Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


munozara o‘tkazishning bosqichlari



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

munozara o‘tkazishning bosqichlari. 
 
Munozara jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi lozim. 
1. Yo‘naltirish bosqichi — bunda munozara mavzusi tanlanadi
maqsad aniqlanadi, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan tushuncha, fikr, 
mulohazalar asosida ish uchun zarur bulgan axborot yig‘iladi. 
2. Vaqtni boshqarish bosqichi — bunda trener mavzuni e’lon qilish, ish 
shaklini tushuntirish va zaruriyatga qarab ishtirokchilarning fikrini 
yo‘naltirib turish uchun vaqtni oldindan taqsimlashi lozim. 
3. Baholash bosqichi — muhokama davomida barcha fikrlar eshitib 
bo‘lgandan so‘ng ularni tartib bilan asosli tarzda va hamkorlikda baholash 
juda muhimdir. 
4. Tugallash bosqichi bunda munozara yakunlari sarhisob qilinadi. 
Guruhiy munozarada trener guruhda ishonch muhitini yaratish uchun 
mas’uldir. Shuning uchun u bir paytning uzida 2 ta rolni ham trener, ham 
ishtirokchi rolini o‘tashga burchlidir. Va oxirida trener yagona xulosani 
e’lon qiladi, ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi. 
 
Trening jarayonida mashq usuli 
Mashq usuli — trening jarayonida ishtirokchilarni faollashtirish, 
kayfiyatini ko‘tarish, ular orasida o‘zaro ishonch va samimiylik muhitini 
yaratish maqsadida pisixogimnastik mashqlar usulini qo‘llash taktikasidir. 


74 
Mashq usuli — zarur malaka va ko‘nikma hosil qilish hamda ularni 
mustahkamlash uchun nazariy, amaliy bilimlarni ongli ravishda, ko‘p 
martalab takrorlashdan iborat. 
Bu usulning vazifasi — olingan bilimlardan ko‘nikma va malakalarga 
o‘tishdir. 
Shuningdek, mashqlar trening davomida olingan ma’lumotlarni 
ishtirokchilar qanday o‘zlashtirayotganligini ham ko‘rsatadi. Trenerdan 
talab qilinadigan xususiyatlar, ya’ni mashqni tanlashda trener nimalarni 
hisobga olishi zarurligi haqida gap ketganda quyidagilarni ta’kidlab 
ko‘rsatish joiz. 
Trener birinchi navbatda mashqni o‘tkazish natijasida guruhda 
qanday holat vujudga kelishini hisobga olishi lozim. Bunda asosan 2 xil 
holat kuzatiladi: 
a) 
butun guruhning holati o‘zgaradi. 
b) 
guruhdagi har bir ishtirokchining holati o‘zgaradl. 
Ikkinchi navbatda trener guruh taraqqiyotning qaysi bosqichida 
turganligini hisobga olishi kerak. Buni bilishning zaruriyati shundaki, 
guruh ishtirokchilari qanchalik jipslashgan bo‘lsa, o‘zini erkin sezsa, 
o‘tkazilayotgan mashqlar tahlikasiz o‘tadi. Ayniqsa guruh a’zolarining tana 
kontaktlariga oid bo‘lgan va ko‘zni yumib bajariladigan mashqlarga e’tibor 
qaratish kerak, chunki bunday mashqlarning bevaqt o‘tkazilishi guruhda 
zo‘riqish yoki norozilik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. 
Trener hisobga olishi zarur bo‘lgan uchinchi holat kun vaqtini 
hisobga olishdir, kun boshlanishida guruhda ishchanlik, ahillik, o‘zaro 
ishonch muhitini yaratuvchi mashqlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. 
Bu — guruhning ayni paytdagi ishga taalluqli bo‘lmagan tashvish va 
muammolarini unutishga olib keladi, guruh a’zolari "hozir va shu еrda" 
degan sharoitni sezishadi. Bundan tashqari, butun diqqat-e’tiborini va aqliy 
faoliyatini safarbar etishiga imkon tug‘iladi. Kunning ikkinchi yarmida esa 
charchoqni tarqatadigan, hayajonli his-tuyg‘ularni yumshatishga olib 
keladigan mashqlarni o‘tkazish tavsiya etiladi. 
"Tushgacha ochlikka qarshi, tushdan so‘ng uyquga qarshi kurashish 
kerak" — bu har qanday trenerning shiori bo‘lishi kerak. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin