72
fikrini hayajon bilan bildiradi va o‘zi bildirayotgan
fikr barchaning
diqqatini tortadi va muhokama qilinayotgan fikrlar ichida eng yaxshisi
bo‘ladi, deb ishonadi. Agar unga ozgina e’tiborsizlik qilinsa, u buni
"Menga e’tibor qilishmadi, demak mening fikrim ularni qiziqtirmaydi",
degan ma’noda tushunishi mumkin va "ichimdan top", "indamaslik",
“kasallik”lariga chalinib qolishi ham mumkin.
Bildirilgan barcha fikrlarni ma’lum bir guruhga
va shaklga keltirish
bosqichiga o‘tayotganda boshlovchi albatta ishtirokchilardan uning fikriga
rozi yoki rozi emasligini yoxud boshqacha tushunib qolmaganligini
so‘rashi kerak, agar norozilik yoki tushunmovchiliklar bo‘lsa, albatta
aniqlik kiritish lozim buladi.
Aqliy hujumning natijasi bu — turli xil g‘oyalar, fikrlar, mulohazalar
yig‘indisidir. Asosiysi esa — ishtirokchilarning faol ishlashi.
Shuning
uchun trening davomida fikriy hujum natijalariga tez-tez murojaat qilib
turish kerakki, bunda ishtirokchilar o‘zlarining faol harakatlari natijasini,
ulardan keyinchalik ham foydalanilayotganligini ko‘rishlari kerak, bu esa
ularda "Nima
keragi bor edi, bu gaplarning?" kabi savollar tug‘ilishining
oldini oladi.
Hozirgi zamon ta’lim jarayonida keng qo‘llanilayotgan noan’aviy
ta’lim usullaridan biri bahs-munozaradir. Bu usul trening mashg‘ulotlarida
ham yaxshi samara beradi.
Dostları ilə paylaş: