlash bosqichi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin