e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash
* “Faollik”. Ya’ni guruhning har bir a’zosi bajaradigan
mashg‘ulotlarda o‘z faolligini namoyon etishi lozim.
Bulardan tashqari trener tomonidan guruh ishtirokchilariga nisbatan
bilib olishi uchun quyidagilar alohida ta’kidlab o‘tilishi shart:
Birovning fikrini umuman noto‘g‘ri deb hisoblagan yoki unga
qo‘shilmagan taqdirda ham uni to‘xtatib qo‘yish yoki uning ustidan
kulishga hech kimning haqqi yo‘q.
Ishtirokchilar bir-birini masxaralashi yoki g‘ururiga tegadigan gaplar
aytishi mumkin emas.
Ishtirokchilar ham, boshlovchi ham, agar savol uning sportchi shaxsiy
hayotiga tegishli bo‘lsa, javob bermaslik huquqiga ega.
Boshlovchiga savollar va fikrlar anonim tarzda berilish imkoniyati
yaratilishi shart. Lekin bu haddan tashqari chegaradan chiqish imkonini
bermasligi, ya’ni boshlovchining sportchi shaxsiyatiga tegish kabilarga
yo‘l qo‘yilmasligi ta’minlanishi kerak.
Normalarni mashg‘ulot o‘tkazishdan avvalroq katta qog‘ozga yozib,
xonaga osib qo‘yish yoki guruh a’zolari bilan birgalikda "Aqliy hujum"
usuli orqali aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq.
Bu trener va ishtirokchilar orasidagi birinchi guruhiy kelishuv
hisoblanadi. Bunda shu narsa muhimki, har bir kishining fikrini albatta
eshitish, nima uchun bu tamoyilga hayrixohligi yoki noroziligini
izohlashini so‘rash lozim. Tamoyillarni tasdiqlashni ovozga qo‘yish
kerakmas. Chunki agar kimdir guruhning fikriga norozi bo‘ladigan bo‘lsa,
uni ko‘ndirishga harakat qilish yoki guruh boshqa qarorga kelishi lozim
bo‘ladi. Uning fikrini inobatga olmaslik esa guruhdagi pisixologik iqlimga
salbiy ta’sir etishi aniq. Ya’ni fikri inobatga olinmagan ishtirokchida
norozilik holati paydo bo‘ladi va bu uning treningdagi butun ishtiroki
davomida noroziligini namoyon qilib, qolganlarga halaqit berishi mumkin.
65
Bundan tashqari agar bu sportchi shaxsi o‘zini past baholovchi sportchi
shaxsi bo‘lsa, unda ruhiy tushkunlik, o‘z-o‘zini baholashning pasayishi va
h.k.lar ham paydo bo‘lish ehtimolini tug‘diradi.