Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Mashqni to‘xtatish va muhokama qilish



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
Mashqni to‘xtatish va muhokama qilish. 
Treninglar davomida qo‘llaniladigan mashqlar ishtirokchilar uchun 
qiziqarli va g‘ayri oddiy bo‘lganligi uchun odatda ko‘pchilik ularning 
uzoqroq davom ettirilishini istaydi. Lekin bu trenerning rejasi buzilishiga 
va trening samarasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun 
trener har bir mashqni vaqtida to‘xtatish va muhokama qilish texnikasini 
puxta egallashi zarur. 
Mantiqiy yakunga ega bo‘lgan mashqlar ham mavjud. Bunday 
mashqlar jumlasiga "Buzuq telefon" nomi bilan keng tarqalgan mashq 


76 
kiradi. Bu mashq ma’lumot oxirgi ishtirokchiga еtib borganda yakunlanadi. 
Boshlovchi ba’zan mashq tugashining shartlarini oldindan aytib qo‘yadi. 
Masalan, agar guruh ishtirokchilaridan birortasi gapirib yuborsa, bunday 
sharoitda mashq to‘xtatiladi. Boshlovchi tanlashi mumkin bo‘lgan 
yo‘llardan yana biri, mashqni oldindan aytib berishdir. Bunda boshlovchi 
vaqtni kuzatib boradi va uning tugashini guruhga ma’lum qiladi. Lekin 
ko‘pincha mashqni o‘tkazishning chegarasini oldindan aniqlab bo‘lmaydi, 
bunda asosiy e’tibor guruh a’zolari o‘zlarini qanday sezishi, ularning bu 
ishga qo‘shilganligi va qiziqqanlik darajasini hisobga olishga qaratiladi. 
Umumiy qoida shunday: mashqdan qoniqish yuqori darajaga еtganda, 
uni yakunlash kerak. Diagnostikani amalga oshirish va guruh 
ishtirokchilarining holatidagi o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatayotgan 
boshlovchi ana shunday daqiqani payqab olishi kerak. Bu daqiqa shundan 
iboratki, bir tomondan mashq maqsadi uchun va uning muhokamasi uchun 
еtarli materiallar yig‘iladi, boshqa tomondan esa guruhning ko‘pgina 
ishtirokchilari mashqni bajarishni davom ettirish niyatida bo‘lib va uni 
tugatishga roziligini izhor etadilar. 
Umumiy qoida shunday: mashq qanchalik ko‘p va mazmunli axborot 
olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, uning muhokamasiga ham shuncha ko‘p vaqt 
sarflanadi. 
Agar mashqlarning maqsadi guruh a’zolari holatidagi o‘zgarishlarni 
bilishga qaratilgan bo‘lsa, unda muhokamada "Siz o‘zingizni qanday his 
qilyapsiz?", "Hozir kayfiyatingiz qanday?" kabi qisqa savollar beriladi. 
Ba’zan bir xildagi "yaxshi", "tetikman", "normada" kabi javoblar 
bilan chegaralaniladi. Ba’zi hollarda ishtirokchilarning aniq bir holatini 
ko‘rgan boshlovchi o‘zi ham ularga gap qotadi: "Siz hushvaqtsiz endi 
keyingi murakkab ishlarga ham o‘tish mumkin", "Men ko‘ryapmanki 
hamma tabassum qilyapti, menimcha kayfiyatlar yaxshi, ishni davom 
ettirish mumkin" va h.k. 
Boshlovchi mashq jarayonida quyidagilarni ham kuzatib borishi 
lozim: ishtirokchilarda qiyinchilik tug‘ilyaptimi (agar qiyinchiliklar bo‘lsa, 
u qanday mazmunga ega), ishtirokchilarning holati qanday o‘zgaryapti, 
ular nimaga erishyapti va nimaga erisholmayapti. Bunday kuzatishlar esa 
mashqlar tugagandan keyingi beriladigan savollar xarakterini belgilaydi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin