Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Mashq usulida yo‘riqnomaning ahamiyati



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
Mashq usulida yo‘riqnomaning ahamiyati. 
Mashqda eng asosiy samaradorlikni ta’minlovchi qism yo‘riqnoma 
deyiladi. Mashqning samaradorligi yo‘riqnomaning aniq, puxta, oydin va 
ixchamligiga bog‘liq bo‘lib, u o‘zida еtarli darajada zarur axborotlarni 
ifoda etishi kerak. Yo‘riqnomani ortiqcha tafsilotlar va tushuntirishlar bilan 


75 
to‘ldirmaslik kerak. U qanchalik aniq, qisqa, tushunarli bo‘lsa, mashq 
shunchalik samarali o‘tadi va kutilgan natijani beradi. Trenerning 
yo‘riqnomani tushuntirish uchun sarflagan vaqti mashqni bajarishga ketgan 
vaqtga nisbatan kamroq vaqtni olsa, bunday yo‘riqnomani risoladagidek 
yo‘riqnoma deyish mumkin. Trener yo‘riqnomani tushuntirish davomida 
har bir ishtirokchi bilan ko‘z orqali kontakt o‘rnatishi kerak. Bu esa 
ishtirokchilarning e’tiborini oshirish, diqqatini jalb etish va ularni 
yaxshiroq tushunishga olib keladi. Trener yo‘riqnomaning tushunarliligi 
yoki tushunmaganlik holati bo‘lganligini so‘rash shart. 
Yo‘riqnoma hamma uchun tushunarli bo‘lganligini va ishtirokchilar 
nima qilishni bilib olganligiga ishonch hosil qilganidan keyingina 
boshlovchi mashqni bajarishga kirishishi mumkin. Agar mashqni bajarish 
jarayonida yo‘riqnomani kimdir yaxshi tushunmagan bo‘lsa, u holda 
mashqni bajarishni to‘xtatish va yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatish lozim 
bo‘ladi. 
Trenerning o‘zi mashq bajarishda qatnashishi kerakmi? degan savolga 
javob izlanadigan bo‘lsa, aytish mumkinki, bu savolga javob aniq emas. Bu 
borada faqat ba’zi bir ko‘rsatmalarni ta’kiddab o‘tish mumkin. 
 Trener kunning 1-yarmida o‘tkaziladigan qisqa psixogimnastik 
mashqlarda imkoniyatiga qarab ishtirok etishi kerak, ayniqsa, kun boshida. 
Buni hatto qoida sifatida qabul qilish ham mumkin. Imkoniyat deganda esa 
bitta odam trener bo‘lib ishlash qiyin, har doim yordamchi trener bo‘lishi 
kerakligi nazarda tutiladi. 
 Ishtirokchilarning toq yoki juft soni talab qilinadigan mashqlarda 
guruhni to‘ldirish uchun qatnashishi mumkin. Lekin, bu trener shunday 
holatdagi barcha mashqlarda albatta qatnashishi shart degani emas. Lekin 
trener mashq jarayonida guruhni tartibga solib turishi kerak. 
 Agar trenerdan mashqni nazorat qilib turish talab etilsa, u mashq 
bajarishda qatnashmaydi. Ayniqsa ko‘zni yumib bajariladigan mashqlarda. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin