78
Bahslashish. O‘yindan chiqariladigan xulosa.
Bahslashish (Musobaqalashish)
Kattalarda ham, bolalar ruhiyatida ham musobaqalashishga bo‘lgan
moyillik kuzatiladi. Ana shu
moyillikdan foydalangan holda, trener
ishtirokchilarda o‘yinga xos kayfiyatni vujudga keltirish uchun guruhlar
o‘rtasida raqobat hissini uyg‘otishi yaxshi natija beradi. Masalan, "Qayta
qurish" kabi o‘yinlarda, ("Mumiyo" yoki "Minora" kabi)
agar trener
topshiriqni musobaqa holatida tashkil qila olsa, (ya’ni "qani qaysi guruh
tezroq bajaradi?"ga o‘xshagan ko‘rinishlarda bersa), o‘yin jadalroq va
qiziqarliroq o‘tadi. Albatta, barcha o‘yinlarda bu taktikani qo‘llash
maqsadga
muvofiq emas, biroq o‘rni kelganda foydalanish yaxshi natija
beradi.
O‘yindan chiqariladigan xulosa
O‘yinning oxiri doimo qandaydir emotsional ahamiyatga ega bo‘lishi
kerak. Ya’ni o‘yin oxirida albatta ikki xil holat kuzatilishi zarur:
birinchidan, ishtirokchilarda ko‘tarinki kayfiyat kuzatilishi lozim.
Ikkinchidan, o‘yindagi o‘zaro munosabatlardan mantiqiy yakun kelib
chiqishi kerak. Eng oddiy emotsional olqish sifatida qarsak rol o‘ynashi
mumkin, vaziyatdan kelib chiqqan holda olqishlashning boshqa usullaridan
ham foydalanish mumkin.
O‘yin paytidagi o‘zaro munosabatlarning muvaffaqiyatini ta’minlash
uchun trener guruhdagi shart-sharoitlarni — masalan, guruh a’zolarining
yoshini, hisobga olishi zarur. Hamma o‘yinlar
ham turli yoshdagi
guruhlarda muvaffaqiyatli o‘tavermaydi. Har bir o‘yin guruh bilan ishlash
jarayonida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. O‘yinlar o‘ziga xos mantiq asosida
tashkil qilinishi lozim, masalan, "taktil to‘siqlarni bartaraf qilish" o‘yinini
o‘tkazmasdan turib, "ishonch asosida" o‘yinini o‘tkazib bo‘lmaydi.
"Ismlarni eslab qolish" o‘yini muvaffaqiyatli o‘tishi uchun doira shaklida
o‘tirgan ishtirokchilar bir-birlarining
ismini eshitganligiga, bir-biriga
ahamiyat berganligiga ishonch hosil qilish kerak, chunki bilmagan narsani
esda saqlab bo‘lmaydi.
Boshlovchi guruh bilan ishlashdan oldin o‘yinni o‘tkazish uchun
zarur bo‘lgan barcha materiallarni va xatti-harakatlarni yaxshilab o‘ylab
olishi kerak. Qatnashchilarning o‘yinga
qiziqishini oshirish uchun
materiallarning yorqinligi, jozibadorligini nazardan qochirmaslik lozim.
Boshlovchi e’tibor berishi kerak bo‘lgan muhim jihatlardan yana biri
— guruhning o‘yin jarayoniga kirishib ketishidir. Har bir guruh uchun
o‘yinlar qandaydir yangi va o‘ziga xos hodisadir. Shuning uchun o‘yinlarni
tanlashda "oddiydan murakkabga" tamoyiliga amal qilish zarur. Ayni
79
hollarda boshlovchining kayfiyati ko‘tarinki bo‘lishi va ko‘zlangan
maqsadga erishishi uchun bu kayfiyatni guruh a’zolariga ham "yuqtirish"
kerak. Agar guruh o‘yinga kirishishni istamasa cho‘chish kerak emas, bu
odatlanilmagan holatga nisbatan dastlabki aks ta’sir (reaksiya) bo‘lib, tezda
o‘tib ketadi.
Albatta, ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazish jarayonidagi boshlovchida bu
boradagi zarur ko‘nikma
va malakalar shakllanib boradi, biroq muayyan
o‘yin qoidalarini bajarish, vazifalarni tushunish, shart-sharoitlarni hisobga
olish natijasida trenerning ishi osonlashadi, eng muhimi —
guruhdagi
ishning sifati oshadi, trening oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar yuqori
darajada amalga oshiriladi. Shunday ekan, trening jarayonida o‘yinlardan
unumli foydalanishga harakat qilish zarur.
Dostları ilə paylaş: